Ayollar uchun

Homiladorlik taqvimi: 18-hafta

Homiladorlik taqvimi: 10-hafta

Beshinchi oy davom etar ekan, qarabsizki, siz homiladorlikning 18-haftasiga yetib keldingsiz. Ko‘p ayollar kichkintoyning qimirlashini aniq-tiniq sezadilar, bu onaga alohida quvonch bag‘ishlaydi. Homiladorlikning 18-haftasida qorin kattalashadi, uni endi sezmaslikning iloji yo‘q, aslida ayol go‘zalligining bu eng oliy darajasini yashirishga hojat bormi?Mazkur muddatda ko‘pgina homilador ayollar ichkaridan kindikka bosim o‘tkazilishidan shikoyat qiladilar. Bunga tez o‘sayotgan bachadon sababchi. Homiladorlikning 18-haftasida uning hajmi ... Batafsil »

Homiladorlik taqvimi: 17-hafta

homiladorlikka tayyorlanish

Homiladorlikning 17-haftasidan e’tiboran homiladorlikning beshinchi oyi boshlanadi. Biror-bir noxush sezgilar bilan qamrab olinmagan qulay davr. Lekin ba’zi o‘zgarishlarni siz baribir sezasiz: balki bu milklarning qonab turishi bo‘lar, balki kuchli terga botish yoki qindan ko‘p miqdorda ajralma chiqishi bo‘lar.Ko‘proq hordiq chiqaring, vaqtida uyquga yoting va o‘zingizni ortiqcha yumushlar bilan toliqtirmang: shunda homiladorlikning beshinchi oyi siz uchun juda ajoyib boshlanadi. Homiladorlikning 17-haftasida ... Batafsil »

Homiladorlikda bosh og‘rig‘i: me’yormi yoki xatar

bosh og‘rig‘i

Homiladorlik vaqtida, ayniqsa uning birinchi qismida ayolning organizmida juda katta o‘zgarishlar ro‘y beradi: u o‘zining yangi vazifasi – onalikka tayyorgarlik ko‘radi. Bu o‘zgarishlar ham jismoniy, tashqi ko‘rinishda, ham gormonal fon, ayolning hissiy holatida namoyon bo‘ladi. Ko‘pincha bunday o‘zgarishlar unchalik yoqimli bo‘lmagan “nojo‘ya ta’sirlar” bilan kechadi, masalan, bosh aylanishi, ko‘ngil aynishi, arterial qon bosimining ko‘tarilishi va bosh og‘rishi. Homiladorlikda bosh og‘rig‘i ... Batafsil »

Varikoz kasalligini davolash choralari

varikoz kasalligi

Tug‘ruqni boshidan kechirgan ayollarning qariyb 70 foizida varikozning ko‘rinishlari mavjud. Bu kasallik asta-sekin rivojlangani uchun birlamchi belgilar u qadar tashvishga solmaydi. Biroq o‘z vaqtida davolanilmasa, oqibati jiddiy holatlarni keltirib chiqarishi hech gap emas. Bilasizmi? Ayollarda asosan oyoq (boldir), to‘g‘ri ichak va chanoq tomirlari (jinsiy a’zolar) kengayib, cho‘ziladi hamda tugun hosil qiladi. Asosan yuza tomirlari kengayib, avvaliga mayda kapilyar qon tomirlarning ... Batafsil »

Dismorfofobiya: tasavvurdagi jismoniy nuqsonlardan aziyat chekish

Dismorfofobiya

Dismorfofobiya sindromi tushunchasi ostida sohta yoki asoslanmagan, oshirib ko‘rsatilgan jismoniy yetishmovchilik to‘g‘risidagi xasta fikrlar tushuniladi. Miyadan ketmaydigan o‘rinsiz shubha, xavotir va qo‘rqinchli fikrlar – dismorfofobiya deb ataladi. Ko‘pchiligimiz o‘z tanamizdan unchalik mamnun emasmiz. Masalan, burun, quloq, ko‘krak yoki hamma ham ko‘ravermaydigan tana a’zolaridan. Biroq ushbu norozilik kasallik darajasiga yetganda insonlar bilan normal munosabatda bo‘lish va baxtni his qilishga halal beradi, ... Batafsil »

Qishki avitaminoz nimasi bilan xavfli?

avitaminoz

Qishda organizm bizga vitaminlar yetishmayotgani haqida tez-tez bildirib turadi. Ularni to‘g‘ri tushunishni bilamizmi?| Quyida bizga nimadir yetishmayotganini bildiruvchi asosiy belgilarni ko‘rib chiqamiz. A vitamini Teri va ko‘zlar quriydi, sochlar jilosini yo‘qotadi, terida husnbuzar toshmasi paydo bo‘ladi, diareyadan aziyat chekasiz – bularning barchasi A vitamini tanqisligidan dalolat beradi. Ratsionga sabzi, qovoq, tunets balig‘ining go‘shti, shirin kartoshka qo‘shing, bu bilan bir vaqtning ... Batafsil »

Gormonal o‘zgarishlardan ogohlantiruvchi signallar

Gormonal o‘zgarishlar

Gormonlar hayotimizning muhim qismidir. Ammo biz ular bilan muammo kelib chiqmagunicha buni o‘ylamaymiz ham. Hayotingizda ma’lum davrlar kelishidan oldin gormonlar o‘zlari haqida eslatadilar. Avvalo, aynan qaysi muammolar gormonal muvozanatning buzilishini keltirib chiqarishini aniqlab oling. Quyida berilgan muammolar sizga oddiy tuyilishi mumkin. Ammo aynan ular gormonal o‘zgarishlardan ogohlantiruvchi signallar bo‘lishi mumkin. Surunkali charchoq To‘g‘ri charchoqni hamma sezadi. Agar u bir uxlab ... Batafsil »

Qin disbakteriozi

qin disbakteriozi

Bakterial vaginoz kasalligining asosiy muammosi uning aksariyat hollarda yaqqol ko‘rinmaydigan alomatlar bilan kechishidir. Biroq, hidli jigarrang ajralmalarning ko‘plab kelishi bilan bog‘liq noqulayliklar, bu holatning jinsiy aloqadan keyin kuchayishi ko‘pgina mijozlarni shifokor ko‘rigiga borishga majbur qiladi. Bakterial vaginoz (yoki qin disbakteriozi) tanosil va yallig‘lanish xastaliklariga kirmaydi. «Bakterial» degan iboraning o‘zi qin ajralmalarida ko‘p miqdorda «keraksiz» bakteriyalarning borligini ko‘rsatadi. «Vaginoz» so‘zi esa ... Batafsil »

Homiladorlik taqvimi: 16-hafta

Homiladorlik taqvimi: 7-hafta

Homiladorlikning 16 haftasi – hammasi o‘z me’yorida ketmoqda, ikkinchi trimestr toksikoz va kayfiyat «sakrashi»ning barham topganligi bilan sizni hali ham xursand qilayotir. Kichkintoy tez o‘smoqda, qorin dumaloqlashib bormoqda, bo‘lg‘usi ona esa ushbu betashvish kunlardan rohat oladi. Ikkinchi bolasiga homilador onalar homilaning ilk g‘imirlashini eshitishlari ehtimoldan xoli emas. Bo‘lg‘usi onaning ishtahasi juda ham yaxshi, hojatga tez-tez borayotgani yo‘q – juda ajoyib ... Batafsil »

Homiladorlik taqvimi: 15-hafta

Homiladorlik taqvimi: 4-hafta

Homiladorlikning 15-haftasi – bir qarashda, hech qayeringiz og‘rimayapti, noxush sezgilar yo‘q, ishtahangiz zo‘r, lekin bo‘lg‘usi onani nima bezovta qilyapti? Aynan shu davrda ba’zi homilador ayollar terisining quruqlashganini, tirnoqlar sinuvchan bo‘lib qolganini, sochlar esa odatdagidan ko‘proq to‘kilayotganini sezishadi.Shunga qaramay, kichkintoy juda yaxshi rivojlanib boradi, “onadan tashqarida”gi hayotga muttasil tayyorlanmoqda. Unda mazkur tashqi o‘zgarishlarning sababi nimada, ularga qarshi kurashsa bo‘ladimi? Homiladorlikning 15-haftasida ... Batafsil »