Yangiliklar

Quloq nega yomon eshitadi

Quloq nega yaxshi eshitmaydi

Yoningizdagi keksa odam baland ovozda gapirib, aytgan gaplaringizni qayta-qayta so‘rayaptimi? Yoki televizorni baland ovozda eshityaptimi? Demak, bu xastalik. Unga jiddiy e’tibor bermoq lozim. Quloqning yomon eshitishi kayfiyatning sezilarli darajada tushishi va hatto, ruhiy siqilishga olib keladi. Eshitish bilan bog‘liq muammolar har bir keksa yoshli odam orasida ko‘p uchraydigan shikoyatdir. Bu muammodan 65 yoshli keksalarning har to‘rttadan bittasi va 70 yashar ... Batafsil »

Reyno kasalligi

Reyno kasalligi

Bu kasallik 1862 yilda ilk marotaba fransuz shifokori Moris Reyno tomonidan ta’riflangan. Ushbu xastalik xurujsimon rivojlanadigan, qo‘l va oyoqlarda arterial qon aylanishining buzilishi bilan kechadi. Ko‘pincha sovuqdan yoki qattiq hayajonlanish, asabiylashishdan so‘ng uning belgilari namoyon bo‘ladi. Dard asosan qo‘l kaftlarini shikastlaydi. Masalan, bemor qish paytida ko‘chaga qo‘lqop kiymasdan chiqsa yoki qo‘llarini sovuq suvda chaysa, sovuq biror narsani ushlasa darhol Reyno ... Batafsil »

Teri leyshmaniozining oldini olish

Yomon yara

Teri leyshmaniozi – endemik, parazitar, yuqumli transmissiv kasallik bo‘lib, uning vujudga kelishi uchun albatta, infeksiya rezervuaridan (bemor odam yoki hayvon) moskit (infeksiya tashuvchi) qon bilan birga kasallik qo‘zg‘atuvchisini (Leishmania tropica) yutib olishi kerak va keyinchalik bu infeksiya tashuvchi sog‘ odamni chaqib, unga yuqtirishi mumkin. Etiologiyasi. 1898 yilda Toshkent harbiy gospital shifokori P. F. Borovskiy tomonidan kasallik qo‘zg‘atuvchisi aniqlangan. Keyinchalik Hindistonning ... Batafsil »

Daun sindromi

daun sindromi

Daun sindromi bilan xastalangan bolalarning ota-onalari ushbu genetik anomaliyaning sababi farzandlarining har bir hujayrasida bor-yo‘g‘i bitta ortiqcha xromosomaning mavjudligi bilan izohlanishini yaxshi bilishadi. So‘z hujayralarning bo‘linish jarayonidagi tasodifiy buzilish haqida ketmoqda. Demak xulosa shuki, tabiatning ushbu «o‘yinida» hech kimning aybi yo‘q. Ammo baribir bunday oilada ko‘plab kunlar va oylar o‘zini-o‘zi ayblashga, hech qanday chora ko‘rmaslikka va «tangrining jazosi» haqidagi qayg‘uli ... Batafsil »

Dyushenn va Erb falaji

Dyushenn va Erb falaji

XVIII va XIX asrlarda yashab o‘tgan fransuz nevropatologi Dyushenn hamda nemis shifokori Erb umurtqa pog‘onasining yuqori qismida joylashgan bo‘yin va yelka chigali falaji haqida ma’lumot yozib qoldirishgan. 1872 yilda G. Dyushenn yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda tug‘ruq jarayonida doyaning ehtiyotsizligi sababli yelka chigali falaji yuzaga kelganini kuzatdi. Oradan to‘rt yil o‘tib esa V. Erb kattalarda bu xastalik nima sababli paydo bo‘lishi va ... Batafsil »

Yozda bizni qaysi kasalliklar bezovta qiladi

Yoz

Issiq kunlar boshlanishi bilan o‘tkir yuqumli ichak kasalliklarining ko‘payishi uchun qulay sharoit vujudga keladi. Bu xastaliklarni turli mikroorganizmlar keltirib chiqaradi. Kasallik qo‘zg‘atuvchi mikroblarning turiga qarab, bu xastaliklar ichburug‘, salmonellyoz, ich terlama, esherixioz, iyersinioz kabi nomlar bilan yuritiladi. Ushbu kasallik yoz oylarida ko‘proq uchrashiga bir qancha omillar sabab bo‘ladi. Avvalo, havo haroratining yuqori bo‘lishi, ayniqsa, yosh bolalar organizmida ma’lum immunologik o‘zgarishlar ... Batafsil »

Skrining markazlar vazifalari

skrining markazlari

Sog‘lom farzand – ota-ona quvonchi, baxti bo‘lish bilan birga, oilaning mustahkamligini ta’minlaydigan bebaho ne’matdir. Gapirish qanchalik noxush bo‘lmasin, nosog‘lom, nuqsonli farzand dunyoga kelishi natijasida yuzaga kelgan muammo va tashvishlar tufayli oila tinchligi, xotirjamligi buzilib, vaziyat hattoki ajrimlarga borib taqalayotgani  bor gap. Jamiyatimizda ana shunday holatlarni oldini olish —  oilada sog‘lom farzandlar tug‘ilishini nazorat qi­lish maqsadida skrining markazlari faoliyat yuritadi. Sahifamiz ... Batafsil »

Soch to‘kilsa, nima qilish kerak

Soch to‘kililishi

Avvalambor, ushbu savolni berish chog‘i vahimaga tushmaslik lozim. So‘ngra sochlaringiz chindan ham patologik ravishda to‘kilyaptimi yoki shunchaki eski sochlarning yangilariga fiziologik almashinuvi sodir bo‘l­yaptimi, buni aniqlab olish zarur. Kuniga 30 tadan 100 tagacha soch tolasi to‘kilishi meyor sanalib, bunda o‘z umrini «yashab bo‘lgan» tolalar to‘liq ravishda yangilanadi. Soch to‘kilishini aniqlash testi Sochlaringizning bir tutamini qattiq ushlab, shoshmasdan ohista pastga qaratib ... Batafsil »

Surunkali toliqish sindromi

Charchoq

O‘tgan asrning saksoninchi yillarida AQSH ning Nevada shtatida yashovchi doktor Pol Cheyni ikki yuzdan ziyod bemorga «surunkali toliqish sindromi» (STS) tashxisini qo‘ydi. Bu sindrom (ya’ni, muntazam charchoq hissini tuyish) turli ko‘rinishlarda kechishi, ba’zida dard o‘tkir respirator kasalliklar (isitma, tomoq, mushaklar, bo‘g‘im va bosh og‘rishi) ga o‘xshab ketishini aniqlagan olim so‘nggi tadqiqot natijalarini kuzatarkan, «shamollashdan farqli o‘laroq, surunkali toliqishda kishining dardi ... Batafsil »

Tuqqandan so‘ng erkak va ayol jinsiy munosabatlari

Tug‘ishdan keyin ayollarda eriga talpinishi (jinsiy aloqaga munosabati) Ko‘pchilik erkaklarga ayollarda homiladorlik va emizish bilan bog‘liq badanidagi o‘zgarishlar yoqadi. Ayollarda esa tuqqandan keyin eriga nisbatan talpinish (jinsiy aloqaga ehtiyoj) pasayib ketadi. Buning sababi nima ekan? Bu munosabat, aslida kuni bilan bola bilan ovora bo‘lgan onaning charchaganidan kelib chiqadi. Jinsiy aloqa haqida o‘ylash u yoqda tursin, «tezroq bolam uxlasayu, men ham to‘yib ... Batafsil »