Shifokor maslahati

Glossit kasalligi

glossit

Tildagi patologik o‘zgarishlar ko‘pincha tizim kasalliklarida ayniqsa, me’da-ichak kasalliklarida sodir bo‘ladi. Uning kasalligi yoshga bog‘liq bo‘lmay, bu xastalik turli bemorlarda kuzatiladi. Ushbu a’zodagi kasallik alohida bo‘lib uchraydi. Bunda kasallik alomatlari faqat tilda qayd qilinadi. Xastalik sababli tilning ko‘rinishi o‘zgarib, “qora sochli” yoki romb shaklida bo‘ladi. Til geografiya xaritasini eslatadi. Bu til geografik til yoki shifokorlar tili bilan aytganda deskvomativ glossit ... Batafsil »

Enurez — peshob tuta olmaslik

siyib qo‘yish

Afsuski, ba’zi ota-onalar farzandining kechasi tagini ho‘llab qo‘yish odatiga bee’tibor qarashadi. «Bola shunday katta bo‘ladi-da!» deydiganlar ham yo‘q emas. Lekin o‘sha bola katta bo‘lgandan keyin ham bu hol davom etsa-chi? Endi bu nafaqat ona, balki bolaning o‘zi uchun ham rosmana muammoga aylanadi. Ayniqsa, kelajakda o‘zga oilaga boradigan, kelin, ona bo‘ladigan qizaloqlar orasida o‘smir yoshga yetganda ham bunday hol uchrashi jiddiy ... Batafsil »

Varikoz kasalligini davolash choralari

varikoz kasalligi

Tug‘ruqni boshidan kechirgan ayollarning qariyb 70 foizida varikozning ko‘rinishlari mavjud. Bu kasallik asta-sekin rivojlangani uchun birlamchi belgilar u qadar tashvishga solmaydi. Biroq o‘z vaqtida davolanilmasa, oqibati jiddiy holatlarni keltirib chiqarishi hech gap emas. Bilasizmi? Ayollarda asosan oyoq (boldir), to‘g‘ri ichak va chanoq tomirlari (jinsiy a’zolar) kengayib, cho‘ziladi hamda tugun hosil qiladi. Asosan yuza tomirlari kengayib, avvaliga mayda kapilyar qon tomirlarning ... Batafsil »

«Yashirin» ochlik

ochlik

Och yurish ma’lum biologik xususiyatlarga ega bo‘lib, u tufayli tanadagi barcha tizim va a’zolarning funksional faoliyatida keskin o‘zgarishlar yuz beradi. Ba’zan ochlik tufayli qaytarilmas holatlar ham ro‘y berib, bir umr nogiron bo‘lib qolishi mumkin. Lekin shunday ochlik turi ham mavjudki, undan kishilar darhol aziyat chekmasdan (shuning uchun unga yetarli ahamiyat berilmaydi) balki ma’lum vaqt o‘tishi bilan (hafta, oy va yillar ... Batafsil »

Hilpiroq aritmiya: sabab, belgilar, tashxislash va davolash

Hilpiroq aritmiya – bu yurak aritmiyalaridan biri hisoblanadi. Aritmiya so‘zi yunoncha aritmos (a – yo‘q, ritmos – marom) so‘zidan olingan bo‘lib, barcha yurak maromi buzilishlari uchun umumiy atama hisoblanadi. Aritmiya bilan tibbiyotning kardiologiya sohasi keng shug‘ullanadi. Ushbu maqolada biz hilpiroq aritmiyaga kengroq to‘xtalishni niyat qildik. Hilpiroq aritmiya – yurakning tez va tartibsiz urishi bo‘lib, qon aylanishining buzilishi va boshqa turli ... Batafsil »

Epilepsiya xuruj qilsa…

epilepsiya

Epilepsiya bosh miyaning surunkali kasalligi bo‘lib, asosan tutqanoq yoki tirishish xurujlari bilan kechadi. Bu kasallik birlamchi, ya’ni tug‘ma yoki ikkilamchi, ya’ni ba’zi bosh miya kasalliklari natijasida rivojlanadi. Bundan tashqari, epilepsiya hech qanday sababsiz ham kelib chiqishi mumkin. Epilepsiya nasldan-naslga o‘tishi ham, o‘tmasligi ham mumkin. Ikkilamchi turi bosh miya jarohatlari, organizmning zaharlanish kasalliklari, meningitlar, meningoensefalitlar, o‘smalar, bosh miyada o‘tkazilgan turli operatsiyalar, ... Batafsil »

Gestatsion diabet

Gestatsion diabet

Qandli diabet keng tarqalgan endokrin kasalliklardan biri. Bu xastalikning ikki turi (insulinga qaram bo‘lgan) va (insulinga qaram bo‘lmagan) farqlanadi. Aytish joizki, 80-90 foiz hollarda diabetning insulinga qaram bo‘lmagan 2-turi uchraydi. Bu dardga yoshi 35-40 dan oshgan, aksari juda semirib ketgan kishilar ko‘proq mubtalo bo‘ladi. Qandli diabetning ikkita asosiy turidan tashqari, gestatsion (ya’ni homiladorlik davridagi)diabet ham uchrab turadi. Insulin tibbiyot amaliyotiga ... Batafsil »

Qishki avitaminoz nimasi bilan xavfli?

avitaminoz

Qishda organizm bizga vitaminlar yetishmayotgani haqida tez-tez bildirib turadi. Ularni to‘g‘ri tushunishni bilamizmi?| Quyida bizga nimadir yetishmayotganini bildiruvchi asosiy belgilarni ko‘rib chiqamiz. A vitamini Teri va ko‘zlar quriydi, sochlar jilosini yo‘qotadi, terida husnbuzar toshmasi paydo bo‘ladi, diareyadan aziyat chekasiz – bularning barchasi A vitamini tanqisligidan dalolat beradi. Ratsionga sabzi, qovoq, tunets balig‘ining go‘shti, shirin kartoshka qo‘shing, bu bilan bir vaqtning ... Batafsil »

Metabolik sindrom — majmuali ofat

metobolik sindrom

Metobolik sindrom juda ko‘p odamlarning umriga zomin bo‘ladi. Metobolik sindrom, ta’bir joiz bo‘lsa, majmuali ofat deyiladi, chunki u to‘rtta dahshatli kasallik: gipertoniya, yurakning ishemik kasalligi, 2-bosqichdagi qandli diabet va yog‘ bosish (juda semirib ketish)ni o‘z ichiga oladi. Moddalar almashinuvining bu xilda keng buzilishi bugungi kunda epidemiya tusini oldi. Bu kasallik asosida insulinning rezistentligi yotadi, ya’ni to‘qimalarda ortiqcha miqdorda yig‘iladi. Buning ... Batafsil »

Allergik dermatit

Allergik dermatit

Dermatit so‘zi “terining yallig‘lanishi” degan ma’noni anglatadi. Teri hech qachon o‘z-o‘zidan sababsiz yallig‘lanmaydi, balki yallig‘lanishga olib keladigan bir qancha muhim sabablar mavjud. Masalan, issiq suv, o‘tkir kislota va ishqorlar ta’sirida kuyish, tor oyoq kiyimi kiyganda ishqalangan joy terisining qizarishi yoki quyosh nurida me’yoridan ko‘p toblanib badan kuyganda ham teri yallig‘lanadi. Allergenlar ta’sirida teri yallig‘langanda ham dermatit ro‘y berib, bu dermatitlar ... Batafsil »