Arterial gipertoniyaning qanday turlari farqlanadi

Arterial gipertoniya — 18 va undan katta yoshdagi aholining qariyb 20 foizida uchrashi aniqlangan. Katta yoshlilarda arterial gipertoniya bilan kasallanish ko‘payib borib, 60 yoshdan keyin 40 foizdan ortiq hollarda uchraydi. Arterial gipertoniya bosh miya insulti, yurakning ishemik kasalligi, shu jumladan, o‘tkir miokard infarktini keltirib chiqaruvchi eng jiddiy omillardan hisoblanadi. Yurak qon-tomir kasalliklaridan bo‘ladigan kasallanish va o‘limning 30 foizidan ortig‘i arterial gipertoniya bilan bog‘liq. Hozirgi davrda qon bosimining yuqorimi, pastmi, doimo bir xilda turishi «ishchi qon bosimi» deb yuritiladi. Bu degan so‘z kishi uni o‘zining o‘rtacha bosin deb bilishi lozim. Mabodo ana shu o‘rtacha bosim ko‘tarilsa, dori darmon bilan o‘z xoliga keltirish lozim, Ilgari bundan 1015 yil muqaddam bosim yuqori bo‘lsa, vrachlar darhol dori-darmonlar yordamida uni odatdagi normaga (120/60 mm ga) tushnrar edilar. Hozirgi vaqtda odamning qon bosin o‘ziga xos qancha bo‘lib turishi surishtiriladi, uning organizmi o‘rgangan bosimni tushirish tavsiya etilmaydi, o‘sha baland bosimga odamning hamma organlari moslashib qolgan bo‘ladi. Agar bu bosimni pasaytirish tavsiya etilsa, bemorning tinkasi qurib charchaydi, behol bo‘lib qoladi. Shuning uchun hozirgi vaqtda vrachlar dori-darmonlarni buyurishdan avval «kundalik o‘rtacha ko‘rsatkich bosimni» surishtirishadi.

Bu kasallik quyidagi hollarda kelib chiqadi:

  • buyrak kasalliklari (nefrit, piyelonefrit va h.k.);
  • endokrin kasalliklar (feoxromatsitoma, Kushing sindromi, gipertireoz, aldosteronizm va boshqa);
  • tomir kasalliklari (aorta koarktatsiyasi, buyrak yoki uyqu arteriyalari siqilishi (stenoz);
  • uzoq vaqt gormonlar (glyukokortikoidlar) qabul qilish;
  • homilaga qarshi dorilar qo‘llash

Hozirda arterial gipertoniya kasalligining darajasi Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tavsiyalariga asosan aniqlanadi. Bu mezonlar quyidagi jadvalda keltirib o’tilgan:

 Toifasi  SAB (mm.sim.ust)  DAB (mm.sim.ust)
 Optimal arterial bosim  < 120   < 80
 Me’yoriy   120 — 129   80 — 84
Yuqori me’yoriy   130 — 139   85 -89
Birinchi darajali arterial gipertoniya (Yengil)   140 -159   90 -99
Ikkinchi darajali arterial gipertoniya   160 — 179   100 — 109
 Uchinchi darajali arterial gipertoniya (Og’ir)   ≥ 180   ≥ 110
  Alohida sistalogik arterial gipertoniya   ≥ 140   ≤ 90

Bu kasallikni boshidan o’tqazayotgan bemorlar agar cheksa chekishni to‘xtatish, ozishi, parhez saqlashi, alkogol, tuz miqdorini cheklashi hamda muntazam jismoniy mashqlar qilishi lozim!

O’qib ko’ring:  Qon bosimi oshganda birinchi yordam ko’rsatish

So‘rov qoldirish

Sizning emailning chop etilmaydi.To‘ldirilishi zarur qatorlar * bilan belgilangan *

*