Keksalar salomatligi

Bosh miyada qon aylanishi buzilishiga olib keluvchi xavfli omillar

Serebrovaskulyar

Serebrovaskulyar kasalliklar zamonaviy tibbiyotning dolzarb muammolaridan biri hisoblanadi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga qaraganda, bu kasallik barcha mamlakatlarda juda keng tarqalgan. Kasallanish 1,5 dan 7,4 gacha (1000 aholi hisobiga), o‘lim 10-15 foiz, majruh bo‘lish 30-35 foizni tashkil qiladi. Bundan ko‘rinib turibdiki, hozirgi vaqtda bu masala faqat tibbiyot muammosi bo‘libgina qolmay, balki ijtimoiy vazifalardan biriga aylanmoqda. So‘nggi yillarda ishemik insult xavfi ... Batafsil »

Glaukoma yoxud ko‘k suv kasalligi

glaukoma

Jahon Sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, bugungi kunda ko‘zi ojizlik va ko‘rlikka olib keluvchi kasalliklarning eng ko‘p qismini glaukoma tashkil qiladi. Jahon bo‘yicha 70 millionga yaqin odam hozirda glaukoma bilan kasallangan bo‘lib, 2020 yilga borib bemorlar soni 80 millionga yetib borishi taxmin qilinmoqda. Glaukoma (ko‘k suv yoki nazla) ko‘z ichki bosimi doimiy yoki vaqti-vaqti bilan oshib turishi, ko‘ruv nervining atrofiyasi, ... Batafsil »

Metabolik sindrom — majmuali ofat

metobolik sindrom

Metobolik sindrom juda ko‘p odamlarning umriga zomin bo‘ladi. Metobolik sindrom, ta’bir joiz bo‘lsa, majmuali ofat deyiladi, chunki u to‘rtta dahshatli kasallik: gipertoniya, yurakning ishemik kasalligi, 2-bosqichdagi qandli diabet va yog‘ bosish (juda semirib ketish)ni o‘z ichiga oladi. Moddalar almashinuvining bu xilda keng buzilishi bugungi kunda epidemiya tusini oldi. Bu kasallik asosida insulinning rezistentligi yotadi, ya’ni to‘qimalarda ortiqcha miqdorda yig‘iladi. Buning ... Batafsil »

Infeksion endokardit: sabablari, belgilari, kechishi va davolash

Infeksion endokardit

Infeksion endokardit – asosan yurak klapanlarining zararlanishi va yurak endokard qavatining og‘ir yallig‘lanishi bilan kechadigan kasallikdir. Endokard – yurak devorining tashqi tomondagi uchinchi – ichki qavati bo‘lib, yurak bo‘shlig‘ini o‘rab turadi. Infeksion endokardit og‘ir kechuvchi va aniqlanishi ancha qiyin bo‘lgan kasalliklardan biridir. Agar u o‘z vaqtida to‘g‘ri davolanmasa jiddiy asoratlar qoldirib, bemorni ancha qiynab qo‘yadi, hatto nogironlikka olib kelishi ham ... Batafsil »

Glaukomani davolasa bo‘ladimi?

glaukoma

Glaukoma kasalligi insonni butkul ko‘r bo‘lib qolishiga sabab bo‘lishi bilan xavflidir. Glaukoma (ko‘k suv) – bu ko‘z ichki bosimini doim yoki vaqti-vaqti bilan oshib turishi, ko‘ruv nervining atrofiyasi, ko‘rishning pasayishi va ko‘rlikka olib keluvchi jiddiy surunkali ko‘z kasalligi. Glaukomaning murakkabligi shundaki, u ba’zida og‘riqsiz, sekin, hech qanday belgilarsiz kechadi va shuning uchun kech aniqlanadi. Ko‘z ichki bosimi normada 16 dan ... Batafsil »

Nafas qisishi sabablari

nafas qisishi

Nafas qisishini keltirib chiqaruvchi bir qancha omillar mavjud. Masalan, fiziologik (tabiiy) nafas qisishi zinapoyadan tez tushib-chiqqanda yoki avtobusning orqasidan yugurganda yuzaga keladi. Mushaklarning tezda qisqarib bo‘shashi qondagi kislorod miqdoriga bo‘lgan talabini bir necha marotabagacha oshirib yuboradi. Bosh miya esa kislorod yetishmovchiligini reflektor yo‘l bilan tez nafas olish orqali qoplashga harakat qiladi. Fiziologik nafas qisishi yigirma daqiqadan so‘ng o‘tib ketsa, organizm ... Batafsil »

Koxlear implantatsiyasi va ajoyib natijalar

koxlear

Tibbiyotning barcha tarmoqlari singari otorinolaringologiya sohasida ham mustaqillik davrida izchil o‘zgarishlar ro‘y berib, LOR bo‘limlari zamonga mos qilib qayta ta’mirlandi va yangi tashxislovchi hamda davolovchi asbob-uskunalarga ega bo‘ldi. Bugungi kunda LOR mutaxassislari dunyoning yetuk tibbiy markazlarida malaka oshirish baxtiga muyassar bo‘lishmoqda. Bular bilan bir qatorda xususiy sektor orqali aholiga LOR xizmatini ko‘rsatish imkoniyatlari ham kengaytirilib borilmoqda. Aytish joizki, yuqori nafas ... Batafsil »

Qandli diabet bedavo xastalikmi?

diabet

Tibbiyot fanlari nomzodi Shuhrat Xo‘jayev bilan qandli diabet kasalliklari, uning oldini olish yo‘llari xususida suhbatlashdik. – Qandli diabet kasalligining inson organizmida qanday paydo bo‘lishi xususida to‘xtalsangiz? Ushbu xastalik bilan bolalar, yoshlar ham og‘rimoqda, buning sabablari nimada? – Avvalo, sog‘lom turmush tarziga rioya qilmaslik, to‘g‘ri ovqatlanmaslik, meyorni bilmaslikka borib taqaladi. Ko‘pincha bolalar o‘tkir virusli kasalliklarni boshidan kechirsa va uning asoratlari qolib ... Batafsil »

Peshob-nordon diatezi

peshob-nordon diatezi

Buyrak konsentratsion faoliyati buzilishi oqibatida hosil bo‘lgan peshobning miqdor va sifat jihatdan o‘zgarishidan yuzaga keladigan surunkali kasallik peshob-nordon diatezi deyilib, unga xos o‘zgarishlar buyrakning nafaqat morfofunksional holati, balki organizmdagi umumiy moddalar almashinuvining buzilishi bilan ham bog‘liqdir. Aniqroq aytganda, haddan ziyod ovqatlanish (ayniqsa go‘shtli mahsulotlarni ko‘p iste’mol qilish) oqibatida oqsillar parchalanishining kuchayishi organizmdagi oqsillar almashinuvi buzilishlariga olib keladi. Peshob-nordon diateziga buyrak-tosh ... Batafsil »