El sog‘ligi — yurt boyligi

Alstgeymer kasalligiga qarshi yana bir g‘alaba…

Isroillik olimlar davolab bo‘lmaydigan Alstgeymer kasalligini yengish uchun yana bir g‘alabali qadam qo‘ydilar. Ular tomonidan ishlangan dori — darmon miyadagi degenerativ o‘zgarish jarayonini butunlay to‘xtata olishi mumkin bo‘ladi.

altsgeymer

Hozirda preparat klinik sinovlardan oldingi sinovlaridan o‘tmoqda, preparatni kalamushlarda sinash natijalari olimlarda muvaffaqiyat umid uchqunlarini o‘yg‘otmoqda. Sinovlar natijalari haqidagi hisobotlarda ko‘rsatilishicha, kalamushlarni qariyb 100% bu og‘ir darddan xalos bo‘lganlar. Olimlar tomonidan yaratilgan ushbu dori vositasi oz dozalarda qo‘llanilganda ham yaxshi samara bergan.

Ommaviy axborot vositalari xabarlariga ko‘ra, dori vositasini test qilish uchun, sun’iy ravishda o‘stirilgan neyronlardan foydalanilgan. Ishlab chiqarilgan dori vositasini ozgina dozirovkasi ham Alstgeymer kasalligida kechadigan beta – amilod pilakchalari va oksidlanish stressi tufayli nerv hujayralarini buzilishini oldini olgan. Tajriba ostidagilarni kognitiv qobiliyatiga kelsak, u sog‘lom hayvonlarni ko‘rsatkichlariga yaqinlashdi.

Beta — amiloid pilakchalarga qarshi olimlar tomonidan kashf etilgan molekula kurashadi. Bunday pilakchalarni to‘planishi nerv xujayralari orqali informastiya o‘tish jarayoniga to‘sqinlik qiladi. Molekula pilakchalarni bo‘lib tashlaydi va bir vaqtni o‘zida Alstgeymer kasalligiga xos bo‘lgan neyronlar buzib tashlovchi faktorlardan himoya qiladigan spestifik oqsillarni faollashtiradi. Buni laboratoriya eksperimentlari natijalari ham tasdiqladi: oksidlanish stressi tufayli yoki beta – amiloid ta’sirida halok bo‘lishi kerak bo‘lgan bosh miya xujayralari o‘zgarmagan holda qoldi.

Tadqiqotchilar jamoasi rahbari, Bar – Ilan universiteti professori Bilxa Fisher so‘ziga qaraganda bosh miya hujayralari dori vositasini juda oz konstentrastiyasi bilan ishlaganda ham tirik qoldi. Kashf etilgan molekulani Bilxa Fisher Shveystariya armiyasiga o‘xshatdi: dori vositasi bir vaqtda bir nechta nishonlarga ta’sir qiladi va tezda bir nechta vazifalarni bajaradi.

Isroillik olimlar kashf etgan dori vositasi faqat klinik oldi tadqiqotlar stadiyasidan o‘tdi. Lekin uni kalamushlar ustidan o‘tkazilgan tajribalari yuqori samara ko‘rsatdi. Umid qilamizki, kashf etilgan yangi molekula nafaqat hayvonlarni balki odamlarni ham Alstgeymer kasalligidan saqlab qoladi.

© med-info.uz
«Medical News» channel

Telegramdagi rasmiy kanalimizga a’zo bo‘ling!

A’zo bo‘lish
loading...

Fikr bildirish

Sizning emailingiz chop etilmaydi. To‘dirish zarur qatorlar * bilan belgilangan.