1
(2)

O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolar salomatligini muhofaza qilish” Qonuniga binoan davolash-profilaktik muassasalarda aholiga bepul tibbiy yordam ko‘rsatish kafolatlanadi.
Tibbiy yoki boshqa xizmatlar davlat tomonidan kafolatlangan ko‘lamdan oshsa, aholi ushbu xizmatlar uchun to‘lovni amalga oshiradilar.

  1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1998 yil 10 noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilish davlat dasturi to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq qo‘yidagilarga davlat tomonidan kafolatlangan bepul xizmatlar ko‘rsatiladi:

  • Sog‘liqni saqlash asosiy zvenosida tibbiy xizmat ko‘rsatish, birinchi navbatda qishloq aholisiga;
  • infeksion kasalliklarga qarshi aholini immunizatsiya va vaksinatsiya qilish;
  • ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan kasalliklarga, atrof muhitga zararli ta’sir ko‘rsatuvchi, tuberkulyozga chalinganlar, ruhiy kasallar, proffessional kasalliklarga, endokrinologik va onkologik kasalliklarga uchraganlarga;
  • bolalarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish va davolash (pulli kasalxonalardan tashqari);
  • 15-17 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlarni va harbiy chaqiriq yoshidagilarni(18-27), harbiy chaqiriq komissiyasining yo‘llanmasi bilan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish va davolash;
  • to‘g‘ruqqa yordam ko‘rsatish xizmati ( pulli muassasalardan tashqari);
  • Davlat davolash-profilaktik muassasalardai bemorlarni maxsus chigirmalar bilan davolash (invalidlarni, urush veteranlari, butunlay yetimlarni).

2.O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 2 dekabrdagi №532 farmoyishiga ko‘ra davolash-profilaktik statsionarlarda ovqatlanish (pulli kasalxonalar va bo‘limlardan tashqari) uchun to‘lovdan ozod etilganlar ro‘yxati keltirilgan, shuningdek ambulator davolash holatlarida dori-darmonlar ham bepul beriladi:
A. DPM statsionarlarida bepul ovqatlanuvchi bemorlar qo‘yidagilar hisoblanadi (pulli kasalxonalar va bo‘limlardan tashqari):

  • Onkologik kasalliklar;
  • tuberkulez;
  • ruhiy kasalliklar;
  • Maxsus muassasalardagi narkotik vositalar qabul qiluvchilar;
  • Moxov kassaligi;
  • Nurlanishdan jabrlangan bemorlar;
  • Infeksion kasalliklar;
  • sifilis;
  • OIV-OITS (SPID);
  • Reanimatsion chora-tadbirlar ko‘rishni talab qiluvchi bemorlar;
  • Anemiyadan jabrlanayotgan homilador ayollar;
  • Endokrinologik kasalliklar.

B. DPM statsionarlarida bepul ovqatlanish huquqiga ega bo‘lgan bemorlar qo‘yidagilar hisoblanadi (pulli kasalxonalar va bo‘limlardan tashqari):

  • Bolalagidan invalidalar;
  • Ota-onasiz yetim qolganlar;
  • I va II grupp guruh nogironlari;
  • 1941-1945 yillarda urush ishtirokchilari va ularning tengqurlari, nogironlar;
  • Ijtimoiy ta’minotga muhtoj yolg‘iz nafaqaxo‘rlar;
  • 1941-1945 yillarda urush mehnat fronti ishtirokchilari;
  • Chernobil AES halokatini bartaraf etishda ishtirok etgan shaxslar orasidagi nogironlar;
  • internatsionalist harbiylar;
  • bolalar va 17 yoshgacha bo‘lganlar;
  • harbiy chaqiriqqa chaqirilgan 18-27 yoshgacha bo‘lgan yoshlar.
Ushbu maqolani ham o‘qing:  Ko‘z jarohatlansa...

Aynan ana shu hukumat farmoni bilan davolash-profilaktika muassasalarida, aynan mijozning hohishi bilan ovqatlanish uchun to‘lovlar bekor qilinadi (nonushtadan tashqari). Ovqatlanishga to‘lashdan bosh tortish statsionarga bemorlarni joylashtirishdan bosh tortish ma’nosini anglatmaydi.

Ambulator davolashda qo‘yidagi bemorlar va shaxslarga bepul dori-darmonlar tarqatiladi:

  •  Onkologik kasalliklar;
  • tuberkulez;
  • lepra;
  • endokrinologik kasalliklar;
  • psixik kasalliklar;
  • VICH-yuqtiruvchi kasalliklar (OITS);
  • Yurak klapani protezi operatsiyasidan yoki boshqa organlar almashtirilgan holatlarda;
  • Boshqalar g‘amxo‘rligiga muhtoj yolg‘iz nafaqaxo‘rlar;
  • 1941-1945 yillardagi ikkinchi jahon urushi ishtirokchilari, shuningdek Chernobil AES avariyasini bartaraf etishda ishtirok etganlar;
  • Internatsionalist jangchilar;
  • Yadro maydonlari va boshqa yadro obyektlarida harbiy xixmatda bo‘lgan nafaqa yoshidagilar.

3.Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda tibbiy-sanitar yordam ko‘rsatishni yaxshilash uchun qishloq xo‘jaligi vrachlik punktlari tashkil etilgan bo‘lib, ularning barchasi zamonaviy tibbiy asbob-anjomlar bilan ta’minlangan bo‘lib, aholiga barcha tibbiy xizmatlar bo‘yicha bepul xixmat ko‘rsatadi.

4.Respublikada yagona tez xizmat ko‘rsatish xizmati tashkil etilgan bo‘lib, uning tarkibiga tez yordam ko‘rsatish ilmiy markazi, viloyat filiallari va bo‘limlari,Markaziy va viloyat kasalxonalari qoshidagi tez yordam ko‘rsatish xizmati bo‘limlari kiradi.
RNSEMP dagi barcha tez yordam va favquloddat holatlarda yordam ko‘rsatish tibbiy bo‘limlari da, uning viloyat filiallarida O‘zbeksiton Respublikasi aholisi uchun bepul xizmatlar ko‘rsatiladi.

5.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003 yil 26 fevralidagi №UP-3214 Farmoni bilan qo‘yidagi fuqarolar uchun Akademik V.V.Voxidov nomidagi urologiya, kardiologiya va mikroxirurgiya ixtisolashtirilgan jarrohlik markazi davlat byujeti asosida bepul xizmat ko‘rsatadi:

  • Yoshligidan nogironlarga;
  • Ota-onasiz yetimlarga;
  • I va II guruh nogironlariga;
  • 1941-1945 yillarda jahon urushida ishtirok etganlar va ularning tengdoshlari;
  • Nafaqa bo‘lmay turib hech qayerda ishlamayotganlarga;
  • 1941-1945 yillarda jahon urushining mehnat frontida xizmat ko‘rsatganlar;
  • Chernobil AES halokatini bartaraf etishda ishtirok etgan nogironlar;
  • Mustaqil boshqariluvchi idoralardan moddiy yordam oluvchi kakm ta’minlangan oilalar.
  • Hududiy sog‘liqni saqlash boshqarmalari tomonidan yuqorida ko‘rsatilgan chigirma oluvchi fuqarolarga yo‘llanma, ya’ni order.
Ushbu maqolani ham o‘qing:  Onanizm yoki masturbatsiya sog'liqqa qanday ta'sir ko'rsatadi?

Davomini o‘qish uchun