Chaqaloq va go‘dak

Mamlakatimizda 2016-yil “Sog‘lom ona — sog‘lom bola” yili deb e’lon qilinganidan hammamiz xabardormiz. Shu munosabat bilan  saytimizning bugungi mavzusini aynan bolalar salomatligiga qaratishga qaror qildik.

Tibbiy jihatdan yosh bolalar turli nomlar bilan tasniflanadi. Ya’ni,

  • Go‘dak – bir yoshgacha bo‘lgan bola;
  • Chaqaloq — tug‘ulgandan to‘rt haftaligigacha;

Bundan tashqari, ona qornidagi rivojlanishining muddatiga ko‘ra,

  • Oy-kuni yetib tug‘ilgan bolalalar – homiladorlikning 38-42 haftasida tug‘ilgan bolalar;
  • Chala tug‘ilgan bolalar – homiladorlikning 28-38 hatalari oralig‘ida tug‘ilgan bolalar;
  • Yaxshi rivojlanmagan bolalar – ona organizmidan tashqarida ya’ni tashqi muhitda yashashga moslashmagan chala tug’ilgan bolalardir. Bundan tashqari, oy-kuni yetgan lekin turli omillar (tamaki, spirtli ichimlik, narkotik, jinsiy kasalliklar, infeksion kasalliklar, noqulay tashqi muhit, turli kimyoviy preparatlar ) ta’sirida ham homila yaxshi rivojlanmasligi mumkin.
  • Muddatidan o‘tib tug‘ilgan bolalar – homiladorlikning 42- haftasidan keyin o‘ziga xos belgilar, bosh suyagi qattiqligi, terisi ujmaygan, markaziy asab tizimi kamchiligi, bilan tug‘ilgan bolalar.

Tug‘ilgandan keyin bola organizmida anchagina o‘zgarishlar yuz beradi. Masalan, ona organizmidan kislorod, ozuqa kelishi to‘xtaydi. Birinchi chinqirish bilan o‘pkalar o‘z faoliyatini boshlaydi, bola mustaqil nafas ola boshlaydi. Qon aylanish hamda moddalar almashinuvi o‘zgaradi. Chaqaloqlik davrida barcha a’zolar tashqi muhitga moslasha boradi, shakllanadi va davr oxiriga kelib moslashish tugaydi. Endi bolada shakllanish, o‘sish jarayonlari tezlashadi. Ya’ni, jismoniy va ruhiy-psixik jihatda bola rivojlana boradi, barcha a’zolarning funksiyalari takomillashadi.

Go‘dak vazni va bo‘yi

Oy-kuni to‘lib tug‘ilgan bolaning vazni o‘rtacha 3200-3500 gramm, bo‘yi esa 49-53 sm ni tashkil etadi. Chala tug‘ilgan bolaning vazni odatda 2550 gr dan, bo‘yi 47 sm dank am bo‘ladi. Muddatidan o‘tib tug‘ilgan bolaning vazni 4000 gramdan ortiq bo‘ladi, bo‘yi ko‘p o‘zgarmaydi. Chaqaloq hayotining dastlabki, 3-4 kunida vazni 100-300 gramga kamayadi. Ya’ni, normal fiziologik vazn kamayishi sodir bo‘ladi. Bu vaqtda chaqaloq onasi yoki oila a’zolari xavotirlanishi shart emas. Lekin, vazn juda kamayib ketsa, darhol chaqaloqni pediatr ko‘rigiga olib boorish zarur. Ikkinchi hafta oxiriga borib bola tug‘ilgandagi vazniga yetib oladi.  Endi esa bolaning bir yoshgacha bo‘lgan bo‘y o‘sishi va vazn ortishini tartiblab ko‘satsak:

  • Birinchi oy oxirigacha bola vazni 700-800 gramga ortadi;
  • 4-5 oygacha bolalar vazni 2 barobar ortadi;
  • Yil oxiriga kelib, bir yoshga to‘lgach uning vazni 10 kilogramga yetadi.

 

  • Dastlabki, 3 oyda bola bo‘yi 2.8-3 sm dan har oyda o‘sadi;
  • 4-6 oyda 2,5 sm dan o‘sadi;
  • 7-9 oylarida 1,5-2 sm atrofida o‘sadi;
  • 10-12 oylarida 1 sm dan oshadi.

O‘rtacha hisobda hayotining birinchi yilida gavda uzunligi 25 smgacha oshib, yil oxirida 75 smni tashkil etadi. Chala tug‘ilgan bolaning yillik bo‘y o‘sish ko‘rsatkichi 25-44 smni tashkil qilib, bir yoshida bola 68-73 smga tenglashadi.

 

21 комментарий

  1. Qizim 5oylik. 2oyligidan beri so’lagi oqadi. Hich qanaqa kasallik alomatlari yo’ lekin, ko’p yeg’lamidiyam… Bu nimadan bo’lishi mumkin?

  2. Bezovta bo’midiyu ko’p oqqanidan kiyimlari xo’l bo’pketadi. Kasallikka aloqasi yo’mi buni?

  3. Oglim 3 oylik u judayam yigloqi.Hechqanaqa kasalligi yoq lekin kop yiglaydi.nima uchun bunaqa? Men nima qilsam boladi?

    • Yig‘i – bu bola kattalarni o‘ziga qaratish holatidir. Qachonki bola och qolsa, tagi ho‘l bo‘lsa, bir joyi og‘risa yoki kim bilandir gaplashishni istasa yig‘lashi mumkin. Ko‘pincha yig‘lashning asosiy sababi ichaklarda gaz almashinuvining buzilishidir. Buning uchun bola qornini soat yo‘nalishi bo‘yicha bolalar malhami bilan uqalash tavsiya qilinadi.

      Gazni haydash uchun bolani qorni bilan yotqizish kerak. Agar bola hech qanday sababsiz yig‘lasa, uni chalg‘itish uchun ashula aytishga, she’r o‘qishga, har xil qiliqlar qilishga kirishing. Bolaga qarashga opa-akalarini jalb qiling. Bu sizga nafaqat osoyishtalik yaratadi, balki kelajakda ularning bir-biriga mehribonchiligiga asos bo‘ladi.

      Asosiy maqola: http://avitsenna.uz/tkichkintoy-parvarishi-2/

  4. Meni o’gilim 6 oylik boldi lekin liqildogi 5 oyligida qatib boldi nima sababdan erta qatiydi doktirlarga korsatsek xammasi xar xil jovob beriwyapti biri kalsiysi kopligidan tez bitgan desa yana biri xomladorlik payitda kalsiy yetishmovchiligidan deyishyapti bu nimadan bolishi mumkun.Buni xafli joyi yoqmi.

  5. Bolam tugilgandan qusqoq . Suv ichirsam ham qusadi. Sababi nima. Davosi bormi. Iltimos.

    • Erta davrda bolada qusishga moyillik bo‘ladi. Qusish vaqtida sut burun xalqumidan o‘rta quloqqa o‘tib, yallig‘lanishni keltirib chiqarishi mumkin. Bu esa quloq og‘rishiga sabab bo‘ladi. Buning oldini olish uchun bolani beshikda emas, balki qo‘lga olib emizish, emizganda ham bolaning boshini bir oz ko‘tarish kerak.
      Bola emayotgan paytda yutgan havoni kekirib chiqarib yuborishi uchun, uni qisqa muddat tikroq qilib ko‘tarib yurish tavsiya qilinadi; bunda uning elkasidan pastrog‘iga astagina urib qo‘yish ham mumkin.

      Havola: avitsenna.uz/tkichkintoy-parvarishi-2/

  6. Og’lim 4 oylik u sal narsaga chochib ketaveradi,sal qattiqroq chiqqan ovozdanham qorqib qotib yiglaydi.Nima uchun bunaqa men nima qilsam boladi?
    Javob uchun oldindan rahmat

    • aysanem bolezga kislarod yaxwi yetb bormayapti kalsiysi kam jag’iyam titridimi emzganzda ikiqatligzda tomriz tortiwgami, ogzini ochb uxlidimi,
      maniyam bolam wunaqa boldi yaxwi nervapatolog topib korsatn oldini omasez sudrichny bob qolwi mumkun keyn borb

  7. Аноним

    Бололар церебрал фалажлиги хакида тушунтириб берсангиз

  8. Bolam chala tugilgan 850 gram doktrlar uni miyasi rivojlanmagan diyiwyapti keyinchalik rivojlanib ketadimi

  9. Аноним

    Chaqaloq 7 oylik tug’ilgan hozir u 2 oylik, nimagadir ko’p zo’riqadi kuchanadi yuzlari rangi o’zgarib nima uchun?

  10. Meni oglim 3yarim oylik negadur uncha yaxwi emmayapti 3 4marta soridi kn emmay koyyapti. Tiwi xam chikiw arafasida milklari okarib kolgan. Kn kunduzi 40minutcha uxlab uygonib ketadi? Bunga nma sabab bulayapti ekan? Jb uvhun raxmat?

  11. Chaqaloq kop kuchanishini miyyaga tasiri yoqmi.

So‘rov qoldirish

Sizning emailning chop etilmaydi.To‘ldirilishi zarur qatorlar * bilan belgilangan *

*