Yangiliklar

Makkajo‘xorining dorivor xususiyatlari

Makkajo‘xori

Hozirgi kunda makkajo‘xorini deyarli barcha do‘kon rastalarida uchratish mumkin. Uning tarkibida B, PP, C, fosfor, kaliy va yurak faoliyatini yaxshilovchi K vitaminlari mavjud. Yog‘li taomlarni xush ko‘ruvchilar bu sabzavotdan ko‘proq tanovvul qilishlari lozim. Chunki u xolestrenni chiqarib yuborish xusussiyatiga ega. Biz o‘ylab ham o‘tirmay tashlab yuboradigan makkajo‘xori popugidan esa dorishunoslar dori tayyorlaydilar. Quyida uy sharoitida makkajo‘xori va uning popugidan tayyorlanadigan ... Batafsil »

Glossit kasalligi

glossit

Tildagi patologik o‘zgarishlar ko‘pincha tizim kasalliklarida ayniqsa, me’da-ichak kasalliklarida sodir bo‘ladi. Uning kasalligi yoshga bog‘liq bo‘lmay, bu xastalik turli bemorlarda kuzatiladi. Ushbu a’zodagi kasallik alohida bo‘lib uchraydi. Bunda kasallik alomatlari faqat tilda qayd qilinadi. Xastalik sababli tilning ko‘rinishi o‘zgarib, “qora sochli” yoki romb shaklida bo‘ladi. Til geografiya xaritasini eslatadi. Bu til geografik til yoki shifokorlar tili bilan aytganda deskvomativ glossit ... Batafsil »

Enurez — peshob tuta olmaslik

siyib qo‘yish

Afsuski, ba’zi ota-onalar farzandining kechasi tagini ho‘llab qo‘yish odatiga bee’tibor qarashadi. «Bola shunday katta bo‘ladi-da!» deydiganlar ham yo‘q emas. Lekin o‘sha bola katta bo‘lgandan keyin ham bu hol davom etsa-chi? Endi bu nafaqat ona, balki bolaning o‘zi uchun ham rosmana muammoga aylanadi. Ayniqsa, kelajakda o‘zga oilaga boradigan, kelin, ona bo‘ladigan qizaloqlar orasida o‘smir yoshga yetganda ham bunday hol uchrashi jiddiy ... Batafsil »

Homiladorlikda bosh og‘rig‘i: me’yormi yoki xatar

bosh og‘rig‘i

Homiladorlik vaqtida, ayniqsa uning birinchi qismida ayolning organizmida juda katta o‘zgarishlar ro‘y beradi: u o‘zining yangi vazifasi – onalikka tayyorgarlik ko‘radi. Bu o‘zgarishlar ham jismoniy, tashqi ko‘rinishda, ham gormonal fon, ayolning hissiy holatida namoyon bo‘ladi. Ko‘pincha bunday o‘zgarishlar unchalik yoqimli bo‘lmagan “nojo‘ya ta’sirlar” bilan kechadi, masalan, bosh aylanishi, ko‘ngil aynishi, arterial qon bosimining ko‘tarilishi va bosh og‘rishi. Homiladorlikda bosh og‘rig‘i ... Batafsil »

Pulpit kasalligi va uni davolash

pulpit

Pulpit – tish bo‘shlig‘ini to‘ldirib turadigan g‘ovak biriktiruvchi to‘qima – pulpaning yallig‘lanishidir. Pulpaga tish chirishi natijasida mikrob kirishi, shunungdek tishni qon bilan ta’minlaydigan qon tomirlarining jaroxatlanishi, tish sinib, pulpaning ochilib qolishi tufayli ham yallig‘lanishi ro‘y beradi. Turli kimyoviy moddalar ta’sirida ham pulpit paydo bo‘lishi mumkin. Kasallik ko‘pincha to‘satdan boshlanadi. Tish qattiq og‘riydi (ovqat chaynash, issiq yoki sovuq ta’siriga bog‘liq bo‘lmagan ... Batafsil »

Soqol olish qoidalari

soqol olish

Tarixiy manbalarda keltirilishicha,miloddan taxminan ikki ming yil muqaddam Misrda yoysimon bronza ustaralar ishlatila boshlangan. Insoniyat tarixida temirdan yasalgan ustara esa ilk bor Rim imperiyasida paydo bo‘ldi, o‘sha ustaralar hozirgilariga juda o‘xshagan ekan. Mash­hur sarkarda Iskandar Zulqarnayn jangga kirishdan oldin barcha askarlariga soqol olishni buyurgan, chunki dushman askarning soqolidan ushlab, urishishi mumkin edi-da. Vaqt o‘tgani sayin soqol olish vositalariyu qoidalari takomillashib ... Batafsil »

Varikoz kasalligini davolash choralari

varikoz kasalligi

Tug‘ruqni boshidan kechirgan ayollarning qariyb 70 foizida varikozning ko‘rinishlari mavjud. Bu kasallik asta-sekin rivojlangani uchun birlamchi belgilar u qadar tashvishga solmaydi. Biroq o‘z vaqtida davolanilmasa, oqibati jiddiy holatlarni keltirib chiqarishi hech gap emas. Bilasizmi? Ayollarda asosan oyoq (boldir), to‘g‘ri ichak va chanoq tomirlari (jinsiy a’zolar) kengayib, cho‘ziladi hamda tugun hosil qiladi. Asosan yuza tomirlari kengayib, avvaliga mayda kapilyar qon tomirlarning ... Batafsil »

«Yashirin» ochlik

ochlik

Och yurish ma’lum biologik xususiyatlarga ega bo‘lib, u tufayli tanadagi barcha tizim va a’zolarning funksional faoliyatida keskin o‘zgarishlar yuz beradi. Ba’zan ochlik tufayli qaytarilmas holatlar ham ro‘y berib, bir umr nogiron bo‘lib qolishi mumkin. Lekin shunday ochlik turi ham mavjudki, undan kishilar darhol aziyat chekmasdan (shuning uchun unga yetarli ahamiyat berilmaydi) balki ma’lum vaqt o‘tishi bilan (hafta, oy va yillar ... Batafsil »

Hilpiroq aritmiya: sabab, belgilar, tashxislash va davolash

Hilpiroq aritmiya – bu yurak aritmiyalaridan biri hisoblanadi. Aritmiya so‘zi yunoncha aritmos (a – yo‘q, ritmos – marom) so‘zidan olingan bo‘lib, barcha yurak maromi buzilishlari uchun umumiy atama hisoblanadi. Aritmiya bilan tibbiyotning kardiologiya sohasi keng shug‘ullanadi. Ushbu maqolada biz hilpiroq aritmiyaga kengroq to‘xtalishni niyat qildik. Hilpiroq aritmiya – yurakning tez va tartibsiz urishi bo‘lib, qon aylanishining buzilishi va boshqa turli ... Batafsil »

Dismorfofobiya: tasavvurdagi jismoniy nuqsonlardan aziyat chekish

Dismorfofobiya

Dismorfofobiya sindromi tushunchasi ostida sohta yoki asoslanmagan, oshirib ko‘rsatilgan jismoniy yetishmovchilik to‘g‘risidagi xasta fikrlar tushuniladi. Miyadan ketmaydigan o‘rinsiz shubha, xavotir va qo‘rqinchli fikrlar – dismorfofobiya deb ataladi. Ko‘pchiligimiz o‘z tanamizdan unchalik mamnun emasmiz. Masalan, burun, quloq, ko‘krak yoki hamma ham ko‘ravermaydigan tana a’zolaridan. Biroq ushbu norozilik kasallik darajasiga yetganda insonlar bilan normal munosabatda bo‘lish va baxtni his qilishga halal beradi, ... Batafsil »