El sog‘ligi — yurt boyligi

Bionik linza: endi sizga ko‘zoynak kerak bo‘lmaydi

Kanadaning :Ocumetics Technology Corporation» kompaniyasi o‘zining «Bionic Lens» bionik linza nomli mahsulotining klinik sinovlari muvaffaqiyatli yakunlansa, bionik linza ikki yildan so‘ng ko‘z jarrohlar arsenalida paydo bo‘lishi mumkin. Bionik linza o‘z egasiga super ko‘z o‘tkirligini hadya qilishi ehtimoldan holi emas.

bionik linza

«Bionic Lens» – bu dinamik linza bo‘lib, kataraktal xirurgiyada qo‘llaniladigan murakkab operatsiya yordamida uni ko‘z sohasidagi gavhar o‘rniga qo‘yiladi. Linza o‘rnatilgandan so‘ng u har qanday masofaga sifatli va qoyilmaqom ko‘rish qobiliyatini tiklaydi. U siliar mushakka ulanadi va har qanday masofa fokuslanishi uchun o‘zini boshqaradi. Uni fokuslanishiga diapazoni oddiy gavharnikiga nisbatan ancha kengligi ta’kidlanmoqda. Bundan tashqari, uni ishlashi uchun oddiy gavharga sarflangan energiyani 100/1 qismi sarflanadi. Bu degani, bionik linza egasi kun davomida ko‘zni zo‘riqtirmasdan ish faoliyatini olib borishi mumkin.

Tasavvur qiling, siz o‘zingizdan 3 metr uzoqlikda bo‘lgan soatga qaraysiz va uni siz ravshan va detallarigacha aniq ko‘rasiz. «Bionic Lens» yaratuvchilari bu masofani ko‘zga zo‘riqishsiz 30 metrgacha uzayishini va’da bermoqdalar.

Bundan tashqari, juda yaqin masofalarda Bionic Lens o‘z egasiga o‘ta o‘tkir ko‘rish qobiliyatini beradi. Masalan, siz o‘z barmog‘ingizni ko‘z oldiga keltirsangiz, undagi teri hujayralarini ham ko‘ra olasiz.

Qiziqarlisi bionik linzalar kelajakda ularni modifikatsiyalashtirish va takomillashtirish imkonini beruvchi komponentlarga moslashtirish mumkin.

Masalan, ko‘z to‘r pardasiga telefon ekranini proyeksiya qilish, ko‘rish o‘tkirligini kuchaytirish, hatto ko‘zga dori quyish tizimini biriktirish – bu tizim glaukoma va boshqa ko‘z kasalliklarini davolashda ayni muddao bo‘ladi.

Doktor Gart Uebb (Garth Webb) — bionik linza bosh kashfiyotchisi va yaratuvchisining aytishicha, bionik linzani yagona kamchiligi – bu uning “yo‘qligi” bo‘ladi, chunki u o‘z egasiga juda ko‘p afzalliklar yaratib beradi. Lekin u foydalanuvchiga hech qanday noqulaylik tug‘dirmaydi.

Ushbu maqolani ham o‘qing:  Tadqiqot: Selfi bolalar bitlashining sabablaridan biri

Bu innovatsion bitta linzaning taxminiy narxi 3200 dollar. O‘zini hamma superfunksiyalariga qaramay, linza ko‘zni ko‘rish muammolarini absolyut hammasini bartaraf etmaydi. U daltonizm, oftalmik miopatiyani, ko‘z pardasi kasalliklarini va ko‘z nervi shikastlanishlarini davolay olmaydi.

Ammo u insonni umrbod kataraktadan, uzoqni va yaqinni o‘tir ko‘ra olmaslik dardidan xalos etadi.

Ushbu maqolani ham o‘qingizni tavsiya etamiz:Ko‘zni lazerli operatsiya qilishning qanday shartlari bor?

© Javlon Abdullayev.
Med-info.uz

Telegramdagi rasmiy kanalimizga a’zo bo‘ling!

A’zo bo‘lish
loading...

Fikr bildirish

Sizning emailingiz chop etilmaydi. To‘dirish zarur qatorlar * bilan belgilangan.