Askaridoz — xavfli kasallik

Askaridoz –  parazit chuvalchanglar ya’ni, askaridalar keltirib chiqaradigan kasallik. Bu chuvalchanglar odamning ingichka ichagida parazitlik qiladi. Askaridaning urg‘ochisi ichakda tuxum qiladi va bemor axlati bilan tashqariga chiqariladi. Tuxum tashqi muhitda yetilib, odam organzimiga ovqat, suv, iflos qo‘llar, yaxshi yuvilmagan sabzavot, mevalar, ko‘katlar orqali o‘tadi.

Askarida

Askarida

Kasallik asoratlari

Kasallik turli xil me’da-ichak buzilishlari (ishtaha pasayishi, qusish, kindik sohasida turli og‘riqlar, so‘lak oqishi, ich qotishi ba’zan ich ketishi) va asab tizimidagi o‘zgarishlar (asabiylashish, uyqu buzilishi, bosh og‘rig‘i va aylanishi) bilan namoyon bo‘ladi. Ba’zan organizmda askaridalarga qarshi allergik reaksiya kuzatilishi ham mumkin. Davolashda shifikor gelmentolog har bir bemorga individual yondashgan holatda muolaja tavsiya etadi.

Maqola Avitsenna.uz saytining «Ensiklopediya» rukni orqali e’lon qilinmoqda. Bu rukn orqali siz tibbiy atamalar, kasalliklar haqida ma’lumot olishingiz mumkin. Rukn har doim to‘ldirilib boriladi!

 

So‘rov qoldirish

Sizning emailning chop etilmaydi.To‘ldirilishi zarur qatorlar * bilan belgilangan *

*