Chaqaloqning ona sutidan keyingi ozuqasi…

Odatda chaqaloq 6 oyga to‘lganida unga qo‘shimcha ozuqa berila boshlanadi. Standart holda ko‘pincha ilk ozuqa sifatida meva, sabzavot va don mahsulotlari tavsiya qilinadi. Muammo shundaki, chaqaloqlar don mahsulolarini hazm qilishga tayyor emas. Bola tahminan 3 yoshlarigacha don mahsulotlarini yaxshi hazm qila olmaydi.

Muammo shundaki, chaqaloqlar don mahsulolarini hazm qilishga tayyor emas. Bola tahminan 3 yoshlarigacha don mahsulotlarini yaxshi hazm qila olmaydi.

1 yoshgacha bo‘lgan bolaga berilgan guruch yoki sulili bo‘tqalar nafaqat yaxshi hazm bo‘lmaydi, balki organizmda minerallarning yaxshi o‘zlashishiga to‘sqinlik qiladi. Bunga sabab bola organizmi bunday mahsulotlar hazmi uchun kerakli enzimlarni ishlab chiqarilmasligidir. Don mahsulotlaridagi fitin kislotasi esa organizmda umumiy mineral tanqisligini yuzaga keltirishi isbotlangan.

Meva va sabzavotlar antioksidantlarga boy bo‘lsada, ularda chaqaloq organizmi uchun zarur bolgan amino-kislotalar, kerakli vitaminlar, minerallar yetarli emas. Buning ustiga, mevasabzavotlarda kaloriya juda kam, o‘sayotgan bolaga esa kaloriyaga boy ozuqalarni asosiy ozuqa sifatida tanlash lozim. Shu sababli meva va sabzavotlar bola uchun asosiy va yagona ozuqa manbai bo‘la olmaydi.

Meva va sabzavotlar antioksidantlarga boy bo‘lsada, ularda chaqaloq organizmi uchun zarur bolgan amino-kislotalar, kerakli vitaminlar, minerallar yetarli emas.

Ona sutidan keyingi ideal ilk ozuqalar qaysi?

Bola don mahsulotlarini yaxshi hazm qilmasa, meva-sabzavotlar bola organizmini yetarli ozuqalar bilan ta’minlamasa, unda bolaga nima yedirish kerak?

O‘sayotgan va endi shakllanayotgan bola uchun asosiy ozuqa oqsil, foydali yog‘lar, foydali xolesterin, oson o‘zlashuvchi temir va ruxga boy bo‘lishi lozim!

O‘sayotgan va endi shakllanayotgan bola uchun asosiy ozuqa oqsil, foydali yog‘lar, xolesterin, oson o‘zlashuvchi temir va ruxga boy bo‘lishi lozim! Demak bolaning ona sutidan keyingi ilk ozuqalari mol go‘shti, qo‘y go‘shti, organ go‘shtlari (jigar, yurak, til va boshqalar), tuxum, qush go‘shti (tovuq va boshqalar), baliq va yangi sog‘ilgan sut mahsulotlaribo‘lishi lozim.

Hayron bo‘layapsizmi?

Hayron bo‘lishingiz tabiiy, ammo ilmiy manbalar bu ma’lumotni tasdiqlaydi. «Pediatrik oziqlanish: asosiy fan, klinik dasturlar» profesional darsligida aytilishicha, hayvon manbaidan olingan ozuqalargina bola organizmnini yetarli mikro-elementlar bilan ta’minlay oladi va ilk ozuqa sifatida bo‘tqa holiga keltirilgan go‘shtni oqsil, temir va rux manbai sifatida tavsiya qiladi. Ilmiy maqolalar, Amerika Pediatriya Akademiyasi yuqoridagi tavsiyalarni berishiga qaramasdan Amerikada (va boshqa joylarda ham) ota-onalarga donli mahsulotlar va meva-sabzavotlarni chaqaloqning ilk ozuqasi sifatida tavsiya qilinishi hanuz davom etmoqda.

Chaqaloq hazm tizimida oqsil, yog‘ va xolesterinni hazm qiluvchi enzimlar ishlab chiqariladi, shu sababli hayvon mahsulotlarini yengil hazm qila oladi. Shu sababli bo‘lsa kerak, qadimdan chaqaloqning ona sutidan keyingi ilk ozuqasi hayvon mahsulotlari bo‘lib kelgan.

Hayvon mahsulotlarini ko‘p yeyish shart emas. Hayvon mahsulotlari ozgina yeyilsa ham organizmni yuqori kaloriya va yetarli ozuqaviy moddalar bilan ta’minlaydi. Hayvon mahsulotlari organizmni barcha amino-kislotalar, oson o‘zlashuvchi minerallar, antioksidantlar, vitaminlar (B12, A, D3) bilan ham ta’minlaydi.

Albatta, iste’mol uchun tanlangan hayvon mahsuloti sifatli manbadan bo‘lishi ham ahamiyatli. Sifatli manba – tabiiy hayot tarzini kechiruvchi, ya’ni yaylovda, quyosh va toza havoda boqiluvchi hayvonlardir. Fabrika sharoitida tor joyda, hayvon uchun notabiiy yem yediriladigan hayvonlar sifatsiz manba hisoblanadi. Sigir, qo‘y kabi hayvonlarning asosiy yemishi yashillik bo‘lishi lozim. Bu hayvonlar doim don yoki shu kabi ozuqalar bilan boqilsa yoki ularga boshqa notabiiy yemlar yedirilsa, bunday hayvon mahsuloti sog‘lom manba hisoblanmaydi. Notabiiy yem yeydigan hayvonlar odatda ko‘p kasallanadi, shu sababli bunday hayvonlarga antibiotik kabilar ham doim berib turiladi. Hayvonlarni semirtirish yoki sutini ko‘paytirish uchun sun’iy gormonlar beriladigan hayvonlar ham tabiiyki sog‘lom manbaga kirmaydi.

Maqola manbasi sifatida doktor, uzoq yillik malakali pediatr, «Healing the Whole Child» bolalar shifoxonasi asoschisi va tabiiy davolash yondashuvida ish ko‘ruvchi mutahassis Katerin Elrichning «Bolalar uchun super ozuqalar» ( Super Nutrition for Babiyes ) kitobidan foydalanildi.

 

©  Feruzabegim.

Uzshifo.info nashri

Bizni Telegram’da ham kuzatishingiz mumkin. Telegram’dagi kanallarimiz @AvitsennaUz hamda @Medicine_Uz

loading...

So‘rov qoldirish

Sizning emailning chop etilmaydi.To‘ldirilishi zarur qatorlar * bilan belgilangan *

*