Autizm — o‘ziga xos ruhiyat

Autizm (grekcha “autos” – “o‘zim” degan so‘z) – bu ruhiyatning o‘ziga xos holati bo‘lib, bemor tashqi olam, atrofdagilar bilan muloqot qilishni istamaydi. U yolg‘izlikni yoqtiradi. Yana bir xil xatti-harakat va shunday so‘zlarni takrorlaydi. Kasallikka doir “autizm” terminini fanga 1912 yilda E.Bleyler kiritgan.
Uning fikricha xasta odam o‘z olamida yashaydi. Fikrlashi boshqalarnikiga o‘xshamaydi. Ularning xatti-harakatlari real voqelik bilan bog‘liq emas. Bemorlarning harakatlarida hissiy kechinmalar asosiy o‘rin tutadi. Bu kasallik sindromi o‘g‘il bolalarda qiz bolalarga nisbatan ko‘p uchraydi. Kasallikning ilk belgilari uch yoshgacha kuzatiladi. Ba’zan klinik belgilar barvaqt aniqlanishi ham mumkin.

Autizmni davolash

Autizmni davolaydigan dori vositalari hozircha yo‘q. Lekin, uni oxirgi ma’lumotlarga qaraganda «Delfin ovozi» bilan davolash mumkin. Bundan tashqari ota-onalar pedagog, psixiatr, psixolog, pediatr bilan hamkorlikda bemor bolalar bilan barvaqt shug‘ullansalar ularning xatti-harakatlarini ijobiy tomonga yo‘naltirishlari mumkin. Shuningdek, ularga ko‘p narsalar o‘rgatishlari mumkin. Autizmga chalingan bemor bolalarni qanday bo‘lsa shunday qabul qilish kerak. Ular ham o‘ziga xos iqtidor egalari. Kattalar buni o‘z vaqtida aniqlab, ularni qo‘llab-quvvatlashlari kerak. Autizm kasalligi homila ona qornidalik davridayoq uning bosh miyasi rivojlanishida MOCOS oqsili yetishmasligi  sababli paydo bo‘ladi. Bu xastalikning irsiyat bilan bog‘liqligi hali to‘liq o‘rganilmagan. Amerikalik va fransiyalik olimlar guruhi bosh miya rivojlanishining ilk bosqichlarida hid sezishda ishtirok etadigan o‘zak hujayralarni o‘rganish zarur, degan xulosaga kelishdi. Chunki, burundan osonlik bilan olinadigan biopsiya surtmasi bu hujayralarni o‘rganishda bebaho usul hisoblanadi.

Autizm bilan og‘rigan bemorlardagi gen va oqsillarni sog‘lom kishilarnikidan farqlash uchun ham bu usul zarur hisoblanadi. Tadqiqotchilar 11 nafar bemorlarning 9 nafarida MOSOS oqsilini kodlovchi gen faoliyati buzilganini kuzatishdi. Bu oqsil yetishmovchiligi bosh miya faoliyatida muhim o‘rin egallaydigan sinapslarning kam hosil bo‘lishi va ko‘p miqdorda anomal (nuqsonli) asab impulslari rivojlanishiga turtki bo‘lar ekan.

Soglom.uz nashri.

So‘rov qoldirish

Sizning emailning chop etilmaydi.To‘ldirilishi zarur qatorlar * bilan belgilangan *

*