Erkaklar uchun

Moyaklarni mustaqil tekshirish

Moyak

Erkaklarning jinsiy a’zolarida biri bo‘lmish moyaklar, juft bez bo‘lib, yorg‘oqda joylashgan hamda u sperma ishlab chiqarish vazifasini bajaradi. Vazifasidan ham ma’lum bo‘lib turibdiki, hayotiy muhim ahamiyatga ega a’zo hisoblanadi. Agar siz moyagingizda og‘riq yoki turli xildagi shishlarni sezsangiz uni mustaqil ravishda o‘zingiz tekshirib ko‘rishingiz mumkin. Mustaqil tekshirish yordamida erkaklar moyaklaridagi o‘zgarishlarni aniqlashi mumkin. Masalan, moyakda o‘sma (rak) paydo bo‘layotgan bo‘lsa, ... Batafsil »

Jinsiy faollikni mashqlar orqali oshirish

Jinsiy faollik

Jinsiy tarbiya, sog‘lom jinsiy hayot, ko‘payish bularning barchasi hayotimizning biologik asosidir. Aynan, shu jarayonlar hisobiga biologik olam avlodan avlodga o‘tib, saralanib, moslashib, ko‘payib, saqlanib kelmoqda! Qani aytingchi, organizmda ko‘payishga bo‘lgan mayl (Jinsiy mayl) bo‘lmaganda, bugun odamlar, hayvonlar hattoki o‘simliklar ham bugungacha yetib kelarmidi?! Shu sababdan ham bugungi mavzuyimizni “Jinsiy faollikni mashqlar yordamida oshirish” — deya nomladik. Biz quyida yoritmoqchi bo‘lgan mashqlarni ... Batafsil »

Urolog, androlog ko‘rigi — erkaklar salomatligi uchun juda muhim

Andrologiya erkaklarning sog‘ligini asrash, muammolarini hal qilish, bepushtligini davolash, qolaversa, jinsiy ahvolini aniqlaydigan soha hisoblanadi. Dunyo miqyosida oladigan bo‘lsak, erkaklar ayollarga nisbatan 5-10 yil kam umr ko‘radi. Demak, bugungi kunda erkaklar sog‘ligiga ham alohida e’tibor berish, unga jiddiy yondashish zarur. E’tibor berilsa, aholi orasida qorindor erkaklar ko‘pchilikni tashkil etadi. Katta qorin erkaklar uchun juda xavfli hisoblanadi. Uning oldini olish uchun ... Batafsil »

Peyroni kasalligi

Peyroni kasalligi – jinsiy olatni fibroplastik induratsiyasidir. 1743 yilda birinchi marta bu kasallikning belgilarini Fransiya Kiroli Lyudovik XV ning shaxsiy jarrohi Peyroni tomonidan qayd etilgan. Kasallik asosan 30-50 yoshdagi erkaklarda, ereksiyaning susayish davriga to’g’ri kelib, sust ereksiyalangan jinsiy olat bilan jinsiy aloqa qilinganda olatning oqsil pardasida mikro jarohatlar paydo bo’lib, jarohat o’rniga qon quyilishi kuzatiladi. Qon quyilgan zonalarda asta sekinlik ... Batafsil »

Jinsiy faollikni oshiramiz

Jinsiy hayotning meyorida bo‘lishi — oilaviy baxtning asosiy ustunlaridan. Mutaxassislarning fikricha, bir martalik jinsiy yaqinlik yigirma daqiqa sport bilan shug‘ullanganlik kabi inson tanasiga foydali hisoblanadi. Undan tashqari, jinsiy yaqinlikning ovqat hazm qilish va yurak-qontomir tizimining sog‘lom ishlashiga foydasi juda katta. Ammo hozirgi vaqtda jinsiy zaiflikdan aziyat chekayotganlar tobora ko‘paymoqda. Bu ko‘pincha befarzandlik, yosh kelin-kuyovlarning ajralishlariga sabab bo‘lmoqda. Agar siz «yoshim ... Batafsil »

Andropauza

Ma’lumki, 45 yoshdan e’tiboran ayollarda klimaks oldi davri boshlanadi va bu oxir-oqibat hayzning va ayollar jinsiy gormoni – estrogen ishlab chiqarilishining to‘xtashi bilan tugaydi. Klimaks faqatgina ayollarga xos deb o‘ylasangiz, adashasiz. Bunday holat erkaklarda ham bo‘ladi va u andropauza deb ataladi. Ayollar va erkaklar klimaksining farqi shundaki, andropauzadan keyin ham erkaklarda reproduktiv faoliyat saqlanib qoladi Andropauzaning asosiy belgisi erkaklik jinsiy ... Batafsil »

Jinsiy yo’l bilan yuqadigan kasalliklar

O‘tgan 20-asrning 70 yillarida ko‘pchilikka faqat ikkita jinsiy aloqa orqali yuqadigan kasallik ma’lum edi. Bizning davrimizga kelib esa, ularning soni 25tadan oshgan. Ularning ba’zilari butunlay bedavo hisoblanib, tibbiyotchilar haligacha ularga qarshi samarali da’voni yarata olishmadi. Barchaga ma’lumu mashhur orttirilgan immun tanqisligi sindromi (OIV) va genital gerpes virusi shular jumlasidan. Qizig‘i shundaki, inson papilloma virusi, sifilis va genital gerpes xastaliklari faqatgina ... Batafsil »

Press mushaklarini rivojlantirmoqchimisiz

Har bir yigit qomati chiroyli bo‘lishini istaydi. Mashq zallariga qatnab, press mushaklarini chiroyli chiqarishga urinadiganlar kam emas. Ammo hamma ham buning uddasidan chiqavermaydi, kimdir erinchoqligi sabab, boshka birov mashqlarni to‘g‘ri bajara olmaganligi tufayli ko‘zlagan natijasiga erisha olmaydi. Maqsad. Sizda press mushaklarni rivojlantirish maqsadi kuchli bo‘lishi kerak. Unatmang, natijaga erishish uchun sizdan ko‘p mehnat va uzoq vaqt talab etiladi. Shifokor ko‘rigi. ... Batafsil »

Sog’lom spermatozoid

Har bir sog’lom erkakda spermatozoid morfologiyasi yuqori darajada bo’ladi. Ba’zida esa morfologiya buzilishi kuzatiladi. Buning sabablaridan biri — erkakning tuxumi kasalliklari bo’lishi mumkin. Spermatozoid morfologiyasi Normada spermotozoid uzunligi 5-6 mikrometr va diametri 3 mikrometrni tashkil etadi; Uning bosh qismida qopqoqcha bo’lib aniq namoyon bo’lishi kerak; Spermatozoid yuzasida hech qanday nuqson bo’lmaslligi kerak. Yuqoridagi va yana bir qator ko’rsatkichlarga qarab spermatozoid sifatiga ... Batafsil »

Ko‘p xotinlik — bunga tibbiyot nima deydi

Erkaklar tabiatan ko’p xotinlilikka moyil bo’lishadi, bu ilmiy tomondan isbotlangan Ammo u o’zining dunyoqarashi, aqli, farosati bilan hayvondan farq qiladi. Ya’ni “Mumkin yoki mumkin emas!’ degan tushunchalarni o’z hayotiga tatbiq etadi. Ana o’sha “Mumkin emas!” degan signal erkak uchun o’z ahamiyatini yo’qotdimi, demak, bu o’z o’zidan ko’p xotinlikka, betartib hayot kechirishga sabab bo’ladi. Ayrim erkaklar ko’pxotinlilar boshqalarga nisbatan kam kasallika ... Batafsil »