Dorivor ne’matlar

Qora smorodina diareyadan xalos etadi

Qora smorodina

Qora smorodina — qorag‘at ham tengi yo‘q ta’mga ega, ham organizm uchun juda foydali meva. Shuning uchun ham uni barcha sevib iste’mol qiladi. Shifobaxsh elementlarga boy tarkibiy qismi tufayli smorodina xalq tabobatida keng qo‘llaniladi. Vitaminlar koni Qora smorodina mevasi o‘zida B, PP vitaminlarini, A provitaminini, qand, pektin moddasi, fosfor kislotasi, efir moyi, oshlovchi moddalar, B guruhidagi vitaminlar, karotin, kaliy tuzi, ... Batafsil »

Olma va baliqning foydalari

olma va baliq

Xotirani mustahkamlaydi Britaniyalik olimlarning sichqonlar ustida o‘tkazgan tajribalarida olmaning xotirani mustahkamlashi aniqlandi. Ularning fikricha, kishi kuniga uch dona olma iste’mol qilsa, istalgan yoshda xotirasi mustahkam bo‘lib, keksalik bilan bog‘liq parishonxotirlikning oldi olinar ekan. Bundan tashqari, olma qon tarkibidagi xolesterin miqdorini ham kamaytirarkan. Olma tarkibidagi pektin moddasi organizmdan ortiqcha xolesterin chiqib ketishiga ko‘maklashadi. Kuniga ikki dona olma iste’mol qilish qondagi zararli ... Batafsil »

Xalq tabobati durdonalari

Sog‘lom organizm o‘z-o‘zini boshqarish kabi ajoyib xususiyatga ega bo‘ladi. Agar biror-bir «nosozlik» ro‘y beradigan bo‘lsa, u dar­hol bu haqda bizga xabar beradi. Bunda organizmimizga yaqindan yordam berish uchun, jiddiy kasalliklarni oldini olish maqsadida u berayotgan signalga vaqtida e’tibor berib, zudlik bilan kerakli choralarni ko‘rishdir. Petrushka organizmni tozalaydi Yuvilgan petrushka ko‘katini mayda to‘g‘rab, ildizini qirg‘ichning mayda tishidan o‘tkazing va to‘g‘ralgan petrushka ... Batafsil »

Sog‘liq uchun eng foydali 7 ta sabzavot

foydali sabzavot

Sog‘liq bo‘lsa bas, boshqa hamma narsa o‘z-o‘zidan bo‘laveradi, degan gapni kundalik hayotimizda tez-tez eshitamiz. Kayfiyatning yaxshiligi, rejalashtirilgan ishlarning amalga oshishi, maqsadlar tomon aktiv tarzda intilish – barchasi juda katta ma’noda jismoniy va ruhiy salomatligimizga bog‘liqligi rost. Salomatligimizning davomiyligi esa asosan o‘z qo‘limizda! Aslini olganda, o‘zbek dasturxoni turli xil sog‘lik uchun foydali bo‘lgan ne’matlarga to‘la. Ammo biz e’tibordan chetda qoldiradigan ba’zi ... Batafsil »

Mo‘miyoning asil sirlari

Mumiyo

“Mo‘miyo” – yunoncha so‘z bo‘lib, “badan (organizm)ni saqlovchi – muhofaza etuvchi” degan ma’noni anglatadi. Arablar mo‘miyoni “aroqul djibol” (tog‘ shirasi), birmaliklar “chao tui” (tog‘ qoni), mo‘g‘ul va tibetliklar “barashun” (qoya shirasi), turkmanlar “mo‘mnogay”, ayrim tog‘lik joylarda qiyom yoki “zogx” deb atashadi. “Mo‘miyo” so‘zining ikki xil ta’biri mavjud: Muhammad Husayinxon Alaviy (1857) ta’biricha, yumshoq eruvchan, mumsifat, ya’ni “mumiloyin” – muloyim so‘zidan, ... Batafsil »

Malinaning shifobaxshligi nimada?

malina

Malina — nafaqat mazali, balki foydali hamdir. Ushbu rezavor mevaning foydali xususiyatlari ko‘plab jiddiy kasalliklar oldini olish va ularni yengishga yordam beradi. Keksayish jarayonini sekinlashtiradi Malina fenola va antotsianlar kabi antioksidant birikmalarga boy. Bu antioksidantlar hujayralarning qarish jarayonini tezlashtirib, surunkali kasalliklarni chuqurlashtiradigan erkin radikallar bilan zararlanishini kamaytiradi. Ratsioningizda antioksidantlar qanchalik ko‘p bo‘lsa, sog‘lig‘ingiz ham shunchalik yaxshi bo‘ladi. Immunitetni mustahkamlashda yordam ... Batafsil »

Karafs (Selderey) qanday xosiyatlarga ega

selderey

Qadimda yunon va rimliklar go‘sht buzilmasligi uchun karafs qo‘shib qo‘yishgan. Uning ildizi hamda poyasini sho‘rvaga va boshqa ovqatlarga ishlatishgan. Dorivorlik xususiyati qadimdan ma’lum bo‘lganligi uchun ham undan teridagi yaralarni tez bitirishda, yiringni tozalashda, temiratkida, eshakem toshgandan va boshqa ko‘pgina teri xastaliklarida foydalaniladi. Ibn Sino karafsning ildizi va urug‘i tana quvvatini oshirishda, peshob haydashda, shishlarani yo‘qotishda, qorin dam bo‘lganida, a’zolardagi tiqinlarda ... Batafsil »

Kamqonlik (Anemiya)

Anemiya Kamqonlik

Anemiya yoki kamqonlik atamasi ostida qon hajmining birligida qizil qon pigmentining (gemoglobin) yoki qizil qon tanachalarining (eritrositlar) yetishmasligi tushuniladi. Anemiya quyidagi sabablarga ega bo‘lishi mumkin: o‘tkir yoki surunkali qon yo‘qotish (yara, operasiya, oshqozon-ichak sohasida qon yo‘qotish); qon hujayralarining tez nobud bo‘lishi yoki eritrositlar hayotining davomiyligining qisqarishi; bir xil, balanslashtirilmagan oziqlanish, qon uchun foydali bo‘lgan elementlarning tanqisligi (oqsil, temir, foliy kislotasi, ... Batafsil »

Palma moyi…

palma moyi

Palma moyi jahonda keng qo‘llaniladi. U oziq-ovqat, sanoat, kosmetologiya sohasidan tashqari tibbiyotda ham qadrlanadi. Ayniqsa, uning tabiiy moyi shifoga boyligi bilan ajralib turadi. Palma moyi tropik mamlakatlarda o‘sadigan moyli palma daraxti mevasidan olinadi. Uning vatani G‘arbiy Afrikadir. Palma moyi tarkibida turli foydali kislotalar, to‘yingan va to‘yinmagan yog‘ kislotalari — olein, stearin, linolen, miristin, laurin, oz miqdorda araxin va boshqalar bor. ... Batafsil »