3.8
(4)

Gripp kasalligini bilmaydigan, u bilan kasallanmagan odamlar oramizda juda kamchilikni tashkil qilishi aniq. Shu holatni hisobga olib, bugungi mavzuni aynan gripp kasalligiga bag‘shlaymiz. Gripp kasalligi shu nomli viruslar orqali kelib chiqadigan o‘ta yuqumli kasalliklar toifasidandir. Gripp virusini tasniflash biroz qiyin, sababi ular antigen tuzilishini vaqti-vaqti bilan o‘zgartirib turadi. Ya’ni, virusning turli xildagi turlari bizda kasallik qo‘zg‘atadi. Virusdagi bu holat har 10-18 yil ichida ommaviy gripp bilan kasallanishga, epidemiyaga, pandemiyaga sababchi bo‘ladi. Masalan, cho‘chqa grippi, “ispan” grippi.

Gripp asoratlari

Gripp viruslari odam, tovuq, dengiz cho‘chqasi va boshqa 30 dan oshiq hayvonlarga ta’sir etib uni zararlash xususiyatiga ega.

Infeksiya bemor aksirganda, yo‘talganda,gaplashganda atrof-muhitga, shu bilan bir qatorda sog‘lom insonga ham yuqadi. Aholining barcha toifasi (ayollar, erkaklar, bolalar, keksalar) gripp kasalligiga moyil bo‘ladi. Kasallikning yashirin davri bir necha soatdan 1-3 kungacha davom etadi. Virus yuqori nafas yo‘llarining (burun bo‘shlig‘i, halqumning burun va og‘iz qismi) shilliq qavatiepitelial hujayralariga kiradi. Yuqori nafas yo‘llariga bir dona virus tushsa, 8 soatdan keyin uning soni 1017 tagacha ko‘payadi. Bu sondan virus juda tezlikda ko‘payishi yaqqol ayon bo‘lib turibdi. Gripp virusi qonga tushgach immune tizim sustlashadi. Hamda,

  • Rinit – burun bo‘shlig‘i yallig‘lanishi;
  • Otit – quloqning yallig‘lanishi;
  • Bronxit – bronxlarning yallig‘lanishi;
  • Zotiljam — o‘pka to‘qimasining yallig‘lanishi;
  • Gaymorit;
  • Meningit;
  • Ensifalit kabi og‘ir yallig‘lanish kasalliklari kelib chiqishiga sabab bo‘ladi.

Shu o‘rinda bir jumlani ta’kidlab o‘tish joiz, ya’ni “Gripp xavfli emas, uning asoratlari xavfli!”. Yuqorida sanab o‘tilgan, asoratlar bu jumlani isbotlab turibdi. Bundan tashqari, gripp virusi asoratlaridan eng xatarlisi ko‘ruv, eshituv, ovoz a’zolaridagi o’zgarishlardir. O‘zgarishlar bora – bora ko‘rlik hamda karlikka ham olib kelishi amaliyotda isbotlangan holatdir!

Ushbu maqolani ham o‘qing:  Tonzillit sabablari, turlari va davolash

Amaliyotda gripp ta’sirining o‘lim bilan yakunlangan holatlari ham kuzatilgan. Faqat, bu holat ahyon – ahyonda “chaqmoqsimon” gripp o‘z ta’sirini organizmning immun tizimi himoyasini buzib o‘tgandagina yuzaga keladi. (Juda kam holatda)

Organizm gripp bilan kasallanganda bemorda:

  • Tana harorati ko‘tarilishi (38-39C, undan ham yuqori)
  • Holsizlik;
  • Et uvishishi;
  • Bosh og‘rishi kabi belgilar kuzatiladi.

Mavzuga a’loqador bo‘lgan, saytimizning “Bog‘lanish” bo‘limi orqali yo‘llangan savolaga ham shu o‘rinda javob berib o‘tsak.

  • Gripp virusiga qarshi emlash haqida ma’lumot bersangiz?
  • Gripp virusiga qarshi emlash mavsum boshlanishidan 1-1.5 oy oldin qilinadi. Organizmda esa 2-3 haftada gripp virusiga qarshi immunitet hosil bo‘ladi. JSST har mavsumdan oldin maxsus vaksinalar amaliyot uchun taqdim etiladi. Emlash, asosan, yosh bolalar hamda keksalarga tavsiya etiladi. Gripp virusiga qarshi emlash organizmni kasallikka chalinishdan saqlaydi!

Kasallikni davolashda virusning ko‘payishini va uning faoliyatini to‘xtatishga qaratilgan choralar ko‘riladi. Buning uchun bemorga interferon, immunomodulin beriladi. Remantadin, sulfanilamid, turli antibiotiklar ham kasallik og‘ir kechganda uning asoratlari yuzaga kelmasligi uchun tavsiya etiladi.

Yuqoridagi, tavsiyaviy harakterdagi dori vositalari tibbiyot xodimlari uchun ma’lumot sifatida taqdim etildi. Har bir shaxs individual xususiyatlarga egaligini hisobga olgan holda, reklamalar orqali taklif etilayotgan har bir dori vositasini qabul qilishdan oldin shifokor bilan maslahatlashishingizni Avitsenna.uz sayti nomidan qattiiy ravishda so‘raymiz.

Grippni davolashda Abu Ali ibn Sino kitoblarida keltirilgan tabiiy usullar haqida ushbu link orqali batafsil ma’lumot oling.