Bosh miya chayqalishi — tasnifi, belgilari, davosi va birinchi yordam ko‘rsatish usullari

Bosh miya chayqalishi boshga agressiv biror-bir jarohat yetkazilganda kelib chiqadigan patologik holat, masalan yuqori balandlikdan yiqilganda yoki boshga biror bir zarba berilganda. Shifokorlar bosh miya chayqalishida kelib chiqadigan simptomlar mexanizmini hali aniq o‘rganishmagan, chunki bosh miya MRT tekshiruvida ko‘rilganda ham hech qanday patologik o‘zgarishlar aniqlanmaydi. Taxminlarga ko‘ra boshga urilgan agressiv zarba ta’sirida nerv hujayralari zararlanishi hisobiga to‘qimalar trofikasi (oziqlanishi) buziladi va markaziy nerv tizimi bilan bog‘liqlik uziladi.

Bosh miya chayqalishi tasnifi

Tibbiyot sohasida “bosh miya chayqalishi” termini ostida – bosh miyaning yengil chayqalishi va qisqa muddat ichida hushdan ketish tushuniladi. Bosh miya chayqalishining ikki xil darajadagi ko‘rinishi farqlanadi:

  • Yengil bosh chayqalishi. Markaziy nerv tizimi tomonidan jiddiy o‘zgarishlar bo‘lmaydi, hatto bemorni chuqur tekshiruvlar o‘tkazganda ham. Bunda simptomlar uzog‘i bilan 14 kunda yo‘qoladi (ko‘pincha undan ham oldinroq);
  • Kuchli bosh chayqalishi. Ba’zi bir qon tomirlarning yorilishi bilan namoyon bo‘ladi. A’zolarda gematomalar paydo bo‘ladi, simptomlar biroz muddatdan keyin yo‘qoladi.

miya chayqalishi

Bosh miya chayqalishi belgilari

Bosh miya zarba yegandan keyin – inson hushini yo‘qotishi mumkin va bu qisqa muddatli yoki uzoq davom etuvchi bo‘lishi mumkin. lekin ko‘pincha inson hushida bo‘ladi va quyidagilarga shikoyat qilishi mumkin:

Jarohat olgandan so‘ng boshning ensa sohasida lo‘qillovchi og‘riq, ko‘ngil aynishi ham kuzatiladi, tana harorati normal ko‘rsatkichlarda bo‘lib, inson esh hushini yo‘qotmaydi. Bemorni vizual ko‘rganda teri rangi oqarganligi, nafas olishning tezlashishi, yurak urishi tezlashganligi, qayt qilish holatlari kuzatiladi.

Yuqoridagi belgilar bosh miya chayqalgandan so‘ng qisqa muddatlarda kelib chiqadigan simptomlardir. Ular bir necha kundan keyin o‘tib ketadi, hatto bemorlar jarohatning ertasiga ahvollari yaxshilashganligini sezishadi. Ammo, bosh miya chayqalishida ko‘ruv nervlari ham zararlanishi mumkin va bemorlar ko‘zlarini harakatlantirganda og‘riq sezishi, qorachiqlar torayib qolishi yoki kengayib qolishi, assimetrik bo‘lishi, bir nuqtaga qarash qiyinligiga shikoyat qilishlari mumkin.

Bundan tashqari yana bir qator simptomlar ham yuzaga chiqishi mumkin. masalan, yuzda qon hajmining ko‘payishi, inson qizib ketishi, ter ajralishining ko‘payishi, uyquning buzilishi.

Jarohatdan keyingi simptomlar

Stupor holatalari. Mushaklar qisqarishi ortgan, yuzdagi emotsiyalar yo‘qolgan, tana harakatlari tormozlanishlar kuzatiladi va bu nerv impulslarining markaziy nerv tizimiga yetib borishi buzilganidan dalolat beradi.

Ushbu maqolani ham o‘qing:  Dyushenn va Erb falaji

Hushdan ketish simptomi. Inson tashqi qo‘zg‘atuvchilarga javob bermaydi, hech narsani sezmaydi. Bu zarbaning kuchiga qarab bir necha soniyadan 6 soatgacha davom etishi mumkin. Bunda nerv hujayralaridan impulslar o‘tishi buzilgandan keyin, bosh miyada qon aylanishi buziladi va bosh miyaga kislorod yetib bormaydi.

Qayt qilish simptomi. Oshqozondagi ovqat massasi qaytib chiqadi, so‘lak ajralishi ko‘payadi. Ba’zida qayt qilish takroriy bo‘ladi. Vestibulyar apparat va qusish markazida qon aylanishi buzilishi hisobiga kelib chiqadi.

Ko‘ngil aynish simptomi. Bosim, epigastral sohada og‘riq, noxush his sezish kuzatiladi. Bunda uzunchoq miyadagi qusish markazi qo‘zg‘alib ketadi.

Bosh aylanishi simptomi. Tinch holatda ham bosh og‘rig‘i bo‘ladi, tana holati o‘zgarganda og‘riq kuchayadi. Vestibulyar apparatda qon aylanishi buzilishi hisobiga kelib chiqadi.

Pulsning ortishi yoki kamayishi. Pulsning 1 daqiqada 60 dan kam yoki 90 dan ortishi. Organizmga kislorod yetishmovchiligi hisobiga bemor o‘zini lanj, lohas his qiladi, yurak urishlar soni ortadi. Bosh miya ichki bosimi ortishi hisobiga adashgan nerv va miyachaning ezilishi natijasida kelib chiqadi.

Teri rangi oqarishi va ma’lum muddat o‘tgandan keyin qizarish bilan almashinadi. Vegetativ nerv tizimi tonusining buzilishi bilan tushuntiriladi. Buning natijasida teri yuzasidagi kapilyarlar kengayadi.

Bosh og‘rishi simptomi. Jarohat olgan joyda yoki ensa sohasida pulsatsiyali (lo‘qillovchi) og‘riq bo‘lishi. Boshning hamma sohasida siquvchi og‘riq. Bosh miya ichki bosimi oshishi hisobiga, miya pardalaridagi retseptorlar qo‘zg‘aladi va og‘riq paydo bo‘ladi.

Quloqdagi shovqinlar. Quloqdagi turli xil chiyillagan yoki guvillagan tovushlarni eshitish. Bosh miya ichki bosimi oshishi natijasida eshituv nervining ezilishi hisobiga kelib chiqadi.

Ko‘zdagi og‘riq hissi simptomi. Ko‘zni harakatlantirganda og‘riq kelib chiqishi, ko‘z olmasi va peshona sohasida kuchli og‘riq paydo bo‘lishi. Bu ham bosh miya ichki bosimi oshishi hisobiga kelib chiqadi.

Harakatlanganda koordinatsiya buzilishi. Inson tanasi o‘ziga “bo‘y sinmayotganini” sezadi, ish harakat bajarganda qiyinchilik bilan, uzoq muddat vaqt sarflanganday bo‘ladi. vestibulyar apparatda qon aylanishi buzilishi natijasida, bosh miya po‘stloq markaziga va mushaklarga nerv impulslari o‘tishi buzilishi hisobiga kelib chiqadi.

Ko‘p ter ajralishi simptomi. Qo‘l kaftlari sovuq va nam bo‘ladi. yuz va tananing boshqa sohalaridan ter tomchilab ajralib turadi. Ichki organlarni boshqaruvchi nerv tizimi juda ham qo‘zg‘alib ketgan bo‘ladi. Buning natijasida ter ajratish bezlari ishi kuchayadi.

Ushbu maqolani ham o‘qing:  Insultdan saqlaning!

Ko‘z qorachig‘i simptomlari. Ikkala ko‘z qorachiqlarining kengayishi yoki torayishi, ularning assimetrikligi kelib chiqadi. Inson o‘zida hech qanday o‘zgarish sezmasligi mumkin, ammo shifokor nazoratida qorachiq reflekslarida o‘zgarishlar bo‘lishi aniqlanadi. Bosh miya ichki bosimi oshishi hisobiga qorachiq mushaklarini boshqaruvchi nerv tolasi ezilishi sabab bo‘ladi.

Pay reflekslarining assimetrikligi simptomi. Bunday refleksni nevropotolog tekshiradi. Bunda tizza paylariga bolg‘acha bilan urib ko‘rilganda ularning turli xilda qisqarib javob berishi kuzatiladi. Bunga sabab bosh miya ichki bosimi oshishi natijasida reflex hosil qiluvchi nerv tolalarining ezilishidir.

miya chayqalishi belgilari

Kech paydo bo‘ladigan simptomlar (2-5 kundan keyin)

Yorug‘likdan va baland shovqindan qo‘rqish simptomi. Yorug‘lik nuriga va baland tovushlarni eshitganda inson bezovtalanadi, o‘zini yomon his qiladi. bunga sabab bosh miya jarohatlangandan keyin qorachiq mushaklarini boshqaruvchi nerv zararlanadi va qorachiqqa tushayotgan nurga inson ta’sirchan bo‘lib qoladi. Eshituv nervining ezilishi hisobiga turli xildagi shovqinlarga ham sezuvchanlik oshib ketadi.

Depressiya simptomi. O‘ta qo‘zg‘aluvchanlik yoki injiqlik, kayfiyatning o‘zgaruvchanligi, harakat qilishga ishtiyoq yo‘qligi kuzatiladi. Bunga sabab emotsiyalarni boshqaruvchi po‘stloq osti markazlari zararlanishidir.

Bezovtalik simptomi. Uyquning buzilishi, uyquga ketish qiyinligi, tunda o‘z o‘zidan uyg‘onib ketish. Bunga sabab bosh miyada qon aylanish buzilishi, stress va depressiya holatlaridir.

Amneziya simptomi. Xotiraning pasayishi yoki yo‘qolishi. Inson jarohat olishidan avval nima bo‘lganini eslay olmaydi, zarba qanchalik kuchli bo‘lsa xotira ham shunchalik pasayadi. Jarayonlarni esda saqlash va ularni esga tushirish bir necha bosqichli zanjir asosida ishlaydi. Jarohat olgan vaqtda ushbu zanjirning bir qismi uziladi va uzoq muddat esda saqlash qobiliyati buziladi.

Yuqoridagi simptomlar bosh miya chayqalishida yuzaga kelib chiqishi nisbiydir, ba’zi hollarda barcha simptomlar kompleks ravishda, ba’zida esa yakka-yakka alohida namoyon bo‘ladi. Shifokorlar qayd etishicha, bunday holat inson yoshiga bog‘liq bo‘ladi: masalan, chaqaloqlarda bosh miya chayqalishida hushdan ketish holati kuzatilmaydi, chaqaloqning yurak urish soni ortadi, teri rangi oqargan bo‘ladi, sut emgandan keyin, albatta, qayt qilish namoyon bo‘ladi. Keyinchalik bola holsiz, uyquchan, ammo uyqusi tez-tez buziladigan bo‘lib qoladi. Maktab yoshidagi bolalarda bosh miya chayqalganda yuqoridagi simptomlar kuzatilib, ular uzog‘i bilan 2-3 kunda o‘tib ketadi. 35 yoshgacha bo‘lgan insonlar ko‘pincha hushini yo‘qotadi, yuqoridagi kabi simptomlar klassik ko‘rinishda namoyon bo‘ladi. Keksa yoshdagi insonlarda bosh miya chayqalishi og‘ir kechadi – ularda simptomlar yaqqol namoyon bo‘lib, keyinchalik mo‘ljal olish va harakatlanishdagi kamchiliklar kelib chiqadi.

Ushbu maqolani ham o‘qing:  Tarqoq skleroz

Shifokor-mutaxassislar ta’kidlashicha, bosh miya chayqalishi belgilari 10-14 kunda o‘tib ketadi. Lekin maxsus davo choralari ko‘rilmasa uning asoratlari bir necha yildan keyin ham yuzaga chiqishi mumkin.

miya chayqalishi davolash

Bosh miya chayqalganda birinchi yordam

Agar bosh miya jarohatlangan bo‘lsa zudlik bilan tez tibbiy yordamga murojaat qilish kerak. Ular kelgunga qadar quyidagi chora tadbirlar bajarilishi kerak:

  • Bemorni gorizontal holatda, boshi ostiga baland bo‘lmagan yostiq qo‘yib yotqizish kerak;
  • Bemorga umuman ovqat va suv ichirish kerak emas;
  • Bemorga toza havo kelishini ta’minlash kerak (oynalar ochiladi, yoqa tugmalar yechiladi);
  • Bemor tinch holatda bo‘lishi kerak, u televizor ko‘rishi, telefoniga qarashi, kitob o‘qishi mumkin emas;
  • Agar bemor hushini yo‘qotgan bo‘lsa, uni harakatlantirish, joyidan ko‘chirish mumkin emas. Uni o‘ng yonbosh sohaga yotqiziladi, chap oyoq va chap qo‘l bukiladi, boshni o‘ng tomonga burib, iyakni ko‘krak qafasi tomonga biroz egib qo‘yish kerak. Shunday holatda bemorga havo kelishi oson bo‘ladi va qusiq massalari bilan bo‘g‘ilib qolmaydi.

Bosh miya chayqalishini davolash

Bosh miya chayqalishini davolash faqatgina maxsus tekshiruvlar o‘tkazilgandan keyin qat’iy ravishda shifokor tomonidan buyurilgan preparatlar yordamida olib boriladi. Agar shifokor yordamini olish imkoni bo‘lmasa, bemorni tinch joyda yotqizish, og‘riq qoldiruvchi preparatlar bermaslik, spirtli ichimlik ichmaslik, jismoniy zo‘riqishlardan cheklanish kerak. 2 hafta ichida belgilar kuzatilmasa ham, umumiy tekshiruvdan o‘tish talab etiladi.

bosh miya chayqalishi

Bosh miya chayqalishi asoratlari

Agar bosh miya chayqalishi og‘ir ko‘rinishda kechayotgan bo‘lsa, gematomalar va to‘qimalar ezilishi kuzatilayotgan bo‘lsa, uning asoratlari jiddiy bo‘lishi mumkin – gapirish qobiliyati buzilishidan tortib, ko‘ruv o‘tkirligi pasayishi, hatto yo‘qolishi ham mumkin. yengil darajali bosh miya chayqalishida asoratlar bo‘lmaydi, faqatgina bosh og‘rig‘i bezovta qilib turadi. Bosh jarohat olgandan keyin bir necha yil o‘tib ham bosh og‘riqlari bezovta qilib turishi mumkin. og‘riq — preparatlar qabul qilganda ham yo‘qolmasligi mumkin. bunday holatlarda nevropatolog ko‘rigidan o‘tish kerak bo‘ladi. bosh miya chayqalishi hech qanday asoratlarsiz ham o‘tib ketishi mumkin. lekin, ko‘p hollarda bosh miya chayqalishi asoratlari keyinchalik yuzaga chiqib bemor umumiy sog‘lig‘iga jiddiy ziyon yetkizishi mumkin.

Maqolani baholashni unutmang, iltimos!
1 baho2 baho3 baho4 baho5 baho

Loading...

Telegramdagi rasmiy kanalimizga a’zo bo‘ling!

A’zo bo‘lish
loading...

Tegishli maqolalar

Fikr bildirish

Sizning emailingiz chop etilmaydi. To‘dirish zarur qatorlar * bilan belgilangan.

Close