4.3
(119)

Nega bola tinmay qichqirib yig‘lamoqda?

Siz tomondan quyidagilar talab etiladi:

1. Bolada aynan vrach yordami talab qilinadigan holat-mi yo‘q-mi? aniqlash kerak:

Vahima qilish kerak, agar:

  • Bolaning to‘xtamay qusayotgan bo‘lsa;
  • Bola tanasini oqarib ketgan bo‘lsa;

Agar bu ikki simptom kuzatilmay bola ko‘rinishi yaxshi bo‘lsa, ko‘rinishi kasalga o‘xshamasa, u holda vrachni chaqirish hojati yo‘q.

chaqaloq kop yiglasa

Aniqlang: bola badanida og‘riq yo‘q-mi?

Bolani yechintirib quyidagilarga ahamiyat berib chiqing:

  • Bolaning qo‘li yoki oyog‘ining qimmirlashi o‘zgarmaganmi?
  • Tanasida oldin siz ko‘rmagan shish yoki qizarishlar yoq-mi?

Agar qandaydir g‘ayrioddiy narsa sezgan bo‘lsangiz vrachga murojaat qiling. Ko‘pincha yuqoridagi o‘zgarishlar bolani yiqitib yuborganda kuzatiladi.

  • Bola soni egiladigan joyda (qorin tagi) shishlar yo‘q-mi?

Bu holat ichak o‘tkazish yo‘llarida grija yoki ichak o‘tkazish sistemasi buzulganligidan dalolat beradi va tibbiy yordamni talab etadi.

  • Bola qornini ushlab ko‘ring. Tarrang bo‘lib ishgan emas-mi? Yoki siz tegsangiz bola battar qichqirib yuborayotgani yo‘q-mi?

Bunday holatning sababi ichak yo‘llarining buzulishidadir. Lekin ko‘pincha bu holat bilan birga qusish, bola tanasining oqarib ketishi va umumiy holsizlik kuzatiladi. Bola qornining aynan yig‘lash payti emas sal tinganida ko‘rish kerak. Chunki yig‘layotgan bola qorni tarrang bo‘ladi.

  • Bola tagliklari yopishgan joylarida qattiq qizarish yo‘q-mi?

Bu juda katta og‘riq keltirishi mumkin.

  • Bola burnidan quyuq sariq suyuqlik chiqmayapti-mi?

Bu quloq yallig‘lanishi bo‘lishi mumkin.

  • Bola kattasini qilaman deb kuchanmayapti-mi, yoki sizning kuzatishlaringiz bo‘yicha 2 kundan beri ichi kelmagan-mi?

U holda gliserin svechalaridan foydalangan holda bola ichini yumshating va qornini soat strelkasi bo‘yicha iliq qo‘l bilan sekin-sekin silang.

  • Bola milklari ishib so‘lagi ko‘p oqmoqda-mi?

Bu hol tishi chiqayotganidan dalolat beradi.

  • Bola tanasini yaxshilab ko‘rib chiqing, odatda hatto soch barmoq atrofida aylanib qolishi bolaga noqulaylik keltirishi mumkin.
Ushbu maqolani ham o‘qing:  Issiqlik toshmasi sabablari, turlari va davolash

Agar yuqoradigalardan siz hech narsa bolangizda topmagan bo‘lsangiz, u holda quyidagilarga nazar soling:

  • Yaqin orada bolaga yangi mahsulot berishni boshlamagan edingiz-mi? Agar emizayotgan bo‘lsangiz, o‘zingiz yangi bir mahsulotni, oldin iste’mol qilmagan mahsulotni yeb qo‘ymadingiz-mi? Yoki smes berayotgan bo‘lsangiz, smes turini almashtirmagan edingiz-mi?
  • Balki bolangiz psixologik nuqtai nazardan xafa bo‘lmoqda holos. Agar bolada jismoniy yoki allergik sabablarni ko‘rmagan bo‘lsangiz, u holda bolani mehr bilan tinchlantirishga uruning.
  • Bolani quchog‘ingizda olib ko‘chaga olib chiqib aylanib keling;
  • Emizib ko‘tarib yuring;
  • Bola massajidan foydalaning, ayniqsa qorin massaji foydali bo‘ladi.

Agar yuqoridagilardan kelib chiqqan harakatlaringiz yordam bermay, bolangiz hali ham tinmay yig‘layotgan bo‘lsa, u holda vrachga murojaat qiling.

Foydali maqola:Chaqaloq ko‘p yig‘lashiga sabab nima?

Bolalar immuniteti uchun foydali vitaminlar to’plamining eng ko’p qo’llaniladigan komplekslardan biri Alfavitdir.

Alfavit bu – vitamin va minerallar kompleksidir. Har bir yoshdagi chaqaloq yoki maktab o’quvchisi uchun alohida to’plamlardan birini tanlasa bo’ladi.

Preparatning narxini ushbu bo’limda ko’rsa bo’ladi — https://apteka.uz/product/alfavit

Boshqa keng qo’llaniladigan vitaminli komplekslar: Komplivit, Supradin, Magvit, Aminoplyus, Rotafer kids va hk…

*Qo’llash mumkin bo’lmagan holatlar mavjud. Ishlatishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.