Beshinchi hakim — ochlik ( 25-qism )

Ochlik tibbiyotdagi eng qadimiy davo usullaridan biridir. U “Injil”da yetmish to‘rt marta takrorlanadi. Bu usul universal bo‘lib, undan yovvoyi xayvonlar keng foydalanadilar. Qadimiy tabobat kitoblarida ko‘rsatilishicha, tabiiy usulda davolanish ro‘yxatining boshida ochlik turadi. Ochlik qandaydir kasallik yoki dardni davolash vositasi emasligini aniq anglash lozim. Ochlikning maqsadi butun tana faoliyatini o‘zini-o‘zi sog‘lomlashtirishga, qayta qurish va yangilashga yo‘naltirishdan iboratdir. Yangilanish, bu ichki biologik faoliyatdir. Ochlik tanaga biologik hordiq beribgina qolmay sog‘lomlashtirish jarayonini o‘tashga xam ko‘maklashadi. Ongli kuzatuv yoki chuqur bilim bilan ta’minlangan ochlik salomatlikni ta’minlashdagi eng xatarsiz yo‘ldir.
Ochlik tanada shunday sharoitni vujudga keltiradiki, natijada badandagi butun hayotiy quvvat tozalanish va sog‘lomlashish uchun foydalaniladi. Ochlik tufayli tana o‘ziga o‘zi yordam beradi. Biz, ochlik ilmiga hayotini bag‘ishlagan va minglab marta och yurib ko‘rgan kishilar to‘liq ochlik davrida tana mujizasi nimalardan iborat bo‘lishini yaxshi bilamiz. U ichki muchalarning aql bovar qilmaydigan darajadagi ishchanligini ta’minlandi.
Qadimgi payg‘ambarlar ruhiy sog‘lomlashish uchun och yurganlar. Ular ochlik ma’naviy qobiliyatni o‘tkirlashtirishi va kuchaytirishini yaxshi bilishgan. Biz ko‘proq noto‘g‘ri foydalanayotgan jigar va ovqat hazm qilish muchalarini ochlik takomillashtiradi. Ochlik davrida buyrak sezilarli darajada o‘zgaradi va ochlikdan keyin samaraliroq ishlay boshlaydi. Shuningdek, ochlikdan sung barcha sezgi muchalari yangidan tiklanadi va ularning ishlash faoliyati yuqori pog‘onaga ko‘tariladi. Tanamizga boshqa birorta sog‘lomlashtirish usuli bunchalik ko‘p o‘zgarish olib kela olmaydi. Ochlikdan keyin qon aylanishi yaxshilanadi, hayotiy quvvat ko‘payadi, ozuqa yaxshiroq hazm bo‘ladi, chidamlilik va kuch ortadi. Ochlikdan keyin aqliy quvvat tana ustidan to‘liq nazorat o‘rnata oladigan darajada ko‘payadi. Ochlik ichki ruhiy poklanish yo‘lidir.

Mazkur kitobning elektron ko’rinishini tayyorlagan Islom.uz sayti mutasaddilariga o’z minnatdorchiligimizni bildiramiz!

So‘rov qoldirish

Sizning emailning chop etilmaydi.To‘ldirilishi zarur qatorlar * bilan belgilangan *

*