Men donor!

 

Umuminsoniy tamoyillar asosida dini, irqi, millati, jinsi va ijtimoiy mavqeyidan qat’iy nazar bemorlarga ruhiy, amaliy (donorlik) hamda moddiy yordam ko‘rsatishga shay bo‘lgan insonlar va ularning beg‘araz yordamidan bemor shifosi uchun foydalanishda ko‘makchilik qilishga mo‘ljallangan «Men — donor!» guruhi O‘zbekiston Respublikasi Gematologiya va qon quyish ilmiy tadqiqot instituti bilan hamkorlikda 1 (bir) oyda 1 (bir) marta «Men hayot ulashaman» shiori ostida bemorlarga amaliy (donorlik) hamda moddiy yordam ko‘rsatishga shay bo‘lgan insonlarni jamlab, ularning beg‘araz yordamidan bemor shifosi uchun foydalanishda ko‘makchilik qiladi.

Avitsenna.uz sayti ushbu loyihaning axborot hamkori sifatida donor va bemorlarga donorlik, donorlik shartlari, qon tarkibi, qon guruhlari, qon kasalliklari kabi foydali ma’lumotlarni berib boradi.

Facebook’dagi rasmiy guruhimiz: Men — donor!
Telegram kanalimiz: Men — donor!
Donor izlash uchun foydali Bot:
Donor bot

Close