Bola nega duduqlanadi?

Duduqlanish bolalar orasida ko‘p tarqalgan kasallik. Men shu yerda qattiq qo‘rqqandan duduqlanib boshlaydigan bolalar haqida ma’lumot bermoqchi edim. Bir yoshda tilga kirib boshlagan bola 3 yoshga yetmasdan ota-onaning qattiqqo‘ligi, bolani qo‘rqitishi yoki qorong‘i xonaga qamab qo‘yishi (tarbiyalash uchun) sababli bola nutq ravonligini yo‘qotadi va duduqlanib gapira boshlaydi.

Eslatib o‘taman. Bosh miyada nutq uchun javob beradigan 7 ta markaz bor. Bu markazlar 7 yoshgacha rivojlanib va shakllanib boradi. Shuning uchun ham duduqlanish 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarda ko‘p uchraydi. Demak, shu yoshgacha bo‘lgan bolalar bilan juda ehtiyot bo‘lib muloqotda bo‘lish, rivojlanib kelayotgan nutq markazlariga jiddiy ziyon yetkazadigan xatti-harakatlarga aslo yo‘l qo‘ymaslik kerak.

Bolani kim davolaydi?

Agar bolada qo‘rqish sababli duduqlanish rivojlangan bo‘lsa, uni pedagog-psixolog va logoped ko‘rikdan o‘tkazadi va davolaydi. Agar bolada nutq buzilishlari bosh miya kasalliklari (oligofreniya, bosh miya jaroxatlari va h.k.) sababli rivojlangan bo‘lsa, uni nevropatolog ( neyropsixolog) yoki tibbiy psixolog davolaydi. Bu yerda ham logoped (defektolog) davolash jarayonida albatta qatnashishi kerak. So‘zlarni to‘g‘ri talaffuz qilishni faqat logoped o‘rgata oladi. Bolani maktab yoshiga yetmasdan davolash zarur. Aks holda duduqlanib gapiradigan bola maktabga qatnay boshlasa, tengdoshlari unga “soqov” deb laqab qo‘yadi va bolada boshqa ruhiy jarohatlar rivojlana boshlaydi.

Prof. Ibodullayev Z.R.
«Asab va ruhiyat» kitobi.

Mavzuga aloqador maqolalar:

1 ta savol

  1. men 15 yoshda man duduqlanib gapiraman shuning davosi bormi?

So‘rov qoldirish

Sizning emailning chop etilmaydi.To‘ldirilishi zarur qatorlar * bilan belgilangan *

*