4.4
(34)

Doimo muhokamaga va insonlar qiziqishiga sabab bo‘lib kelayotgan choy va uning xususiyatlarini bugungi kunimizning mavzusi sifatida tanlasak hech kim qarshi bo‘lmaydi deb o‘ylaymiz!

Ko‘k choy tibbiy jihatdan foydalari juda ko‘p. Unga odatiy ichimlik sifatida emas, shifobaxsh damlama sifatida qarash o‘rinli. Agar, shunday bo‘lmaganida, xitoylik hamda yaponyalik yoshlar “Choy tayyorlash va damlash” maxsus kurslariga yillab qatnamagan bo’lishardi.

Xo‘p, foydali tomonlari qanday deysizmi? Unda sabr bilan o‘qing!

  • Qon bosimi ko‘tarilganda uni normallashtiradi;
  • Stress paydo bo‘lishi xavfini kamaytiradi;
  • Charchoqni chiqaradi ( Biokimyoviy tarafini yozib boshingizni og‘ritishni istamadim!);
  • Kayfiyatni ko‘trib, insonni tetiklashtiradi;
  • Xotirani yaxshilaydi. E’tiborni jamlashga xizmat qiladi. ( Tarkibidagi mikroelementlari, albatta.);
  • Qonni suyultirib, tromblar hosil bo‘lish xavfini kamaytiradi. (Keksalar uchun);
  • Zarurat tug‘ulganda sterill muhitda (термизда) saqlangan choyning antibakteriyal xususiyatidan foydalanib, yaralarni dezinfeksiya qilish mumkin. (Xalq tabobati);
  • Yomon xolesterinni organizmdan chiqib ketishini ta’minlaydi;
  • Ayollardagi bachadon saratoni, erkaklarda esa piyeri kasalligi kelib chiqishining asosiy oldini oluvchisi hisoblanadi;
  • “Va boshqalar.” – deya tugata qolay. Sababi, yana davom ettirsam, maqolani aniq oxirigacha o‘qimaysiz! )))
Choy ichish hammaga ham tavsiya etilmaydi. Masalan, gastrit, enterit, buyrakning tosh kasalliklarida issiq va achchiq choy ichish mumkin emas. Homilador va emizikli ayollar, yosh bolalarga achchiq choy ichish umuman tavsiya etilmaydi.
 Ya’na shu o’rinda ta’kidlab o‘tishimiz kerakki, yoz oylarida sovuq choy ichgandan ko‘ra organizm suyuqlik balansini mineral suvlar orqali tiklaganizmiz ma’qul. Chunki, choy peshob haydash xususiyatiga ega bo‘lganligi uchun tezda chanqashimizga olib keladi.

Biz kun davomida 2-3 litr suyuqlikni tanamizga kiritishimiz kerak. Shu suyuqlikning 0,8-1 litrini choy tashkil etishi me’yor sifatida belgilangan. Ya’ni, 1 kunda 4 stakan choy ichish maqsadga muvofiq.

Ushbu maqolani ham o‘qing:  Temir taqisligi anemiyasi (TTA) - sabablari va davolash

Choyni damlash ham o‘zgacha, muhim jarayon hisoblanadi.

  1. Suv qaynagach, qaynagan suv bilan choy damlanadigan idish chayiladi.
  2. Agar qora choy damlanadigan bo‘lsa, suv biroz 90-95 C gacha sovutiladi ya’ni yarim-bir daqiqa kutiladi. Ko‘k choy damlanayotgan bo‘lsa, harorat 80-85 C bo‘lguncha ikki daqiqa kutiladi. Lekin, aslo, 3-4 daqiqadan ortiq sovugan suvga choy damlay ko‘rmang!
  3. Choy tarkibida so‘ngi ma’lumotlarga qaraganda 300 da ortiq biologik faol moddalar mavjud.
  4. Choy damlangach, 30 daqiqa ichida ichish tavsiya etiladi. Chunki, yarim soat o‘tgach, choy mikroorganizmlar ko‘payishi uchun optimal sharoit bo‘lib xizmat qilishi mumkin.
  5. Maxsus, issiq saqlagichlarda (термизда) choyni 7 soatgacha saqlash mumkin. Lekin, choynakda, buncha vaqt saqlash mumkin emas.

Ko‘pchilikni qiziqtiradigan yana bir holatga to‘xtalib o‘tsam, “qora choy foydalimi yoki ko‘k choy?!

Ilmiy tekshiruvlardan shu narsa ma’lumki, qora choy tayyorlanish vaqtida uning foydalilik xususiyati ikki marta qisqaradi. Bu degani, qora choy ichish mumkin emas, u foydasiz degani emas! Vaziyatga qarab, ko‘k va qora  choylar bir-birini to‘ldiruvchi damlamalar sifatida qarash o‘rinli! Diyetologlar tushlik vaqtigacha qora choy ichishni, tushlikdan keyin ko‘kchoy ichishni tavsiya etishadi. Sabab sifatida esa, tushlikkacha organizm tetik holatda saqlanishini, kechasi esa organizm toksinlardan tozalanishi kerakligini ko‘rsatishadi.

Ko‘k va qora choylardagi efir moddalarning vaqt o‘tgan sari tarkibining o‘zgarishi, choylarning qaysi vaqtda ichilishini hamda ta’sirini belgilab beradi:

  • Choyni damlangandan 2 daqiqa ichida ichish, odamni tinchlantiradi;
  • 5 daqiqa oralig‘ida ichish, ish qobiliyati tiklanishini ta’minlaydi;
  • Undan keyingi vaqtlarda choyni iste’mol qilish, asosan, chanqoqni qoldiradi.

Eslatma sifatida shuni ta’kidlaymizki, choyni doimo temir gemetik idishlarda, qorong‘u hamda namlik kam choyda saqlash kerak!!!