3.6
(9)

Bir yarim – uch yarim yashar bola hayotining turli bosqichlarida ijozatning chegarasini tekshira boshlaydi, xususan quyidagicha usullarda: onasi, otasi va buvisini uradi, chimchilab oladi, tishlaydi, sochidan tortadi.

Odatda, bu yoshda voqealar oila davrasida yuz beradi va hali boshqa bolalarga nisbatan qo‘llanilmaydi.

Nima qilish kerak? Tabiiyki, muammoning yechimi universal emas, ammo chegarani tekshirish haqida so‘z borganida, shuning o‘zi ham yetarli.

Bola psixologiyasi

Bola yaqinlarini ursa… | Avitsenna.uz

Bola psixologiyasi

  • “Musht” yeganingizdan keyin bolaga darrov bu og‘riqli bo‘lganini va u sizni urishini istamasligingizni aytish muhim.
  • Agar “mushtlar” takrorlansa, bolaning qo‘lini ushlab qolishga harakat qiling.
  • Agar bu paytda bola qo‘lingizda bo‘lsa, ikkinchi urinishdan so‘ng, bu sizga yoqmasligini va bunday shartlarda u bilan muloqot qilmasligingizni aytib, uni qo‘llaringizdan tushiring. Shu tarzda biz so‘zlarga harakatni ulagan bo‘lamiz va bu bilan so‘zlarning mohiyatini namoyish etamiz.
  • Agar bola yig‘lasa, uni yana qo‘lga olib, erkalash mumkin. Axir bizning vazifamiz jazolash va kamsitish emas, balki tushuntirishdir. Bolani to‘satdan qo‘lingizdan tushirish bilan esa, uni haqiqatan ham xafa qilgan bo‘lasiz.
  • Agar go‘dakni qo‘lga olganingizdan keyin “mushtlar” yana takrorlansa, uni pastga takroran tushiring va xuddi yuqorida ko‘rsatilgan tarzda sizga AYNAN NIMA to‘g‘ri kelmasligini xotirjamlik bilan tushuntiring. Bunda shunday so‘zlarni topish kerakki, bola o‘zi emas, balki xatti-harakati yaxshi emasligini aniq tushunsin.
  • Albatta, bunday urinishdan so‘ng uni endi darrov qo‘lga olmaysiz. Ammo ishni yig‘igacha olib bormang. Keyingi safar bolaning qo‘llarini yengilgina ushlagan holda uni qo‘lga olish mumkin.
  • Agar bola qo‘lingizda bo‘lmasa, xatti-harakatlaringizni so‘zlar bilan ta’kidlagan holda, undan sal uzoqlashing, ya’ni agar birga o‘ynayotgan bo‘lsangiz, o‘yinni to‘xtating, agar u yugurib kelib “musht” tushirsa, xonadan chiqib keting.
  • Agar bularning hammasi boshqa oila a’zolarining ko‘z o‘ngida yuz berayotgan bo‘lsa, ular vaziyatga aralashmaganlari yoki onani qo‘llab-quvvatlaganlari ma’qul. Bu holatda xafa qilgan tomonga batamom e’tiborsiz bo‘lgan holda, jabrlangan tomonga mehribonlik ko‘rsatgan yaxshi. Bunday o‘rnak ko‘rsatish, bolaning xatti-harakati e’tiborni tortishning yaxshi yo‘li emasligini va, asosiysi, u foyda bermasligini namoyish etadi.
  • Bu harakatlarning barchasida izchillik muhim ahamiyat kasb etadi. Ya’ni, agar onani urish mumkin bo‘lmasa, demak uni na ertalab, na kechqurun, na ko‘chada, na mehmonda, na boshqa vaziyatlarda urish mumkin emas. Odatda, muammoni hal etish uchun 2-3 haftaning o‘zi yetarli bo‘ladi.
Ushbu maqolani ham o‘qing:  “Bebosh bola” sindromi (4-qism)

Ota-onaning xatosi

Ota-onalarning eng keng tarqalgan xatosi – bu bolaning yuqoridagi xatti-harakatiga qarshi kurashishga urinishidir!

  • «Qilmishiga yarasha javob berish», ya’ni qo‘liga urish yoki orqasiga shapatilash. Bu noto‘g‘ri. Chunki bolalar ota-onasining xatti-harakatidan namuna oladi. Bu bilan siz bolaga “musht tushirish” norozilikni ifodalashning ijozat etilgan usuli ekanini namoyish etgan bo‘lasiz.
  • «O‘zingizni yig‘layotganday ko‘rsatish» — bu spektakl. Agar aldov fakti inobatga olinmasa, onaning nimanidir tasvirlashi “o‘yin” hisoblanadi. Ayniqsa, bir-bir yarim yoshda. Shu bois bola “spektakl” tomosha qilish uchun keyin ham o‘zining nojo‘ya xatti-harakatlarini takrorlashi ehtimoli bor.
  • “Og‘riqdan” qichqirishlarga ham 2-banddagi maslahat taalluqli. Agar bola qo‘rqmasa, yuz berayotgan narsalarni “spektakl” sifatida qabul qiladi. Balki, yana qilig‘ini takrorlashni istab qolar.
  • Uyat. “Uyat emasmi”, degan gaplar. Uyat bu ijtimoiy mezon bo‘lib, u tarbiyaviy maqsadlarda samarali bo‘lsa ham, bola kattaroq bo‘lganidan keyingina ta’sirli bo‘lishi mumkin. Go‘dak uchun bu oddiy so‘z xolos.

Maqolamiz boshida ko‘p hollarda bu chegarani tekshirish ekani haqida yozgandik. Albatta, agar bola oilada bunaqa munosabatni ko‘rmagan bo‘lsa. Agar uning o‘zini urishsa yoki ota-onadan kimdir ikkinchisiga qo‘l ko‘tarishi mumkin bo‘lsa, unda vaziyatni o‘zingizdan o‘zgartirishni boshlang.

© Generation.uz nashri