Bodom soch to‘kilishini oldini oladi

O‘simlik tasviri: ra’noguldoshlar oilasiga mansub, 40 ta turi bor. Bo‘yi 7-8 metr. Ildizi chuqur bo‘ladi. Shu sababli issiqlikka bardosh bera oladi. Barglari lansetsimon, o‘tkir uchli, ketma-ket o‘rnashgan. Gullari oq yoki pushti rangda. Mevasi tuxumsimon, quruq, po‘st bilan o‘ralgan, danakli meva. O‘zbekistonda 4 ta yovvoyi va 1 ta madaniy turi o‘sadi.

Qo‘llaniladigan qismi. Urug‘i va uning moyi.

Tarkibi va ishlatilishi. Urug‘i tarkibida 45-62 foizgacha moy, 20 foiz oqsil, 2-3 foiz saxaroza va boshqa birikmalar bo‘ladi. Achchiq bodom urug‘ida bunga qo‘shimcha 2.2-4 foiz, ba’zan 8 foizgacha amigdalin glikozidi bo‘ladi.

Ishlatilishi. Tabobatda bodom urug‘ining maydalanganiga asal, shakar bilan aralashtirilgani darmonsizlik, nafas qisishi, bosh aylanishi va yo‘talga davo sifatida ishlatiladi. Achchiq bodomning musallas bilan qo‘shilgani eshakemini davolashda, asal bilan omuxta qilingani zamburug‘li kasalliklarga qarshi vosita sifatida qo‘llaniladi.

Qariqiz o‘simligining ildizini bodom moyiga qo‘shib damlab, so‘ngra boshga surilsa sochning to‘kilishi kamayadi. Bodom «suti» (shirin bodom moyi yoki mag‘zi suvga ezib aralashtiriladi) ichilsa, beozor siydik haydovchi bo‘lib xizmat qiladi. Shirin bodom moyi yosh bolalarga surgi dori hisoblanadi. Qizamiq chiqqan bolalarga chuchuk bodom urug‘i po‘chog‘ining qaynatmasi ishlatilgan. Achchiq bodom urug‘i va uning moyini ibn Sino qon tupurish, yutal, astma, o‘pka, buyrak va qovuq kasalliklarini davolashda hamda qovuqdagi toshni tushurishda ishlatgan.

Chuchuk va achchiq bodom moyi hamda chuchuk bodom urug‘I oziq ovqat sanoatida ishlatiladi.

Dori tayyorlash va foydalanish

  • Yarim stakan chuchuk bodom po‘chog‘ini danagidan ajratib, 2 stakan suvga solib qaynatib olinadi. So‘ng dokadan o‘tkazib qizamiq kasalligida bolaga chorak stakandan 3 mahal ichiriladi.
  • Bodom moyidan 1 osh qoshiq olib kuniga 2-3 mahal surgi dori sifatida ham ishlatiladi.

Hadya.uz nashri.

So‘rov qoldirish

Sizning emailning chop etilmaydi.To‘ldirilishi zarur qatorlar * bilan belgilangan *

*