Keksalar salomatligi

Suyak bo‘g‘imlarining yoshini qanday uzaytirish mumkin?

Suyak bo‘g‘imlari

Barcha suyak bo‘g‘imlarining harakatchanligi va qayishqoqligi — katta yoshda va keksayganda o‘smirlarcha yengil va epchil harakatlanishning zarur sharti hisoblanadi. «Aytishga oson, ammo bajarish qiyin», — deb o‘ylagan bo‘lsangiz kerak, ha siz haqsiz. Hatto yengil qarsillash ham keksayish boshlanganidan va bo‘g‘im kemirchagining noziklashganidan dalolat berishi mumkin. Shu bois xalqimizdagi hikmatli iborani sal boshqacharoq qilib, ya’ni «Suyak bo‘g‘imlaringni yoshlikdan asra» deyishimiz mumkin, ... Batafsil »

Uzoq umr ko‘ray desangiz

Uzoq umr

Sarlavhani sal xato tanlagandirman, lekin buni hurmatsizlikka yo‘ymang! Bu aybimni quyidagi maslahatlar bilan albatta yuvaman. Hozir uzoq umr ko‘rishning ananaviy usullari haqida ma’lumotlar keltiramiz. Marhamat: * Zararli odatlardan voz kechish. Chekish va ichish sog‘liq uchun xavfli, ulardan butunlay bosh tortish inson umrining uzayishiga yordam beradi. Ushbu zararli odatlarga sarflangan pullarni jamg‘arsangiz keksalikda sayohatga chiqishga nima etsin. * Ortiqcha vazn bilan ... Batafsil »

Tasodifga tayyor bo‘ling

Birinchi yordam

Albatta, barchamiz issiq jonmiz, qayerda qanday holatga tushamiz, uni hech kim ayta olmaydi. Ayniqsa, ko‘cha-ko‘yda yoki tanishlar orasida tasodifan bo‘lib qoladigan hodisalarda, odam o‘zini boshqara olish kerak. Masalan, to‘satdan kimdir sizdan yordam so‘rab qolsa, siz shifokor emasman deb qarab turavermaysiz, albatta, tog‘rimi?!. Keksa yoshli odamlarda ko‘p uchrab turadigan kasalliklardan  miya sklerozi yoki miya gipertoniyasining og‘ir shakli bilan kasallangan bemor sizdan ... Batafsil »

Bo‘g‘imlardagi tuzlarni yo‘qotamiz

Tuz

Bo‘gimlarda tuzlarning to‘planishi barcha odamlarda uchraydi.Ayniqsa, keksalarimizda bu holat juda ko‘p hollarda uchrab turadi. Chunki, kamharakatlik tufayli bo‘g‘imlarda tuzlar to‘planadi. Bunda og‘riq goh elkada, goh umurtqa pog‘onasida paydo bo‘lib, alomatlar, asosan, tanadagi tuz almashinuvining buzilishi tufayli yuzaga keladi. Shu bilan birga, bo‘yin umurtqalari harakati vaqtida «shiqillagan» ovozning chiqishi, quloqlardagi shang‘illagan tovushlar yoki boshda qandaydir shovqin borligi ham aynan tuz almashinuvining ... Batafsil »

Jig‘ildonimda olov yonmoqda

jigildon qaynashi

Statistik ma’lumotlarga qaraganda jig‘ildon qaynashi katta yoshli axolining 40 foizidan ortig‘ida uchraydi. Yetakchi olmon gastroenterolog olimi A. Simon «XXI asrda qandli diabet bilan bir katorda jig‘ildon qaynashi ham keng tarqaladi. Shunday ekan, bu dardni to‘liq o‘rganish, davolash usullarini takomillashtirish lozim» degan edi. Jig‘ildon qaynashi tibbiyotda gastroezofageal reflyuks kasalligi deb ataladi. Uning kelib chiqish sabablariga to‘xtalishdan oldin qizilo‘ngachning me’daga o‘tish qismi ... Batafsil »

Sochlar nega oqaradi

Soch oqarishi

Yosh o‘tishi bilan soch oqarishi Sochlarning oqarishi asosan organizmning qarishining belgisi va bevosita oqibatidan dalolat beradi. Yosh ulg‘aygan sayin pigment hosil qiluvchi hujayralarning funksiyasi sustlashadi va melanin moddasini ishlab chiqarish to‘xtaydi. Ushbu tabiiy jarayon boshlanadigan vaqt har kishida genetik tarzda belgilangan. Ma’lum bo‘lishicha, yevropeoid irqiga mansub kishilarda soch oqarishi taxminan 34 yoshda (plyus-minus 10 yil), osiyoliklarda — 30 34 yoshda, ... Batafsil »

Tovon nega og‘riydi

Tovon

Tanamizdagi ayrim bir sohalar borki, ular umumiy ahvolimizga u qadar yomon ta’sir ko‘rsatmasada, og‘rig‘i odamni ancha azobga qo‘yadi. Aslida, aynan tovon hamda oyoq kafti bizni to‘g‘ri yurishimizning sababchilaridir. Tovon esa yana amortizator vazifasini ham bajaradi. Bu oyoqning eng muhim vazifalaridan biri hisoblanadi. Shuning uchun undagi og‘riq ancha noqulaylik tug‘dirishi tabiiy. Belgilari va alomatlari Tovon og‘rig‘i asta-sekin, tashqi jarohatlarsiz boshlanadi. Bu ... Batafsil »