Bo‘yin va yelkadagi og‘riqlardan tezda qutilish usuli

Agar siz kompyuter yonida uzoq vaqt ishlash tufayli bo‘yin va yelka sohalaridagi og‘riqlardan aziyat chekayotgan bo‘lsangiz va aynan o‘sha joylarni uqalash kerak, deb o‘ylasangiz xato qilasiz. Shunchaki oddiy tennis to‘pchasi bilan kaftingizni yaxshilab ezsangiz kifoya, o‘zingizni ancha yengil his qilasiz!

Odatda kompyuter yonida uzoq vaqt o‘tirib ishlaydiganlar bo‘yin va yelka sohalaridagi og‘riqdan shikoyat qilishadi. Bunga klaviatura va sichqoncha bilan ishlash tufayli kaftning charchashi sabab bo‘ladi. Yuklanishlardan charchagan kaftdagi og‘riq bo‘yin va yelka sohasiga uzatiladi.

Jil Miller (Jill Miller) ayni og‘riqni kamaytiradigan oddiy usulni tavsiya etmoqda. Buning uchun sizga tennis koptokchasi yoki bironta massaj to‘pchasi, 5 daqiqa bo‘sh vaqt va yumshoq stul kerak bo‘ladi.

Koptokchani qo‘yib uni kaftingiz bilan yopasiz hamda uni bosh barmoq yostiqchasi tomon u yoqdan bu yoqqa bosib aylantirasiz. So‘ngra aylana harakatlarga o‘tasiz, go‘yoki siz sitrus mevalar siqqichida apelsin siqayotgandek, to‘pchani eza boshlaysiz. Bir daqiqadan so‘ng qo‘lingizni almashtirasiz.

Uqalash jarayonini tugatib bo‘lgach, tik turgan holda qo‘lingizni tepaga ko‘tarib, kaftingizni orqaga qilgan holda ko‘rinmas devorni surayotgandek harakat qiling. Uning samarasini esa bo‘yin va yelkangizdagi og‘riqlar kamayganidan seza olasiz.

Qayd etish joizki, bu usul umurtqa sohasidagi jiddiy muammo sabab bo‘yin va yelkadagi og‘riqlarda foyda bermaydi. Uqalashdan keyin, og‘riqlar qolmasa shifokorga uchrashishni tavsiya etamiz.

Mashqni to‘g‘ri bajarish texnikasi bilan quyidagi video lavha orqali tanishishingiz mumkin

Сохранить

Сохранить

Сохранить

Maqolani baholashni unutmang, iltimos!
1 baho2 baho3 baho4 baho5 baho

Loading...

Telegramdagi rasmiy kanalimizga a’zo bo‘ling!

A’zo bo‘lish
loading...

Tegishli maqolalar

Fikr bildirish

Sizning emailingiz chop etilmaydi. To‘dirish zarur qatorlar * bilan belgilangan.

Close