Bachadondan tashqari homiladorlik

Bachadon bo‘shlig‘i uchburchak shaklda bo‘lib, yuqoridagi ikki burchagida bachadon naylari (uzunligi 10-12 sm) joylashgan. Spermatozoidlar jinsiy a’zo orqali bachadon bo‘shlig‘iga tushadi, so‘ng bachadon nayiga o‘tib tuxum hujayra bilan to‘qnashadi. Urug‘lanish bachadon nayida ro‘y beradi. Ya’ni, urug‘langan tuxum hujayra bachadon nayining qisqarishlari tufayli bachadon bo‘shlig‘i tomon surilib boradi va mayin tukchalar bilan qoplanib, ko‘p xujayrali embrionga aylanadi. So‘ngra tukchalari yordamida bachadon shilliq pardasiga payvandlanib oladi. Xuddi shu vaqtdan homila shakllana boshlaydi.
Ko‘pincha tuxum hujayraning bachadonga qarab surilib kelishiga to‘sqinlik qiladigan o‘zgarishlar ro‘y beradi, ya’ni salpingit yuzaga keladi. Aynan shu to‘g‘risida akusher-ginekolog Ra’noxon Tojiboyeva «Sihat-salomatlik» jurnaliga o‘z fikrlarini bayon etgan.

Salpingit bachadon (fallopiy) nayiga turli mikrob (so‘zak, zaxm, sil infeksiyalari va boshqa)lar tushishi natijasida yuzaga keladigan yallig‘lanishdir. Infeksiya ko‘pincha bachadondan yoki qon va limfa orqali naylarga o‘tadi.
Dastlab bachadon nayining shilliq qavatlari, keyinchalik boshqa qavatlari ham zararlanadi. Shu tufayli bachadon nayi bekilib qolishi yoki chandiqlanishi mumkin.

Salpingit aksariyat hollarda bachadondan tashqari homiladorlikka sabab bo‘ladi. Bunda bachadon nayi yopiqligi uchun tuxum hujayralar oldinga surilmay, yo‘lini yo‘qotadi, oqibatda bachadon nayiga payvandlanadi.
Kasallik o‘tkir kechib, davolanmasa, surunkali tusga o‘tadi. Bemor ayol shifoxonaga yotishi, shaxsiy gigena qoidalariga amal qilishi, qattiq sovqotishdan saqlanishi va davolanish jarayonida infeksiyalar o‘chog‘ini yo‘qotadigan muolajalar olishi zarur.

Davolanish kechiktirilsa, yallig‘lanish kuchayib, tuxumdon va bachadon ortiqlariga ham o‘tadi. Ayrim hollarda bachadondan tashqari homiladorlik salpingitdan boshqa sabablarga ko‘ra ham ro‘y beradi. Masalan, bachadon ichi va atrofidagi o‘tkir yallig‘lanishlar tufayli bachadon naylari urug‘langan tuxum hujayrani bachadon bo‘shlig‘iga o‘tkazolmaydi. Buning natijasida tuxum hujayra bachadon nayining o‘zida, ba’zida esa tuxumdon yoki qorin bo‘shlig‘ida rivojlanadi.

Bachadondan tashqari homiladorlikka jinsiy a’zoning quyidagi kasalliklari sabab bo‘lishi mumkin.

  1. Endometrit (bachadon ichki shilliq qavati yallig‘lanishi);
  2. Bachadon fibromiomasi;
  3. Adneksit (tuxumdon va bachadon naylari yallig‘lanishi);
  4. Homiladorlikdan saqlanish uchun bachadonga yod eritmasi quyish;
  5. Infantilizm (jinsiy a’zoning yetilmay qolishi);
  6. Pelvioperitonit (kichik chanoq qorin pardasi yallig‘lanishi).
Ushbu maqolani ham o‘qing:  Bexterev kasalligi turlari, davolash usullari

Bachadondan tashqari homiladorlikning eng birinchi alomati jinsiy a’zodan qonli ajralma kelishidir. Qorin pastida simillovchi og‘riq turadi. Bemorda bo‘shashish va badanni muzday ter qoplashi kuzatiladi.
Kasallik belgilariga o‘z vaqtida ahamiyat berilmasa, bosh aylanishi va hushdan ketish hollari ro‘y beradi.
Ayol o‘z-o‘zicha davolanmasligi, qon to‘xtatuvchi dorilar ichmasligi va qorin sohasiga grelka yoki muzli xaltalar qo‘ymasligi kerak.
Bemorlar ahvolini faqat operatsiya yo‘li bilan yengillatish mumkin.  Jarrohlikdan so‘ng bachadondan tashqari homiladorlikka sabab bo‘lgan kasalliklarni bartaraf etish va davolash tavsiya etiladi.

Diqqat! Operatsiya qilingan ayol bir yilgacha homiladorlikdan saqlanishi, shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya etishi va turli yallig‘lanish kasalliklarini o‘z vaqtida davolab, tuzatishi zarur.

Maslahat shuki, to‘g‘ri va sifatli ovqatlaning. Shifokor tavsiyasiga ko‘ra E, A, B guruhi vitaminlarini qabul qilib turing.
Selderey, gulkaram, anor, baliq, sabzavot-mevalar, sut-qatiq mahsulotlari, tvorog iste’mol qilib turing. Organizm immun tizimi ishini mustahkamlang. Har kuni turli mashqlar bajaring, toza havoda ko‘proq sayr qiling. Har uch oyda ginekolog ko‘rigidan o‘tib turing.

Maqolani baholashni unutmang, iltimos!
1 baho2 baho3 baho4 baho5 baho

Loading...

Telegramdagi rasmiy kanalimizga a’zo bo‘ling!

A’zo bo‘lish
loading...

Tegishli maqolalar

16 ta izoh

  1. Bachadondan tashqari homiladorlik uzida aniqlanadimi? Menda og’riq bor lekn qon ketmadi. Bugun uziga tushgandim sheykada shish bor didi bu qanday kasallik?

    1. 29 февралда месичнигим келиши керак эди 16 кун утди лекин тест кисам чикмаяпти нимадан булиши мумкин

  2. 28 fevral kuni meschnim kegandi 6 — mart kuni test qildim Javobi yahwi chiqti 7-mart kuni uziga tuwkanimda 100% bachadonda homila yo’q didi genekoloka Borsam Hali bachadonga keb tuwmagan didi wunaqasi bo’liwi mumkunmi? Lekn qornim bir kunda 3-4 Marta Orib turadi

  3. mani mesichnigim 2 kun kam kam keldi ozi 7 kun toq bb kelardi belimda ogriq bor qornimam 2,3 marta orib orib qovoti test qisam och rangda chiqdi poloskasi uziga borsam yoq didi matkada suyuqlikam yoq didi homila bosa suyuqlik boladi didi orqasida genekologga testni korsatsam bor hozircha uzi korsatmidi divoti nima qisam boladi homilani aniqlashni boshqa yollariyam bormi

  4. Davolanish davrida kutilmaganda homilador bo’ldim lekin davolanish davrida bo’ldimi yoki keyin bilolmayapman bolaning salomatligidan havotirdaman

  5. assalom alekum manda bachadon nayida homila buldi operatsiya yuli bn 1ta nayi olindi buni oldinro bilish iloji bormidi UTT borganimda hali kurinmayabdi dgan nimaga wuni bachadon nayida ekanligini biliwmadi endi qanch muddatda homila buliwi mumkin…..

    1. Vagenalbey uzd ga tushmadizmi? XG garmon topshieganizdayam chiqardi tjrubada bola bulsa. Manda shunaqa buldi ikkaladigayam tushdim chiqdi operatsiya qilushdi. Agar homilam katta bumaganda homilamniyam turubaniyam olub qolushardi

  6. Xomildorlik belgilari qanday bilsa buladi quvuq qismimda sus ogriq bulyapti ishtaxam ham oldingiga nispatan kup yeyapman mesichchnigim 28 dekabrda kelgandi xomilador bulishim mumkinmi

  7. Bitta naychamni bola bòlib qolgani uchun olib tashlashdi bunisidan kista oldirganman men yana onalik baxtiga muyyassar bòlamanmi bitta qizim bor xudoga shukr

    1. Homilador bo’lishingiz mumkin, lekin homiladorlikni ginekolog bilan maslahatlashgan holatda oldindan rejalashtirishingiz lozim. Zarur deb topilsa, profilaktik davolanish o’tqazilishi mumkin.

  8. Men turmush qurganimga 2yildan otdi hali farzanli bolmadim. Men da kista paydo bolib qolyapti, bu ozi nimadan kelib chiqadi. yana tuhum hujayra yetilmaslihichi.

  9. Assalomu aleykum erim bilan birga bolgacha har qanday holda ham sperma qaytip tushyapti nima sabap bo’lishi mumkun nima qilsam bo’ladi

Fikr bildirish

Sizning emailingiz chop etilmaydi. To‘dirish zarur qatorlar * bilan belgilangan.

Close