El sog‘ligi — yurt boyligi

Appenditsit – ko‘richak chuvalchangsimon o‘simtasining yallig‘lanishi

Appenditsit – ko‘richak chuvalchangsimon o‘simtasining yallig‘lanishi. O‘tkir va surunkali kechishi mumkin.

Appenditsit sabablari

  • Chuvalchangsimon o‘simta bo‘shlig‘ining yopilishi;
  • Infeksion kasalliklar (qorin tifi, tuberkulyoz);
  • Qabziyat;
  • Sistemali vaskulit;
  • Go‘shtli ovqat iste’mol qilish;
  • Pista (semechka) chaqish.

Appenditsit

Appenditsit belgilari

  • Kindik, qorin yuqorisida o‘tkir og‘riq, 2- 6 soatdan so‘ng o‘ng tomonga siljiydi;
  • Ko‘ngil aynish, qayt qilish;
  • Oshqozon faoliyati buzilishi;
  • Tez-tez siydik chiqarish;
  • Til oq karash bilan qoplanishi;
  • Tana harorati 38C gacha oshishi;
  • Taxikardiya.

Appenditsit

Appenditsit diagnostikasi

  • Qon umumiy tahlili;
  • Siydik tahlili;
  • Qorin palpatsiyasi;
  • Qorin bo‘shlig‘i a’zolari UTTsi;
  • Qorin bo‘shlig‘i a’zolari, o‘pka rentgenologik tekshiruvi;
  • Diagnostik laparoskopiya. Ayollarda ginekologik kasalliklarni istisno qilish uchun ginekolog ko‘rigidan o‘tish lozim.

Appenditsitni davolash

O‘tkir turida – operativ usulda operatsiya qilinadi.
Surunkali appenditsitda: Antibiotiklar, spazmolitiklar, fizioterapiyadan foydalaniladi.

Appenditsitda parhez

Quyidagilar man etiladi:

  • Yog‘li go‘sht va baliq turlari;
  • Qovurilgan ovqatlar;
  • Dudlanganlar;
  • Achchiq ovqatlar, ziravorlar;
  • Hamirli ovqatlar;
  • Tuzlanganlar;
  • Yog‘li pishloq va sut navlari;
  • Spirtli va gazlangan ichimliklar.

Appenditsit o‘z vaqtida davolanilmasa, quyidagi asoratlar berishi mumkin?

  • Qorin bo‘shlig‘i absesi;
  • O‘pka arteriyasi tromboemboliyasi;
  • Tos venalari tromboflebiti;
  • Peritonit;
  • Jigar absesi;
  • Darvoza venasi yiringli yallig‘lanishi;
  • O‘lim holatlari.

Kimlar bu kasallikka ko‘proq moyil bo‘lishadi?

  • Homiladorlar;
  • 10-12 yoshdagi bolalar;
  • Qabziyat kuzatilayotgan bemorlar;
  • Ko‘p miqdorda oqsilli ovqat qabul qiluvchilar.

Profilaktikasi

  • Qabziyat va oshqozon-ichak kasalliklarini vaqtida davolash;
  • Pista va danakli mevalar iste’molini cheklash;
  • O‘simlik kletchatkasini saqlovchi mahsulotlarni iste’mol qilish;
  • Ko‘p ovqatlanmaslik.

Telegramdagi rasmiy kanalimizga a’zo bo‘ling!

A’zo bo‘lish
loading...

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *