Burun bitishi holatini qanday bartaraf qilish mumkin?

Yozda kamdan-kam kuzatiladigan, kuzatilganda ham surunkasiga kishini ancha vaqt bezovta qiladigan holatlardan biri bu burunning bitib qolishi.
Xo’sh, burun bitib qolgada nima qilish kerak?

burun bitishi

Naima UBAYDULLAYEVA, tibbiyot fanlari nomzodi:

Burun bitishi tumovdan darak beradi. Bunday paytda shilliq modda ajralishi bilan burun bo‘shlig‘idagi bakteriyalar va boshqa infeksiya qo‘zg‘atuvchilar chiqib ketadi.

Organizmning kasallik qo‘zg‘atuvchi bakteriyalardan xalos bo‘lishi uchun burunni dengiz tuzi yoki iste’mol sodasi qo‘shilgan eritma bilan yuvish kerak. Bunda boshni yon tomonga egib, burunning bir teshigiga eritmani oz-ozdan quyish lozim. Shunda eritma burunning ikkinchi teshigidan oqib chiqadi.

Burun bitib qolganida ko‘pchilik dorixonada sotiladigan maxsus tomchilardan foydalanadi. Lekin bunday tomchilarni keragidan ko‘p ishlatish oqibatida burun shilliq qavati qurib qolishi mumkin. Natijada, bakteriyalar ko‘payishda davom etadi. Agar burun bitishi sizni juda qiynayotgan bo‘lsa, shifokor maslahati bilan ish tuting.

Maqolani baholashni unutmang, iltimos!
1 baho2 baho3 baho4 baho5 baho

Loading...

Telegramdagi rasmiy kanalimizga a’zo bo‘ling!

A’zo bo‘lish
loading...

Tegishli maqolalar

4 ta izoh

  1. Assalomu aleykum hurmatli jamoa a’zolari menda surunkali prostotit kasaligi qiynaydi tez tez jinsiy a’zoda achishish hislari boladi. jinsiy aloqa vaqtida tez kelish holarlari kuzatiladi. Shifokor korigidan otsam shifokorlar antibiotik hamda garmon dorilar yozib berishadi. ahir bu dori vositalari odam uchun bir joyiga foydali bolsa ikkinchi tomondan turli hil hastaliklarni vujudga keltiradi. Shuning orniga qanday tabiiy giyohlardan foydalansa boladi. Menga yordam korsatin ahir yurtimiz tabiiy giyohlarga boy-ku.

Fikr bildirish

Sizning emailingiz chop etilmaydi. To‘dirish zarur qatorlar * bilan belgilangan.

Close