El sog‘ligi — yurt boyligi

Burun to‘sig‘ining qiyshayishi xavflimi?

 Burun to‘sig‘ining qiyshayishi sog‘lik uchun xavflimi? U qanday davolanadi?

Professor Farhod DAUTOV:

— Burun to‘sig‘i qiyshayishida bemorni ko‘pincha besabab bosh og‘riqlari, eshitishning pasayishi, burun orqali nafas olishning qiyinlashuvi, hid sezish qobiliyatining susayishi, tez-tez shamollash holatlari bezovta qilishi mumkin. Shunday vaqtda burun to‘sig‘i qiyshiqligini to‘g‘rilash jarrohligi (septoplastika) yordam beradi.

Operatsiya shifoxonaning LOR bo‘limlarida, yengil narkoz ostida burun kataklari orqali amalga oshiriladi. Jarrohlik 30 daqiqadan 1 soatgacha davom etadi. Yuzda hech qanday chandiqlar qolmaydi. Bemorning mehnat layoqati 1-2 haftada tiklanadi.

Bemor operatsiyadan so‘ng 2 oygacha og‘ir jismoniy yumushlarni bajarmay turishi kerak.

© «Sihat-salomatlik» jurnali.

Telegramdagi rasmiy kanalimizga a’zo bo‘ling!

A’zo bo‘lish
loading...

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *