Bolalar salomatligi

Bola uchun kosmetik vositalarni tanlash

bola uchun kosmetik vositalar

Bir yoshgacha bo‘lgan go‘daklar, ayniqsa yangi tug‘ilgan chaqaloqning terisi o‘ta mayin, katta odamnikiga qaraganda 2- 3 marta yupqa bo‘ladi. Himoya vazifasini o‘tayotgan shu mayin terisi har xil tashqi noxush ta’sirlardan tez shikastlanib qolishi mumkin. Shuning uchun, kosmetik vositalarni qo‘llashda ham ehtiyot bo‘lib, ba’zi bir narsalarni bilib qo‘yganimiz yaxshi. Tanlashda ehtiyotkorlik zarur Endigina tug‘ilgan chaqaloqning sochlari yumshoq va nimjon bo‘lib, soch ... Batafsil »

Pakanalik sabablari

pakanalik

Sog‘lom bolaning o‘sib-ulg‘ayishi va o‘sishning tugallashi organizmni irsiy jihatlariga bog‘liq bo‘lishi bilan birga tashqi muhit omillarining o‘zaro ta’siri jarayonlarida amalga oshadi. Genotip belgilaydigan o‘sish va rivojlanish jarayonining tezligi va chegaralarini rostlab turishda organizmning ichki sekresiya bezlari ishlab chiqadigan maxsus kimyoviy birikmalar – gormonlar muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. Ota –ona bo‘yining uzunligini qo‘shib, natijani ikkiga bo‘linsa bolaning oxirida yetishadigan o‘rtacha bo‘yi ... Batafsil »

Bola immuniteti past bo‘lsa

bola immuniteti

Yosh bolalarda immun tizimi ishining izdan chiqqanini quyidagi holatlar orqali bilib olish mumkin: Yil davomida kichkintoy gripp, bronxit va o‘tkir respirator xastaliklarga 5 marotaba, ba’zan undan ham ko‘p chalinsa. Bolada kamqonlik aniqlangan bo‘lsa (qonda gemoglobin miqdorining kamayib ketishi immun tizimi faoliyatini susaytiradi). Kasallikning tez-tez qaytalanishi hamda xastalanish kunlarining cho‘zilishi. Ko‘z atrofining ko‘karishi, holsizlanish, kamquvvatlilik. Gijja kasalligi va allergiyaga chalinsa (shuningdek, ... Batafsil »

Chanoq-son bo‘g‘imi displaziyasi

son chiqishi

Chanoq-son bo‘g‘imi displaziyasi va uning tug‘ma chiqishi bolalarda uchraydigan ortopedik kasalliklar orasida birinchi o‘rinni egallaydi. Ushbu xastalik qiz bolalarda o‘g‘il bolalarga nisbatan ko‘proq uchraydi (7:1). Bu tug‘ma nuqsonning ilk belgilarini aniqlash juda qiyinligi tufayli ota-onalar hamda ba’zida tibbiyot xodimlari tomonidan kasallik vaqtida aniqlanmaydi va bola yura boshlagandan keyingina, oqsoqlanib yurganida bunga ahamiyat bera boshlaydilar. Vaholanki, chanoq-son bo‘g‘imi displaziyasi va tug‘ma ... Batafsil »

Skolioz (Mutaxassis bilan suhbat)

skolioz

Qaddi-qomatni (osanka) to‘g‘ri tarbiyalash, mustahkamlash va rivojlantirish bu uzoq davom etadigan jarayon. Bolalarning qaddi-qomatini to‘g‘ri shakllantirishni yoshlikdan boshlash va buni har bir bolalar muassasasida – maktab, kollej, universitet va ayniqsa oilada e’tiborni hech qachon pasaytirmaslik kerak, – deydi Travmatologiya va ortopediya ilmiy-tekshirish instituti bolalar ortopediyasi bo‘limi boshlig‘i, professor Ahror JO‘RAYEV, «Ozbekistonda soglikni saqlash» gazetasi muxbiriga. – Qaddi-qomat» (osanka) deganda nimani ... Batafsil »

Tug‘ma maymoqlik sabablari va davolash usullari

maymoqlik

Tug‘ma maymoqlik eng ko‘p uchraydigan tug‘ma ortopedik kasalliklardan biri bo‘lib, o‘rta hisobda har 1000 nafar tug‘ilgan boladan 4 nafarida uchraydi. Maymoqlik og‘ir deformatsiya komponentlari bilan xarakterlanadi: ekvinus – oyoq panjasi oldi sohasi pastga burilishi, adduksiya – shu sohaning ichki tomonga burilishi, supinatsiya – panja tashqi qirrasining o‘z o‘qi atrofida pastga burilishi. Tug‘ma maymoqlikning paydo bo‘lish sabablari haqida to‘xtaladigan bo‘lsak, aniq ... Batafsil »

Tug‘ma gipoterioz sabablari va davolash usullari

gipoterioz

Tug‘ma gipoterioz bola tug‘ilgan vaqtda aniqlanadi. Tug‘ma gipoteriozning sabablari tireoid gormonlar yetishmovchiligi yoki qalqonsimon bez disgeneziyasi, tiroksin sintezining tug‘ma defektlari, yod tanqisligi sabablidir. Qalqonsimon bez ishlamas yoki butunlay bo‘lmasa ham u ona tomonidan platsenta orqali tireoid gormonlar bilan ta’minlanadi. Bola tug‘ilgach undagi ona tereoid gormonlari tez kamaya boshlaydi. Tireoid gormonlar ayniqsa, erta neonatal davrda markaziy nerv sistemasining rivojlanishi, po‘sloq neyronlari ... Batafsil »

Bolalarda diareya kasalligi

Bolalarda diareya

Diareya – yuqumli oshqozon-ichak kasalligi bo‘lib, bu kasallik mikroblar ta’sirida yuzaga keladi. Kasallik asosan:  Ichning qayta-qayta suyuq kelishi, qorin og‘rishi, ko‘ngil aynishi, qusish, isitmaning ko‘tarilishi bilan namoyon bo‘ladi; Ushbu kasallikka asosan, ko‘krak suti bilan emas, balki ayrim hayvonlar suti yoki quritilgan sut aralashmalari bilan ovqatlanayotgan bolalar ko‘proq chalinadilar. Ayniqsa, kamqonlik, raxit, yod tanqisligi bor bo‘lgan bolalarda kasallikka bo‘lgan moyillik ko‘proq ... Batafsil »

Tarqoq skleroz

Tarqoq skleroz

Farzandim tarqoq skleroz (рассеянный склероз) kasalligi bilan bir necha yillardan buyon qiynalib keladi. Ushbu kasallikning kelib chiqish sabablari, klinik belgilari, davolash profilaktikasi, asorat va oqibatlari to‘g‘risida ma’lumot bersangiz. Ushbu xastalik markaziy asab tizimining tarqoq nevrologik alomatlari bilan kechuvchi surunkali va rivojlanuvchi kasallik bo‘lib, asab tizimida miyelin moddasi jarohatlanishi tufayli kelib chiqadi. Miyelin bosh miya, orqa miya va periferik asab tizimi ... Batafsil »

Girshprung kasalligi

Girshprung kasalligi

Ichaklarning me’yordagidan kengayib yoki uzayishi girshprung kasalligi hisoblanadi va asosan yosh bolalarda tug‘ma holda uchraydi. Girshprung ko‘proq o‘g‘il bolalarni bezovta qiladi. Ichaklar faoliyati Meysner va Auerbax nerv chigallari tomonidan boshqariladi. Ana shu nerv chigallari hujayralari meyorda o‘sib yetilmasligi (yoki mutlaqo mavjud bo‘lmasligi) ona qornidagi bolaning girshprung bilan xastalanib tug‘ilishiga sharoit yaratadi. Chaqaloqning girshprung bilan dunyoga kelishiga bir nechta omillar sabab ... Batafsil »