Bodom ‘suti’ — siydik haydovchi vosita

Bodom mag‘zi tarkibida ko‘p miqdorda  B1 va B2 vitaminlari, qand, oqsil va boshqa moddalar bor . Xalq tabobatida shirin bodom mag‘zining qand bilan aralashtirilgani darmonsizlik , nafas qisish , bosh aylanish va yo‘talga davo sifatida ishlatiladi . Achchiq bodomning musallas bilan qo‘shilgani eshakemini davolashda , asal bilan aralashtirilgani esa toshma yaralarini quritishda davodir . Bodomning sirka bilan omixta qilingani zamburug‘li kasalliklarga qarshi vosita hisoblanadi . Qariqiz o‘simligining ildizini bodom moyiga qo‘shib damlab , so‘ngra boshqa surtilsa , sochning to‘kilishi anchagina kamayadi . Moyi ajratib olingan shirin bodomning turupi teriga qo‘yilsa , uning rangi tiniqlashib , latif va chiroyli bo‘ladi . Shirin bodom moyi yoki mag‘zi suvga obdon ezib aralashtirilsa , bodom «suti» hosil bo‘ladi . Tayyorlangan bodom «suti»dan ichilsa , beozor siydik haydovchi omil bo‘lib xizmat qiladi . Shirin bodom moyidan bolalarga surgi dori qilingan. Qizamiq chiqqan bolalarga chuchuk bodom urug‘i po‘chog‘ining qaynatmasi ichirilgan.
Avitsenna.uz sayti orqali mavzuga aloqador quyidagi maqolalrni ham o‘qishingiz mumkin:

So‘rov qoldirish

Sizning emailning chop etilmaydi.To‘ldirilishi zarur qatorlar * bilan belgilangan *

*