Shifokor maslahati

Bolalardagi o‘smalar

bolalardagi

Asosan qon va limfa to‘qimalaridan rivojlanadigan o‘smalar bolalar o‘rtasida ko‘p kuzatiladi (40-50% hollarda). Bosh miya buyrak, yumshoq to‘qima va suyak to‘qimalari xavfli o‘smalari esa keyingi o‘rinlarda turadi. Bola hayotining dastlabki yillarida embrional tabiatdagi (ya’ni ona qornida paydo bo‘lgan) o‘smalar ham uchraydi. O‘sma kasalliklarining dastlabki bosqichida umumiy kasalliklarga xos bo‘lgan belgilar ro‘y beradi. Organizmda o‘sma rivojlanayotganda bolaning ishtahasi pasayadi, holi quriydi, ... Batafsil »

Sut bezi sili

Markazimizga 37 yoshli bemor ayol murojaat qildi. Uning aytishicha, chap tomondagi sut bezi sohasi qizargan, shish bor, og‘riydi, paypaslaganda tugunli hosila qo‘lga unnaydi. Bu hol bir necha oy avval paydo bo‘lgan, o‘shanda u shifokor tavsiyasiga ko‘ra yallig‘lanishga qarshi ambulator muolajalar qabul qilgan, nafi bo‘lmagan. Shundan so‘ng bemor onkolog-mammologga murojaat etgan, bemorning chap sut bezidagi tugundan ingichka ignali biopsiya olingan. Gistologik ... Batafsil »

To‘g‘ri ovqatlanish va antibiotiklar

antibiotiklar

Kuzning namgarchiligi, qishning ayozli sovuq kunlari, gripp xastaligi, O‘RVI kabilar kishini muntazam hapdori, inyeksiya, yo‘talga qarshi malham dori-darmonlarni iste’mol qilishga majbur qiladi. Bunday paytlarda har bir bemorning hech bo‘lmaganda bir marotaba bo‘lsada antibiotik qabul qilishiga to‘g‘ri kelgandir. Ammo kamdan kam odam bu davo muolajasining samarali ta’siri ko‘pincha bizning taomnomamizga bog‘liq ekanligidan xabardor. Bunday holatlarda tabiiy meva-sabzavot, sharbatlarning o‘ziga xos muhim ... Batafsil »

Qandli diabet kasalligida oyoqlar parvarishi

qandli diabet va oyoq

Qandli diabet kasalligida ko‘pincha oyoqlarda qon aylanishi sekinlashadi, oqibatda terida har xil bakteriyalar qo‘zg‘atuvchi shikastlanishlar ko‘payadi. Ayniqsa oyoq terlaganda ter tarkibida mavjud bo‘lgan glyukoza infeksiyalarning ko‘payishiga sharoit yaratadi. Bemor teridagi yiringli kasalliklarning oldini olishi, ya’ni oyoq terisini ozoda saqlashi lozim. Aks holda teridagi har qanday jarohatlanish uzoq vaqt bitmaydigan yaralarga aylanadi. Har kuni oyoqlarni bolalar sovuni bilan yuving, so‘ng yumshoq ... Batafsil »

Gripp kasalligiga beparvo bo‘lmang

Gripp

Gripp keng tarqaladigan o‘tkir yuqumli kasalliklardan biri bo‘lib, deyarli dunyoning barcha mamlakatlarida uchraydi. Mavsumiy ko‘tarilish ko‘rsatkichlari yilning noyabr, mart oylariga to‘g‘ri kelsada, ko‘p hollarda kuz-qish oylarida ro‘yxatga olinadi. Kasallik virusining A, B, C turlari mavjud va uning asosiy manbai bemor odam hisoblanadi. Havoda saqlanib turgan gripp virusi sog‘-lom odamga tezda yuqadi va bu hol atrofdagilarga bemor aksirganda, yo‘talganda yoki u ... Batafsil »

Kimyoterapiya tavsiya etilsa…

kimyoterapiya

Hozirgi vaqtda saraton kasalliklari xavfliligi jihatidan dunyo bo‘yicha ikkinchi o‘rinni egallab turibdi. Zamonaviy onkologiya amaliyotida ushbu kasallikni davolashda uchta asosiy usul: jarrohlik, nur (nur terapiya) va o‘smaga qarshi dori vositalari qo‘llaniladi. Amaliyotda ko‘pincha ularni birgalikda qo‘llash keng tarqalgan. Bugungi kunda bemorlarga o‘smaga qarshi davo sifatida kimyopreparatlar, gormonlar, immunopreparatlar, target preparatlari, ba’zi bisfosfonatlar ham beriladi. Lekin, an’anaga ko‘ra, tibbiy adabiyotlarda, ommaviy ... Batafsil »

Kamqonlik — oqibati og‘ir dard

anemiya va kamqonlik

Kamqonlik xastaligi asosan tug‘ish yoshidagi ayollar, o‘smirlar va bolalarda uchraydi. Jahonda bu kasallikka duchor bo‘lgan ayollar va bolalar o‘rtasida xastalik va o‘lim ko‘rsatkichlari 8-10 barobar yuqoridir. Uning asoratlariga ayollarda tug‘ish jarayonida qon ketishi, bolaning chala yoki vazni kam bo‘lib tug‘ilishi, tug‘ma nuqsonlar va shu kabilar kiradi. Xastalik sababli inson immuniteti pasayadi. Ayniqsa, kamqonlik surunkali gastrit(me’da yallig‘lanishi), kolit(yo‘g‘on ichak yallig‘lanishi), duodenit ... Batafsil »

Muddatidan oldin tug‘ilgan bola parvarishi

bola parvarishi

Muddatidan avvalroq dunyoga kelgan bolalar kuchsiz, nimjon yoki kasalmand bo‘lishsa, ularning parvarishi qanday bo‘ladi? Bizning viloyatimizda chala tug‘ilgan bolalar saqlanadigan va parvarish qilinadigan maxsus shifoxona bormi? Bunday chaqaloqlarni uy sharoitiga olish uchun qancha muddat belgilangan? Mo‘’tabar. JAVOB: – Albatta bor. Shunday bo‘lim Sirdaryo viloyati bolalar ko‘ptarmoqli tibbiyot markazida mavjud. Bu bo‘lim aynan muddatidan oldin tug‘ilgan chaqaloqlar uchun moslashtirilgan bo‘lib, unda ... Batafsil »

Bronxoektoz — bronxlarning qayta tiklanmaydigan holati

Bronxoektoz

Bronxoektoz bronxlarning qayta tiklanmaydigan holati bo‘lib, bu bora-bora bronxlar devorlari kengayishi, deformatsiyasiga (orttirilgan nuqsoniga)olib keladi. Bronx daraxtida surunkali yiringli-yallig‘lanish jarayoni rivojlanadi. Kasallik aholining 0,5-1,5 foizida, ayniqsa, bolalar hamda yoshlarda ko‘p uchraydi (5 yoshdan 25 yoshgacha). Bronxoektoz qaytalanuvchi xususiyatga ega va doimiy balg‘amli yo‘tal bilan kechadi. Bronxlar rivojlanishi va shoxchalarga bo‘linishdagi tug‘ma nuqsoni (tug‘ma bronxoektozlar) 6 foiz holatda uchraydi. Tug‘ma bronxoektozlar ... Batafsil »