Adisson kasalligi

Addison – adrenokortikotrop gormoni miqdorining oshishi bilan kechadigan, organizmga o‘zining immun hujayralari hujum qilishi natijasida yuzaga keladigan kasallik. Xalq orasida “Bronza kasalligi” nomi bilan yuritiladi.  U buyrak usti bezlari sili, gormonlar bilan uzoq vaqt davolanish, o‘smalar, OITS, zahm, buyrak usti bezlarining olib tashlanishi va ularga qon quyilishi oqibatida paydo bo‘ladi. Addison kasalligi juda tez rivojlanadi va tezda o‘tkir shakldan surunkali shaklga o‘tadi.

Addison kasalligi

Addison kasalligidan qoraygan qo‘l

Belgilar tezda oshkor bo‘ladi

Kasallik bemorda teri rangi qorayishi, tezda ozish, ishtaha pasayishi, arterial qon bosimining tushib ketishi, ko‘ngil aynishi, qusish, diareya kabi belgilar bilan namoyon bo‘ladi. Kasallik belgilari bemorning o‘ziga va uning yonidagilarga tezda bilinadi.

Davolash endokrinolog tomonidan to‘liq tashxis natijalari asosida olib boriladi.

Maqola Avitsenna.uz saytining «Ensiklopediya» rukni orqali e’lon qilinmoqda. Bu rukn orqali siz tibbiy atamalar, kasalliklar haqida ma’lumot olishingiz mumkin. Rukn har doim to‘ldirilib boriladi!

 

So‘rov qoldirish

Sizning emailning chop etilmaydi.To‘ldirilishi zarur qatorlar * bilan belgilangan *

*