Abu Ali Ibn Sino. Uch falsafiy qissa

Buyuk daho Abu Ali al-Husayn ibn Abdulloh ibn al-Hasan ibn Ali ibn Sino hijriy 370 (milodiy 980) yilda Buxoroning Afshona, hozirgi Isfana qishlog‘ida tug‘ilgan. U yoshligidanoq o‘tkir zehni va ilmga qiziqiishi bilan hammani lol qoldirardi. Ibn Sino An-Notiliy qo‘lida tarbiya oladi. U astronomiya, falsafa, matematika, fizika, kimyo, tibbiyot, mantiq, adabiyot, mineralogiya va boshqa fanlar bilan shug‘ullangan. 10 yoshida Qur’onni yod olgan, 16 yoshdayoq atoqli tabib bo‘lgan. U Buxoro amiri Nuh ibi Mansurni davolab, saroyning boy kutubxonasidan foydalanish huquqini qo‘lga kiritgan.
Ibn Sino 1002 yilda Buxorodan chiqib ketadi, Urganch, Obivard, Naso, Nishopur, Jurjon, Ray, Isfahon, Hamadon kabi shaharlarda bo‘ladi. U 1037 yilda (hijriy 428) 57 yoshida Hamadon shahrida vafot etadi. Mutafakkirning turli fanlarga oid 450 dan ortiq ilmiy asarlar yaratganligi ma’lum. Biroq bizgacha Ibn Sinoning 242 ta asari yetib kelgan. Shulardan 4 tasi adabiyotga, 5 tasi musiqaga, o‘ndan ortig‘ya astronomiyaga oid asarlardir.
Ibn Sino Sharqda «Shayxur-Rais», G’arbda esa «Avitsenna» nomi bilan mashhur. «Yusuf qissasi» Qur’on syujeti asosida yozilgan birinchi asar bo‘lib, ramziy-majoziy usuldadir. «Rasolat — at tayr» («Qush risolasi»), «Uyg‘oq o‘g‘li Tirik» («Hayy ibn Yaqzon») kabi asarlari ham ramziy-majoziy uslubda, «Salomon yea Ibsol» esa ishqiy-sarguzasht asardir. Ibn Sino shoir sifatida doston, qasida, g‘azal, ruboiy, fardlar yaratgan. Uning she’rlarida ilm-ma’rifatga da’vat, dunyo sirlarini bilishga intilish, yaxshi axloqiy xislatlarni egallashga chorlov asosiy o‘rin tutadi. She’riyatning nazariy masalalari uning «Musiqa ilmida katta to‘plam» asarida ham tadqiq etilgan. «She’r obrazli so‘zlardan iborat bo‘lib, ritmli, bir-biriga muvofiq iboralardan tarkib topgan hamda misralari bir-biriga teng, vaznlari takrorlangan, oxirgi tovushlar bir-biriga o‘xshash bo‘lib kelgan satrlarga aytiladi», — deydi Ibn Sino. U tibbiy yo‘l-yuriqlarni, ko‘rsatmalarni she’riy yo‘l bilan bayon etgan. Bular urjuzalar deb atalgan. Bung‘a sabab ularning rajaz vaznida yozilganidir.
Asarlari: «Kitob ash-shifo», «Donishnoma», «Kitob al-qonun fi-t-tib» («Tib qonunlari kitobi», 5 kitob, 14 jilddan iborat bo‘lgan), «Salomop va Ibsol», «Yusuf qissasi», «Risolat at-tayr» («Qush risolasi»), «Uyg‘oq o‘g‘li Tirik», «Tibbiy urjuza», «Faan ash-she’r» («She’r san’ati», she’r. ilmi, yunon she’riyatining tur va shakllari haqida), «Musiqa ilmida katta to‘plam» va boshq.

sino-1

QUSH HIKOYATI

Mening qaygʻularnimdan bir ozini eshitishga loyiq darajada quloq tutadigan birodarlarimdan birortasi bormikin?! Agar menga oʻrtogʻliq qilib, u shundan qilganida mening ba’zi ogʻirliklarimni koʻtarishga sherik boʻlardi. Shunda haqiqatan ham chin doʻst shod va gʻamgin paytlaringda oʻz dilini kuduratdan tozalab, sof doʻstlikni saqlab qololgan hisoblanardi.

Shundayligingni bilmay turib men seni qanday qilib koʻnglida kiri yoʻq, xolis doʻst deya olaman?

Agar doʻstlik savdo-sotiqqa oʻxshab, ehtiyoj talabiga qarab istalsa, unga zarurat boʻlmaganda nazarga ilinmay tark etilsa, unda qanday doʻstlik boʻladi? Doʻst oʻz doʻstini biron kulfat yuz bergandan oʻzga vaqtda hech ziyorat qilmasa, zarur boʻlib qolgandagina eslab, boshqa vaqt eslamasa, shu ham doʻstlik boʻldimi, axir?

Ey xudo, mayli, axir ilohiy yaqinlik birlashtirgan, oralarini oliy mehribonlik yaqinlashtirgan doʻstlar bor-ku! Ular haqiqatga tik qaraydilar, koʻngildan ifloslik va shak-shubha zangini ketkazadilar, ularni bir-birlari bilan, xolisanlilloh, doʻstlikdan boshqa hech narsa birlashtirmagan.

Ey, birodarlar! Haqiqatni yoyinglar, bahamjihat boʻlinglar. Ba’zilaringizni ba’zi narsalarni oʻrganishlaring va ba’zilaringizni ba’zi narsalar bilan kamol topishlaring uchun orangizdagi har bir kishi oʻz birodariga nisbatan dilidagi pardani xolis ochib tashlasin.

Ey, haqiqiy birodarlar! Kirpilar boshini ichiga tortgani kabi, siz ham boshingizni ichingizga torting. Botiningizni yuzaga chiqaring, zohiringizni esa, ichingizga oling. Xudo haqqi, botiningiz ravshan koʻrinib turibdi-yu, biroq sirtingiz yashirin.

Ey, haqiqiy birodarlar! Ilonga oʻxshab oʻz poʻstlaringizdan chnqinglar va qurtlar sudralib yurgandek sudralinglar. Dushmanga qarshi quroli dumida boʻlgan chiyondek boʻlinglar. Chunkn agar shayton odamlarni orqadan alday olmasa, u hech qachon aldashga muyassar boʻla olmaydi.

Ajal zahrini yutinglar, yashayajaksiz; oʻlimni sevinglar, tirik boʻlajaksiz. Qoʻnadngan uya tutmay, uchib yuringlar, chunki qushlarning ovlanadigan joylari inlaridir. Agar qanotsizlik parvoz qilishingizga toʻsqinlik qilsa, qanot oʻgʻirlanglar, maqsadga yetasiz. Uchishga kim mohir boʻlsa, oʻsha eng yaxshi fazilatli sanaladi. Qizitilgan toshlarni yutadigan tuyaqush boʻlinglar. Qattiq suyaklarni yutib yuboradigan ilondek, olovning ichida dadil yuradigan samandardek, yorugliqqa chiqmaydigan koʻrshapalakdek boʻling, chunki parrandalarning eng yaxshisi koʻrshapalakdir.

Ey haqiqiy birodarlar! Odamlarning botiri kelajakdagi mushkulotdan qoʻrqmaydi. Kamolga yetishdan chetlangan kishi odamlarning eng qoʻrqogʻidir.

Ey haqiqiy birodarlar! Farishta yomonlikka yuz tutsa yoki hayvonlar xunuk ish qilsa, ajablannsh kerak emas. Mabodo agar insonning vujudi aql bilan munavvar boʻla turib, shahvatlarga berilsayu bu yoʻlda oʻz insonligini yoʻqotib, toatini tark qilgan boʻlsa, bunday insonga ajablanish kerak boʻladi. Oʻlay agar, hech shak-shubha yoʻqki, odam farishtasi shahvoniy hislarni yoʻqotishda sobitqadamdir. Uning oyoqlari jimoga yurmaydi. Agar kishidagi insoniylikning yomonlikka tortadigan shahvatni qaytarishga qurbi yetmasa, u hayvondan ham past turadi.

Endi soʻz boshiga qaytaman. Buni men (Ibn Sino — A. I.) aytyapman.

Bir guruh ovchilar paydo boʻlib, tuzoqlar qoʻyib, toʻrlarini yoyishdi. Keyin ularga don sepib, oʻzlari oʻtlar orasida bekinib turishdi. Bu vaqtda men parrandalar galasi orasida edim. Shunda ovchilar bizni koʻrib qolib, qushlarga oʻxshab hushtak chalib chaqirishdi. Biz u yerda juda koʻp donlarni va oʻzimizga oʻxshash qushlarni koʻrdik. Koʻnglimizda bunda biron yomonlik bor, deb shubha ham tugʻilmadi, ikkilanib, u yerga borishdan tortinib ham turmadik. Biz oʻsha qushlar tomonga borishga shoshildik va hammamiz — toʻpimiz bilan birga tuzoqqa tushdik. Shu paytda halqalar boʻyinmizga oʻralishib, toʻrlar qanotlarimizga yopishar, oyoqlarimizga esa, tuzoqlar ilashar edi. Qutulishga shuncha harakat qilib koʻrsak ham, lekin baribir urinishimiz zoe ketdi, qiyinchilikdan boshqa narsani orttirmadi. Halok boʻlishga koʻzimiz yetdi. Oʻzimiz bilan oʻzimiz ovora boʻlib, ogʻayinlarimiz holidan xabar olish va qaygʻurishni ham unutib qoʻyibmiz. Hammamiz bir lahza qutulish yoʻlida hiylalar topishga bosh qotirdik. Hatto bu haqda oʻylab, oʻzimizning tuzoqda ekanligimiz ham esimizdan chiqib ketibdi. Tuzoqqa koʻnikib, qafaslarda orom oldik. Bir kuni toʻr orasidan bir gala qushlarni koʻrib qoldim. Ular bosh va qanotlarini toʻrdan xalos etib, qafaslardan qutulib uchib kelishar, oyoqlarida esa hamon tuzoq qoldiqlari osilib turar edi. Lekin bu qoldiqlar uchishga najot topishga toʻsqinlik qilmas edi. Toʻsqinlik qilmaganiga qaramay, uchib qutulish oson emasdi, tinchgina hayot kechirtirmas ham edi. Ana shu holat unutgan narsamni yodimga tushirdi. Shu bilan birga koʻnikib qolgan narsaning yomonligini ham koʻrsatdi. Boʻshayman, deb urinaverib, urinaverib, juda tavbamga tayandim hatto, hasratu nadomatdan kuyib, oʻlay dedim. Keyin men, zora ular menga yaqinroq keilib rohat topish yoʻlini koʻrsatsalar, degan umidda qafas ichida turib ularni chaqirdim. Axir qafasda uzoq turish meni qiynab yubordi-da. Ular ovchilarning hiylalarini eslashib, qaytanga mendan battar qochdilar. Keyin men ularga qadimgi doʻstligimiz va hammamiz bir guruhdanligimizni aytgach, ularning dillarida yana shubha paydo boʻldi. Men esa qasam ichib, gapimning rostligiga ularni ishontirdim. Shunday qilganimdan keyingina ular mening oldimga kelishdi. Men ulardan hol-ahvol soʻragan edim, shunda men mubtalo boʻlgan narsaga ular ham mubtalo boʻlganliklarini, keyin umid uzib shu uqubatga koʻnikib qolganliklarini gapirib berishdi. Soʻngra menga ham yordam qilishdi; boʻynimdan tuzoq, qanotlarimdan toʻrni uzoqlashtirishdi, qafas eshigini ochishdi. Keyin menga: «Gʻanimat bilib, qutulib qol!»—deyishdi. Men ulardan oyoqlarimni halqalardan ozod qilishlarini soʻradim. Ular: «Agar biz bundan ishga qodir boʻlganimizda, avval oʻz oyogʻimizni boʻshatib olgan boʻlardik, kasal tabib kasalni davolay olarmidi»,— deyishdi. Qafasdan chiqib, uchmoqchi boʻldim. Ular menga shunday deyishdi: «Sening oldingda juda koʻp buq’alar bor. Agar u buq’alar ustidan boʻlinib-boʻlinib oʻtmasak, qiyinchilikdan qutulolmaymiz, bizning izimizdan uch, biz seni qutqaramiz va senga toʻgʻri yoʻlni koʻrsatib yuboramiz».

Seroʻt, serhosil vodiy, yoʻgʻ-e, aksincha, quruq xarob vodiydagi bir yuksak togʻning ikki baland choʻqqisi oraligʻidan uchdik. Hatto vodiy orqamizda qolib, haligi togʻ choʻqqisiga yetdik. Birdan oldimizga qarasak, yana sakkizta baland togʻlar turibdi, bularning choʻqqilarini koʻz ilgʻamas edi. Shunda oramizdagi ba’zilar, bu togʻlardan tezroq, shoshilib oʻtib olmasak, biz hech omonlik topolmaymiz, deyishdi. Shundan keyin tez uchib, olti choʻqqidan oʻtib, yettinchisiga yetdik. Yettinchi togʻ chegarasiga kirgach, ba’zi qushlar, hech toqat qilib boʻlmayapti-ku, orom olasizlarmi-yoʻqmi?! Axir bu qiyinchiliklar tinkamizni quritdi-ku. Biz bilan dushmanlarimiz orasi uzoq boʻlib qoldi, badanlarimizga ham bir oz orom berishimiz kerak-ku, axir, dam olib-dam olib uchish toʻxtovsiz uchishdan koʻra najotga tezroq yetkazadi, deyishdi.

Shunday qilib, oʻsha togʻ choʻqqisiga kelib qoʻndik. Bunday qarasak, koʻz oldimizda hammayogʻi koʻm-koʻk, obod, mevazor, anhorlar oqib turgan bogʻlar turibdi. Uning ne’matlari oʻz koʻrinishi bilan koʻzlarni qamashtirib, fikrlarni hayratda qoldiradi. Quloqlaringga ashula kuylari, mungli nagʻmalar eshitiladi; na oʻtkir mushkda va na anbarda boʻlmaydngan hidlar dimogʻingga urilib turadi. Biz u bogʻ mevalaridan yedik, suvlaridan ichdik va to hordiq chiqquncha shu yerda turdik. Ba’zilar, shoshilaylik, chunki xotirjamlikdek aldanish, ehtiyotkorlikdek qutulish yoʻli va shubha qilishdek mahkam koʻrgʻon yoʻq, deyishdi.

Bu joyda gʻaflatda qolib, uzoq turib qoldik, orqamizdan dushmanlar izma-iz biz turgan joyni axtarib kelyapti. Garchi bu joyda turish biz uchun yaxshi boʻlsa ham, lekin bu yerda salomat qolishimiz qiyin. Shuning uchun, kelinglar, bu buq’ani tashlab, tezroq bu yerdan ketaylik.

Shunday qilib, hammamiz uchishga qaror qildik. U yerdan uchib, sakkizinchi toqqa yetib keldik. Bundan qarasam, choʻqqisi osmon bagʻrini yorib kirib ketgan baland togʻ, uning tevaragida qushlar uchib yuribdi. Men umrimda bunday xushnavo, goʻzal, xushsurat, dilkash qushlarni uchratmaganman. Ularning yoniga qoʻnganimizdan keyin, biz ilgari hech kimdan koʻrmagan va eshitmagan ehson, lutf va odamgarchilikni koʻrdik, samimiy yordamni his qildik. Hatto biz umr boʻyi urinsak ham, boringki, umrimizga bir necha bor umr qoʻshib berilganda ham, ularning bizga bergan yordamlarining kichik bir ulushini bajo keltirolmaymiz. Ular bilan tanishib boʻlgach, biz ularni oʻzimizga azob berayotgan voqeadan ogoh qildik. Shunda ulardan biri soʻzimizga e’tibor berib, «Mana shu togʻning orqasida bir shahar bor. Oʻsha yerda buyuk podshoh istiqomat qiladi. Har bir zulmdiyda unga sigʻinsa va tavakkul qilsa; uning qudrat va madadi bilan baxtsizlik undan yiroqlashadi»,— dedi.

Biz ularning ishorasiga binoan podshoh shahriga ravona boʻldik. Nihoyat uning dargohiga qoʻnnb, uning ruxsatiga muntazir boʻlib turdik. Keyin kirishga ruxsat berildi. Bizni uning qasriga olib kirdilar. Bundan qarasak, biz shunday saroyga tushib qolibmizki, uning kengligi va goʻzalligini tavsiflab berish qiyin. U sahndan oʻtganimizdan keyin keng va yaraqlagan yana bir sahn darvozasi ochildi. Bu sahnni koʻrganimizda bundan oldingi koʻrgan sahnimiz ham ancha torroq, hatto kichikroq ham koʻrindi. Nihoyat biz podshoh hujrasiga yetdik. Parda koʻtarilib, podshoh jamoliga koʻzimiz tushgach, unga koʻnglimiz tushib, hammamiz hushimizdan ketib, shikoyat qilishga ham qodir boʻlmay qoldik. Haytovur uning oʻzi bizning dardimizdan ogoh boʻlib, oʻz lutfi bilan hushimizga keltirdi. Nihoyat u bilan gaplashishga jur’at etib, unga oʻz kechmishlarimizni gapirib berdik. Keyin u aytdi:
— Oyoqlaringizdagi tuzoqni qoʻygan kishidan boʻlak hech kim yecholmaydi. Men ularga bir elchi yuboraman. U elchi sizlarni tuzoqdan qutqarishni ovchidan iltimos qiladi. Gap tamom. Shodu xurram boʻlib tarqalinglar.

Ana shundan soʻng biz elchi bilan birga yoʻlga tushdik.

Birodarlarnm podshohning goʻzalligi va uning dargohi haqida hikoya qilib berishimni mendan qattiq turib talab qildilar. Men uning vasfini qisqacha iboratlar bilan toʻla-toʻkis ta’riflab beraman: u podshoh shunday bir podshohki, qachon sen dilingga zavol aralashmagan bir jamolni, kamchiligi boʻlmagan bir kamolni keltirsang, undagi bor jamol va kamolga duch kelgan boʻlasan.

Haqiqatan ham har bir kamolot unda paydo, har bir nuqson, garchi majoziy boʻlsa ham, undan uzoq. Kamolning hammasi uning husni uchun yuz, ehsoni uchun qoʻldir. Kimki unga xizmat qilsa, u eng oliy baxtga erishadi. Knmki undan uzoqlashsa, dunyo va oxiratda ziyon koʻradi.

Mening qanchalar birodarlarim hikoyamni eshitib:
— Sening esing ogʻib qolibdi,— deyishdi.— Aqlu hushing uchib, devona boʻlib qolibsan. Xudo haqqi, sen uchmagan ekansan, balki sening aqling uchgan ekan, sen ovlanmagan ekansan, balki sening aqlu hushing ovlangan ekan. Kishilar qachon uchganu, qush qachon gapirgan! Goʻyo mizojingda safro gʻalaba qilganga, dimogʻingni quruqlik egallab olganga oʻxshaydi. Sen endi devpechak qaynatmasini ichib tur, suchuk suvli issiq hammomga vaqt-vaqti bilan tushib tur, nilufar yogʻini hidlab tur. Keyin yaxshi ovqatlarni tanlab, shoshilmay yegin, jinsiy aloqadan, uyqusizlikdan saqlan va kamroq fikrla. Axir biz ilgari sening aqlliligingni koʻrgan, sening fatonat va zakovatingga qoyil qolgan edik. Koʻnglimizdan tangring oʻzi ogohdir. Endi sening bu ahvolingni koʻrib, biz sendan ranjidik. Ahvolingga xalal yetgani sababli bizning ahvolimizga ham xalal yetdi.

Ularning gaplari qancha koʻp boʻlsa, foydasi shuncha oz edi; soʻzning eng yomoni amal qilinmay zoe ketganidir. Tangridan madad, odamlardan aybga buyurmaslikni soʻrayman. Undan boshqaga ishongan kishi oxiratda ham, undan avval ham zarar koʻradi. Zulm qilganlar kelgusida qaerga agʻdarilishlarini bilishadi.

avicenna

HAYY IBN YAQZON

Oʻz shahrimda turgan vaktimda uning atrofidagi sayilgoh joylarning birisiga oʻrtoqlarim bilan sayohat kilishga muvaffaq boʻldim. Biz oʻsha yerni aylanib yurgan vaqtimizda koʻzimizga bir nuroniy, yoshi ham anchaga borib kartayib qolgan, lekin oʻzi hali barvasta, tetik suyaklari ham susaymagan, hech bir a’zosi boʻshashmagan va xullas soch oqarishdan boshqa hech qarilik nishonasi boʻlmagan bir chol koʻrindi. Shunda mening u bilan gaplashishga havasim kelib, oʻzimdan-oʻzim uning pinjiga kirgim va u bilan yaqin boʻlgim kelib qoldi. Keyin oʻrtoqlarim bilan unga qarab ravona boʻldim. Unga yaqinlashgan chogʻimizda, u bizdan avval salom berdi va juda dilga yoqar, ma’qul gaplardan gapira boshladi. Gapga kirishib ketibmiz, hatto gap aylanib, uning hol-ahvoli, yoshi, hunari, hattoki uning ismi, nasabi, shahrini bilishgacha ham borib yetdi.

Keyin u javob berib aytdi:
— Ismim Tirik, nasabimga kelsak, Uygʻoq oʻgʻliman. Shahrim Bayt ul-muqaddasdir. Hunarim jahon tevaragini sayohat qilish va hatto olamning hamma tomonlaridan xabardor boʻlib yurishdir. Shu sayohatlarimda yuzimni otam tomonga qaratganman. U tirikdir. Men barcha ilmlar kalidini undan olganman. U menga olam chegaralariga olib boradigan yoʻllarni koʻrsatgan, sayohat qilish bilan hatto hamma iqlim ufqlari menga koʻrinib qoldi.

Ancha mahalgacha u bilan har xil ilm sohalarida masalalar aytishardik va ularning haqiqatini tushuntnrib berishni soʻrardik, nihoyat farosat ilmiga yetdik. Men uning bu ilmda shunchalik toʻgʻri fikr yuritayotganinm koʻrib, juda ham hayratda qoldnm. Negaki, u biz kelib toʻxtagan farosat ilmidan gap boshlab, mana shunday dedi:
— Farosat ilmi foydasi naqd boʻlgan ilmlardandir. Sen bu ilmni bilib olsang, u senga kishilarning oʻzlari yashirib yurgan fe’lu atvorlarini bildiradi. Mana shu farosatning bildirishi natijasida oʻz bilging bilan unga boylanib qolarsan, yo undan yuz oʻgirarsan. Farosat ilmi sening oʻzingni aslingda bor boʻlgan instinktiv yaratilmalaring, oʻzgartirilmagan tabiatlaringni koʻz oʻngingga keltirib qoʻyadi. Agar senga farosatning tuzatuvchi qoʻli tegsa, sen juda oʻtkir boʻlib ketasan. Agar seni bir aldoqchi yoʻldan ozdirib, tuzogʻiga tushira olsa, aldanasan.

Tevaragingdagi seni tashlab ketmaydigan bu kishilar sening yomon oshnalaringdirlar. Sen ulardan osonlikcha salomat qutulmaysan, ular senga fitna qiladilar. Seni ular fitnasidan faqat toʻla bir poklikkina saqlab qola olishi mumkin, xolos.

Ammo mana shu sening oldingda turgan ogʻayning esa, senn hayratga soluvchi, ezmadir. U yolgʻonni toʻqib chiqaradigan va qalbaki ishlarga usta bir uydirmachidir. U yoʻl ozigʻi berilmagan kishilarning senga keltirgan xabariga oʻxshagan xabarlarni keltiradi. U xabarlarning haqiqatini uydirma bilan bulgʻandi, rostni yolgʻonga qorishtiradi. Tagʻin u sening josusing va aygʻoqchingmi? Senga ma’lum boʻlmagan va sendan uzoq boʻlgan narsalarning xabarlarini senga u shu yoʻl bilan keltiradi. Sen buning rostini yolgʻondan ajratish bilan, soxtadan chinni farq qilish bilan, xato pardalar ortidan toʻgʻrilarini saylab olish bilan sinalasan. Senga bunday qilishdan boshqa chora yoʻq. Goho baxt qoʻlingni tutib, adashuv muhitidan qutqaradi, goho uning bergan xabari seni hayratda qoldiradi, goho yolgʻon seni aldaydi.

Mana bu oʻngingdagi oshnang esa, senn yoʻldan urishga juda ham chogʻlangandir. Agar u bezovta boʻlib qoʻzgʻalib qolsa, uni nasihat qilish bilan toʻxtatib va yumshoqlik bilan bosib boʻlmaydi. U xuddi quruq oʻtinga tushgan oʻtday yo bosib kelayotgan selday, yo mast tuyaday va yo qasd oladigan sherday, uning jnlovini tutib boʻlmaydi.

Mana bu soʻlingdagi oshnang esa, oʻlguday iflos, ochopat, vujudi bilan shahvatga berilgan kishidir. Uning qornini tuproqdan boʻlak hech narsa toʻldirolmaydi, ochligini gard, changdan boʻlak hech narsa yoʻqota olmaydi. U oʻlguday yaloqi, xoʻranda, yutoqqan, mechkay va yamloqdir. U rosa ochiqtirib, keyin axlatga qoʻyib yuborilgan toʻngʻizga oʻxshaydi.

Ey, miskin! Bu oshnalaringga sen shunday bogʻlanib qolgansanki, ular va ularga oʻxshaganlarning oyogʻi hech ham tegmagan mamlakatga chiqib ketib, ulardan qutulmasang, boshqa hech narsa seni qutqarolmaydi. Lekin hozir ulardan ajralishning vaqti ham emas, qochib qutulishing ham qiyin. Endi qoʻlingni ulardan uzun qilib yur. Sening hukming ular hukmidan ustun kelsin. Sen oʻz tizginingni ular qoʻliga tutqazib qoʻyishdan yoki ularning oʻzingga yetakchi boʻlishlaridan saqlan. Qaytangga ularga yaxshi tadbir qoʻllab, ustun kelishga harakat qil. Shunda sen ularni toʻgʻri yoʻlga boshlagan boʻlasan. Agar sen qattiq tursang, ularni oʻznngga qaratasan, ular esa seni oʻzlariga qarata olmaydilar. Sen ularni egallab olasan, ular seni egallay olmaydilar. Bu oʻrtoq va ogʻaynilaring haqida sening uchun eng yaxshi hiyla va tadbir shuki, laganbardorlik bilan muomala qiladigan bu kaltafahmga aldanishdan iborat gʻazab aralash oshiftalik va qiyin ishni uchratsang, u badxulq bilan bu kaltafahmning boshiga yaxshilab urib sindirasan, shunda uning martabasnni juda pasaytirgan boʻlasan. Ammo mana bu ochkoʻzga u to tangriga katta qasam ichib, seni ishontirmagunigacha unga moyil ekanligingni bildirma. Agar u qasam ichib, inontirsa, inon, uning senga keltirayotgan xabari rost-yolgʻon aralash boʻlsa ham eshitishdan qochma. Shunda sen uning xabarlaridan aniq va isbotlashga loyiq boʻlganini yoʻqotmagan boʻlasan.

Shunday qilib, u chol, menga ogʻaynilarimdan gapirib, ularni menga tavsiflab berganida oshnalarim haqida bilgan narsalarini, rost, deb qabul qilishga shoshildim. Axir, men uni imtihon qila boshlaganimda, soʻragan kishim ular haqidagi xabarlarning toʻgʻrisini menga aytib berdi-da!

Men mashaqqat tortib, ular bilan shugʻullana boshladim. Goh mening qoʻlim ulardan, goh ularning qoʻli mendan baland kelardi. To ajralish payti kelgunga qadar bu oshnalarim bilan yaxshi qoʻshnichilik qilishim uchun tangridan yordam tilayman.

Soʻngra bu choldan zoʻr bir orzu va ishtiyoq bilan sayohatda rahnamolik qilishini istadim. U menga aytdi:
— Sen va senga oʻxshash kishilar mening sayohatimdek sayohat qilmoqchi boʻlishsa, bunga yoʻl berkdir. U sayohat yoʻli senga va senga oʻxshashlarga ham berkilgan. Yakkalanish senga baxt-saodat bagʻishlamasmikin?! Baxt uchun belgilangan vaqt bor; sen u vaqtdan oldin baxtga erisholmaysan. Sen ba’zi vaqtlar qoʻnim aralash sayohat qilishga va ba’zi vaqtlar ular bilan birgalashnb turishga koʻnik. Juda ishtiyoq bilan sayohatga chiqqaningda sen men bilan birga boʻlasan. Shunda sen ularni oʻzing bilan birga olmay, tashlab ketarsan. Agar sen u oshnalaringga moyil boʻlsang, ular tomonga borarsan; to ulardan yuz oʻgira olishliging muyassar boʻlgungacha mendan aloqangni uzib turarsan.

Shunday qilib, gap har bir iqlim ahvolidan, toʻla bilgan va eshitgan xabarlaridan soʻrashga kelib yetdi. Shunda u menga aytdi:
— Yer chegarasi uchtadir: birn Xofiqoni deb aniqlangan chegaradir. Bu chegaraning haqiqati ma’lum. U haqda ketma-ket ochiq va ajoyib xabarlar kelib turadi. U ulugʻ narsalarni oʻz ichiga olgan, yana ikkita ajoyib chegara bor: biri Kunbotar, boshqa biri Kunchiqardir».

Bularning har birida bittadan mamlakat bor. Bu ikkalasi oraligʻi bilan nnsonlar olami oraligʻini ajratib turgan chegara bor. U chegaradan xudo tomonidan, asli yaratilishda oʻtish layoqatini kasb qilgan, maxsus odamlardan tashqari, hech kim oʻtolmaydi. Bu chegaralardan oʻtishda turgʻun hayot chashmasi yonida sharillab oqib turgan chashmada choʻmilish foyda beradi. Agar sayohatchi oʻsha chashmaga yoʻl topsa, unda yuvinib, toza boʻlsa va uning shirin suvidan ichsa, u vaqtda uning a’zolarida ajoyib bir quvvat paydo boʻlib, u bilan bu sahrolarni bosib oʻtishga qodir boʻladi. U Bahr ul-Muhitda choʻkmaydi. Qof togʻi uning yoʻlini toʻsolmaydi. Zaboniya ham uni jahannamga uloqtirib yubora olmaydi. Biz buloqni yaxshilab tushuntirib berishni soʻradik. U aytdi:
— Sen buni eshitgansan: Qutb tomondagi turgun qorongʻuliklarning holi senga ma’lum. Quyosh har yili ma’lum muddatgacha uni yoritishga qodir boʻlolmaydi. U qorongʻuliklarga kirgan va ulardan tortinmagan kishi, nurga toʻlgan cheksiz bir boʻshliqqa yetib boradi. Shunda, unga, eng oldin, balandlikka qarab, daryo boʻlib sharillab oqayotgan chashma koʻrinadi. Kimki bu chashmada choʻmilsa, suvda choʻkmay, yengil yuradi; togʻ choʻqqilariga qiynalmay chiqib, nihoyat insoniyat olamndan ajralgan oʻsha ikki chegaraning biriga erishadi. Mamlakatimiz Magʻrib chegarasidan uzoq boʻlgani uchun chegara haqida gapirib berishini soʻradik. Shunda u aytdi:
— Magʻribning eng uzoq joyida katta va issiq bir dengiz bor. Uni tangri kitobida «Aynan hamiatan» issiq chashma deb yuritiladi. Quyosh uning yaqinnga botadi. Bu dengiz cheki yoʻq keng bir xarob mamlakatdan boshlanadi. U iqlimga turli tomondan gʻariblar kelib, uni obod qilib turadilar, xolos. Uning yerlarini doimiy qorongʻilik qoplab olgan, u yerga boradigan koʻchmanchilar quyosh botganda kerak boʻladi, deb oʻzlari bilan birga bir ozgina nur ham olib boradilar. Uning yerlari shoʻr tuproqdir. Bu yerga kelib qoʻnib qolganlar oʻzlari uchun u yerni obod qilib, ariqlar qaziydilar, binolar qurib, koʻchatlar ekadilar. Boshqa birovlar imorat soladilar, keyin u binolar qulaydi, uni yana tiklashadi, yana buzadilar.

Bu yerning odamlari oʻrtasida doimo janjal, hatto urishlar ham yuz berib turadi. Qaysi bir toifa zoʻr kelsa, boshqa toifaning uylarini egallab oladi. Shu bilan birga bu zoʻr kelganlar uy egalarini u yerdan majburiy ravishda koʻchirib yuboradilar. Ular oʻz yerlarida qolishni istashsa ham, xoʻrlanishlari bunga yoʻl qoʻymaydi. Bularning odatlari shudir, bundan qaytmaydilar. Bu iqlimga har xil jonlilar keladi, unda oʻsimliklar oʻsadi. Lekin bu yerga kelib qaror topgan jonlilar, bu yerning oʻtlogʻidan oʻtlab, bahramand boʻlib yursa va suvidan ichsa, suratlaridan ancha uzoq (ya’ni oʻxshamagan) bir tusga kirib qolib, oʻz suratlari esa pardalanib qoladi. Shunda u mamlakatda insonni jonivar terisi bilan yopilganini va uning ustida qalin oʻtlar bitishini, shu bilan birga, qolgan hamma narsalarning holi nima kechishini koʻrasan. Bu iqlim xarob bir jon boʻlib, yerlari shoʻrob, serfitna, serjanjal, sergʻalayondir. Agar istalsa, yaxshilik va xursandchilik uzoq joylardan olib kelinadi.

Mana shu iqlim bilan sizning iqlimlaringiz oʻrtasida boshqa iqlimlar ham bor. Lekin osmon cheti kelib tutashgan joyiga yondosh mana shu iqlimning orqasida bir qancha narsalarda xuddi shu iqlimga oʻxshash yana bir iqlim bor. Ularning biri gʻarib va uzoq yerdan kelgan aholisidan boshqa hech kimsa yoʻq, kimsasiz, boʻm-boʻsh joydir. Bulardan yana biri, garchi biz yuqorida aytib oʻtgan nur derazasiga eng yaqin boʻlsa ham, nurni begona joydan oʻgʻirlaydigan iqlimdir. Bundan oldingi iqlim yerning asosi va qarorgohi boʻlganidek, keyingisi osmonlarning qarorgohidir. Lekin bu keyingi iqlimda obodonlik yoʻlga qoʻyilgan. Bu iqlimga kelib tushuvchilar orasida hech qanday kelishmovchilik yoʻq. Har bir xalq uchun tayinlangan ma’lum oʻlka bor. Ular ustiga hech kim gʻolib boʻlib bostirib kirmaydi. Obod qilingan joyning bizga eng yaqin qismida yashovchi xalq kichik jussali, serharakat kishilardir. Ularning shaharlari esa sakkizta boʻladi.

Unga yondashgan mamlakat ahllarining jussasi esa bulardan ham kichikroq, yurish-turishlari ogʻirroq boʻladi. Ular yozuv-chizuv va nujum, nayrangbozliklar, tilsimlar, nozik sinoatlar, yuksak ishlarni biladilar va shular bilan shugʻullanishga harakat qiladilar. Ularning shaharlari toʻqqiztadir. Bu mamlakat aholisi yoqimli, juda goʻzal boʻladi. Ular kayf-safoni juda ham yaxshi koʻrishadi, gʻamdan ozodlar, turli na’malarni latif qilib chalishadi, uning turli-tuman kuylarnnn bilishadi. Bir xotin ularga podshohlik qiladi. Ehson va yaxshilik ular uchun tabiiydir. Agar yomon narsa gapirilib qolinsa, undan nafratlanishadi. Bu xotin podshohning shaharlari sakkiztadir.

Unga tutashgan mamlakatda yashovchilarning jussalari katta, yuzlari suxsurdek; ulardagi xislatlardan biri shuki, ularning bir-birlari bilan tanishishlari juda ham foydasiz, yaqinlashish aziyatli boʻladi. Ularning shaharlari beshtadir.

Unga yondashgan mamlakatda dunyoda yomonlik qiladigan xalqlar joylashgan. Ular boʻgʻish, qon toʻkish, oʻldirish va oyoq-qoʻl kesishni yaxshi koʻradilar, oʻyin-kulgini sevadilar. Ularning kulfat keltiradigan qotil, uradigan, qirmiz yuzli, yoʻldan uruvchi podshoihi bor.

Bu qissa rivoyatchilarining aytishicha, bu hokim yuqorida aytganimiz chiroylik podshoh xotinga oshiq ekan, uning muhabbati buni oshifta qilib qoʻygan ekan. Ularning shaharlari yettitadir.

Unga yondashgan buyuk mamlakat ahllari iffat, adolat, hikmat va taqvoga berilgan, yaxshilikni qoʻlga kiritish uchun har tomonga borishga tayyor, uzoq va yaqin barcha kishilarga shafqat koʻrsatishga e’tiqodlidirlar. Bilgan va bilmaganlariga yaxshilik koʻrsatuvchilardir. Nafosat va goʻzallikda bularning tengi yoʻq. Bularning ham shaharlari yettitadir.

Unga yondashgan mamlakat aholisi esa chuqur fikr yurituvchi, yomonlikka berilgan xalqdir. Agar yaxshilik qilsalar, uni juda ham uddalaydilar. Bular biron-bir toifa ustiga yurish qilishsa, shoshgan kishi kabi emas, balki aqlli kishi singari tadbir koʻradilar; qiladigan ishlarida sabrdan boshqa narsaga asoslanmaydilar. Ularning shaharlari yettitadir.

Undan keyin, keng oʻlkali, koʻp imoratli katta bir mamlakat bor. Bu mamlakatning obod qiluvchilari koʻp. Xalqlari shaharlarda turishmaydi, sahrolarda yashashadi. Ularning turarjoylari oʻn ikki boʻlakka boʻlingan quruq yerdir. Ularning yigirma sakkiz qoʻnoq joyi bor. Ularning hech qaysisi boshqalarnning qoʻnogʻiga borishmaydi. Lekin old tomondagi uylardan biror toifa koʻchsa, ularning orqalaridan boshqa bir toifa borib, ularning joylarini darhol egallab oladi. Bundan oldingi mamlakatlarning xalqlari bu mamlakatga kelib-ketib turadilar.

Unga yana bir mamlakat yondashgan. Bu mamlakat ufqiga to ushbu vaqtgacha hech kim yetgan emas, payqagan ham emas. Unda na shaharlar bor, na qishloqlar.

Koʻz bilan koʻriladigan zotlar bu yerda turishmaydi. Bu yerni obod qilib turuvchilar ruhoniy farishtalardir. Hech bir inson u yerga tushmaydi. Bu mamlakatdan unga yondash boʻlgan mamlakatlardagilarga farmonlar tushib turadi. Buning orqasida obod joy yoʻq. Olamning Magʻrib deb ataladngan chap tomonndan bu ikki iqlimga yerlar va osmonlar tutashgan.

Agar undan Mashriq tomonga yuzlansang, senga bir iqlim koʻrinadi. Bu iqlimda na inson, na oʻt, na tosh bor. Faqatgina u keng bir sahro, suvi liq toʻla dengiz, jilovlangan shamollar, alangalangan oʻtdan iborat, xolos. Buni bosib oʻtsang, yuksak togʻli, oqar daryolar, gizillagan shamollar, yomgʻirli bulutlari mavjud bir joyga duch kelasan va u yerda oltin, kumush, qimmatli va arzon gavharlarning xil va turlariga ega boʻlasan. Lekin unda hech bir oʻsimlik yoʻq.

Bu yerdan oʻtgach, boshqa bir iqlimga borib qolasan. Bu iqlim yuqorida aytilgan joyda boʻlmagan narsalar bilan liq toʻla. Unda yer bagʻirlab oʻsadigan oʻsimliklarning barcha turi, mevali va mevasiz. donli va urugʻli daraxtlar bor. U yerda yuradigan va ovoz chiqaradigan jondorlarni koʻrmaysan, Undan oʻtib, boshqa bir iqlimga borib qolasan, tilsiz, suzuvchi, sudraluvchi, toʻgʻri uchuvchi va tugʻiluvchi hayvonlarning hamma turlarini koʻrasan. Unda senga ulfat boʻladigan kimsa boʻlmaydi. Unda koʻrgan va eshitganlaringni oʻqib olib, hamjinslaring olamiga qutulib chiqasan.

Agar Mashriq tomonga yoʻnalsang, quyoshni shaytonning ikki shoxi oʻrtasidan chiqishining shohidi boʻlasan. Chunki shaytonning ikkita shoxi bor: biri uchadi, biri yuradi. Mashriq tomonda yuradigan xalqlar ikki qabiladan iboratdir. Birining xulqi yirtqich hayvonsifat, boshqasining xulqi esa toʻrt oyoqli uy hayvoni sifatdir. Bular ikkovi orasida doim janjallar boʻlib turadi. Bularning ikkalasi Mashriqning soʻl tomonidadir. Uchadigan shaytonlarning joylari esa Mashriqning oʻng tomonndadir. Bular bir xil jinsdan yaratilmay, balki ularning har biri deyarlik bir-biridan ajratilgan holda, nodir koʻrinishda yaratilgandir. Ularning ba’zisi ikki xil, ba’zisi uch, boshqa ba’zisi toʻrt xil qilib uchadigan inson va choʻchqa boshli ilon kabi yaratilgan. Ba’zisi yarim odam va boshqa ba’zisi bir kafti inson qoʻliyu, boshqa hamma joylari hayvonlarning a’zosidan iborat. Rassomlar tasvirlaydigan suratlarning oʻsha iqlimdan olib kelinganligi haqiqatdan uzoq emas. Bu iqlimda gʻolib kelgan — podshoh bu yerda beshta chopar — aloqa yoʻli tashkil qilgan. Shuningdek, u oʻsha mamlakat uchun qurolxonalar qurgan va unga qurolli kishilar qoʻygan. Bular bu olam ahlidan kimki u yerga borib qolsa, uni shartta tutib oladilar va oʻzlariga yetgan barcha xabarlarni oʻsha orqali isbotlaydilar. Keyin asirlarni mamlakat eshigini tutib turuvchi oʻsha beshta choparning boshligʻiga topshiradilar. Asirlarda bekitib muhrlangan yozma xabarlar boʻladi, lekin undan mudir ham xabardor boʻlolmaydi. Bu mudirning vazifasi maktublarning barchasini podshohga bildirish uchun xazinachiga yetkazishdir. Asirlarga esa mana shu xazinachi qarab turadi. Ularning qurollari esa, boshqa xazinachiga saqlash uchun topshiriladi. Sizning olamingizdan asir olingan insonlar, hayvonlar va boshqalar oʻz suratlari bilan oʻsha turlarning biri boʻlib koʻpayadilar.

Bu ikkala shox oʻrtasidan bu iqlimingizga safar qiluvchi kishi nnsonlarning nafas yoʻllaridan kirib, hatto ularning qalblarining qora nuqtasigacha boradi. Ammo bu ikki yuruvchi shoxning yirtqich hayvon suratdagisi insonga uni qiynaydigan bir aziyat yetishini kutib turadi. Agar aziyat yetsa, uni boʻrttiradi va insonga vahshiylik qilish, oʻldirish, quloq-burunni kesib sazoyi qilish, azob berib qiynash kabi yomon ishlarni yaxshi qilib koʻrsatadi. U inson vujudida jabr qilish, zulm va ezish hislarini uygʻotadi, uni shunga moyil qilib tarbiyalaydi. Lekin bu ikki shoxdan boshqa bir shox esa inson bolasiga yomonlik, man qilingan ish, fisqu fujurlarni yaxshi qilib koʻrsatadi va shunga qiziqtiradi. Hatto uning yelkasiga minib oladi. Qiziqtirishda davom etib, nihoyat uni oʻsha tomonga tortadi.

Ammo u uchadigan shox esa, koʻzi bilan koʻrmaganni yolgʻondan koʻrdim, deb aldaydi, yaratilgan narsalarga ibodat qilishni tasvirlab beradi. Insonning diliga, oʻlgandan keyin qaytib tirilish yoʻq, oqibati yomonlik va yaxshilikni koʻrish ham yoʻq, bu mamlakatni yaratuvchisi ham yoʻq, deb inson qalbini qoralaydi, fikrini buzadi.

Bu ikkala shoxdan buyogʻini iqlimingiz ortidagi iqlim chegarasiga yaqin yer farishtalari obod qilishadi, farishtalarning yoʻl koʻrsatishi bilan u toifa toʻgʻri yoʻlni topib, dinsizlarning yoʻlidan chiqadilar, pok ruhlilar axloqiga ega boʻladilar. Bular agar insonlar bilan aralashsalar, ularga yomon xulqlarni oʻrgatmaydilar, yoʻldan ozdirmaydilar, insonlarning pok boʻlishlariga yordam beradilar. Ular jin va hinlardir. Kimki ushbu iqlim orqasiga yetsa, yer farishtalari turadigan bpr iqlimga boradi. Bular ikki tabaqaga boʻlinadi: biri oʻng tomondagisi boʻlib, bu biluvchi va buyruq beruvchidir. Roʻbaroʻsidagi, chap tomonda turuvchi tabaqa esa, buyruqni qabul qiluvchiga ishlovchilardir. Bu ikkala tabaqa goh jin va inson iqlimlariga, pastga tushadilar, goh koʻkka koʻtariladilar. Aytishlaricha, «xafazayi kiromi kotibiyn» shulardan emish. Bulardan oʻngda oʻtirib kuzatuvchisi esa, buyruq beruvchilardan boʻlib, yozdirish ishi shularning qoʻlida. Chapda oʻtirib kuzatuvchisi ishlovchilardan boʻlib, yozish ishi shuning qoʻlida. Bu iqlimga oʻtishga yoʻl topa olgan kishi osmonning narigi tomonidan qutulib chiqadi. Shundan keyin u eng oldingi yaratilganlarni koʻradi. Ularning barchasi itoat qiladigan yagona podshohlari bor. Chegaralarning birinchisida ulugʻ podshohlarining xizmatkorlari unga yaqinlashtiradigan amallarni qilib turadilar. Ular ochkoʻzlik, znqnalik, shahvoniy ish, zulm va hasad qilish hamda yalqovlik qilishga moyillik qilmaydigan pokiza zotlardir. Ular bu mamlakat atroflarpni obod qilish uchun qoʻyilgan vakillardir. Ular oʻsha yerda har narsadan ogoh boʻlib turadilar. Bular madaniy boʻlib, shaharlarda, baland-baland koʻshklarda, goʻzal binolarda turishadi.

Bu yerning tuprogʻi iqlimingiz tuprogʻiga oʻxshamaydi. Bu mamlakat oyna, yoqut va shunga oʻxshagan narsalardan ham qattiqroqdir. Ularning umrlari uzun va oʻlim ulardan yiroqlashtirilgan. Ular eng uzoq umr koʻradilar. Ularning vazifalari podshohlari bilan juda yaqin va juda yaxshi aralashish boʻlib, ular shoh majlisiga doim tayyor boʻlib turadilar. Podshoh xizmatini qilishni oʻzlariga xorlik deb bilishmaydi va qilayotgan ishlarini oʻzgartirishmaydi. Ularning oʻzlari shohga yaqin turishni istashadi. Shoh oliy majlisining davrasida oʻtiradilar va podshohdan ajralmaydigan boʻlib, uning yuziga qarash bilan baxtga erishadilar. Bularning tabiatlari goʻzallik va zehn oʻtkirligi, donolik, rostgoʻylik bilan yoqimlilik va yetuklik bilan ziynatlangan. Ularning har biri uchun alohida-alohida joy ajratilgan, darajalarn ham tayin, turar-joylari ham ma’lum chegaralar bilan belgilanib qoʻyilgan. Ular bu darajalarda turib, bir-birlarining oʻrinlarini tortib olmaydilar va boshqalarning ishlariga aralashmaydilar ham. Ularning har biri boshqasidan yuqori boʻlib, oʻzganing ishiga aralashmaydi, oʻzini undan kamsitishni ep koʻrmaydi.

Podshohning bitta eng yaqin kishisi boʻlib, u ham boʻlsa ularning otasidir. U kishilar oʻsha otaning farzandi va nevaralaridir. Bu ota orqali ular podshohning buyruq va farmonlarini olib turadilar. Ularning ajoyib xususiyatlaridan biri shuki, ularning tabiatlari pir boʻlib, tez keksayishmaydi.

Ularning otasi esa, garchi ulardan kattaroq boʻlsa-da, ulardan ham kuchga toʻla, koʻrinishi ham yoshroqdir. Ularning hammalari sahroda turishadi. Hamma narsa yetarli, kamchiliklari yoʻq. Podshohlari esa, ulardan ham ehtiyojsizdir. Kimki uni biror irqqa taalluqli deb bilsa, u adashadi, kimki unga loyiq maqtovlar bilan maqtay olaman desa, bekorlarni aytibdi. Uning vasfini qilishga kishining kuchi yetmaydi. U biror narsaga oʻxshatilishdan uzoq. Chunki oʻxshatish boʻlak bir narsaga qiyoslash bilan boʻladi. Unda boʻlsa, bunday a’zolar yoʻq. Shu sababdan butun vujudi oʻzining husni uchun chehra, saxiyligi uchun qoʻldir. Uning husni barcha goʻzalliklarni yoʻq qilib yuboradigan darajada boʻlib, uning karami oldida barcha nafis karamlar chippakka chiqadi. Agar bu podshoh atrofida xizmatda boʻladiganlarning birortasi fikr qilib, uni koʻraman desa, hasratida koʻzdan mahrum boʻladi va shu koʻyicha maqsadga yetmay qaytadi. Uning jamoli oʻz husnini pardasidir, oshkoraligi uning yashirinligiga, nur sochishi bekikligiga sababdir. Xuddi quyosh ozroq niqoblanganda, ochilishi koʻproq talab qilinganidaydir.

Quyosh nuriga sinchiklab qaramoqchi boʻlinganda, nuri nuriga parda boʻlib qoladi. Bu podshoh oʻz kishilariga koʻrinib turadi, ularga oʻzini koʻrsatishga baxillik qilmaydi. Kimki uni koʻra olmas ekan, buni oʻz mulohazasining yetishmasligidan deb bilsin. U koʻp yaxshilik, xayr-ehson qiladigan, moʻl narsa ato qiladigan dargohi keng, barchaga baravardir. Kimki uning jamolidan bir ozgina bahramand boʻlsa, uni har holda taniydi. Bir koʻz ochnb yumguncha ham undan koʻzini ololmaydi. Agar insonlar u tomonga hijrat qilib tursalar, uning fazilatlaridan oʻzlariga kerakligini olishadi va bu iqlimingiz matoini bir pul qilishadi. Mabodo, uning huzuridan qaytishsa, oʻzlarining xohishiga qarab emas, balki majburan qaytishadi. Nihoyat Uygʻoq oʻgʻli Tirik qoʻshib qoʻydi:
— Agar, seni uygʻotish maqsadida qilgan bu hikoyam meni unga yaqinlashtirmaganda edi, men bu hikoya bilan mashgʻul boʻlmasdim va senga bu soʻzlarni gapirib oʻtirmasdim. Istasang menga ergash, seni unga olib borayin.

ibn sino

SALOMON VA ABSOL

Oʻtgan zamonlarda Salomon degan kishining bir ota va bir onadan tugʻishgan ukasi bor edi. Salomon ukasini oʻz oʻgʻliday tarbiyaladi va yurish-turishida nojoʻyalik topmay, unga odamlar biladigan va oʻrgatadigan hamma fanlardan ta’lim berdi.

Tangri unga goʻzal koʻrk va shaydoyi husn berdi. Bola balogʻatga yetgach, shayton yangasining koʻzini unga burib yubordi, ketidan koʻnglini ham unga bogʻladi. Xotin unga oshiq boʻlib qoldiyu, oʻz dardini nchiga sigʻdirishga chiday olmadi.

Bnr kuni Salomonga xotini shunday dedi:
— Ukang Ibsol, soʻzsiz, olijanob bola, u senga oʻz farzandingdek yaqin. Uning dinu diyonati ustivor, yaxshi xulqli qilib yetishtirding. Endi, uni mening oldimda, bolalaringga qoʻshib qoʻygin, ularga xulqu odob va yaxshi fe’l-atvorlardan oʻrgatsin.

Salomon, xoʻb, sen aytganday boʻladi, dedi.

Keyin Salomon Ibsolga har bir payshanba va juma kunlari yanga qasrga kelib turishni tayinladi. Bunda Ibsol biror shumlik borligini sezib qoladi va Salomonga shunday deydi:
— E, aka, men qayoqdayu, qasrdagi xotinlar qayoqda! Men bu ishni koʻngildagidek bajo keltirolmayman. Bolalaringga oʻzing bosh boʻlib, nazorat qilib tursang, zarur boʻlganda men ulardan xabar olib tursam, bu durustroq va yaxshiroq boʻlardi.

Ukasining bu gaplarini eshitgan Salomon ukasiga:
— Bu gaping durustku-ya, lekin yangang sen bilan xursand boʻladi,— dedi,— ochiq yuz bilan uning oldiga kirib tursang, u buni xush koʻradi. Shunday qilsang, senga u yaxshi iltifotlar qiladi, sendan xursand boʻladi. Koʻngli koʻtarilib, senga sovgʻalar beradi. Sen ham endi shoʻrtumshuqlik qilib, yangangdan oʻzingni olib qochmagin-da. Axir u seni oʻz bagʻrida katta qildi, sen bola eding, u senga onalik koʻzi bilan qaradi. Sen ham endi qoʻlingdan keladigan yordamingni ayamay, uni xursand qilgin-da.

Shunday qilib, voqea aytganday boʻlib, Ibsol yangasining xonasiga kirgach, qanchadan-qancha tillayu qnmmatbaho narsalar sochilib yotganini koʻrdi. Shayton xotinning bolaga boʻlgan muhabbatini yana ham oshirib yuborgan edi, xotin qaynisiga ustma-ust gavhar va durlar qadalgan ipaklik sarupolar qoʻydi.

Ayol oʻzini Ibsolga eng yaqin qilib koʻrsatib, bu harakatiga uni ishontirmoq uchun oʻzini vazmin tutib turdi, tiliga erk bermadi, zoʻrma-zoʻraki boʻlsa ham oʻzini tutib turishga urindi. Natijada Ibsol oʻzining aldanganiga farosati yetmay, xotinning xatti-harakatini samimiy deb bildi, unga mehribonlik qilayotganligiga shubha qilmadi.

Nnhoyat xotin uni bir necha marta shunday sinab koʻrib, xotirjam boʻlib, koʻngli joyiga tushgach, xilvatda unga dilidagi sirini ochib shunday dedi:
— E, Ibsol, tangrining taqdir qilgani boʻladi, men va sen yaratilishimizdan oldin, men seni sevishim belgilanib qoʻyilgan. Tangri taoloning taqdir qilgani shu. Rabb ul-olaminning taqdiridan qochib qutuladigan odam ham, qochadigan joy ham yoʻq.

Yangadan bu gaplarni eshitgan Ibsol hayron boʻlganicha, boshini quyi soldi. Qoʻlini tangridan berilgan va shu holga tushishga sabab boʻlgan chiroyli yuziga urib, endi nima qilsamikin, deb chuqur oʻyga choʻmnb qoldi.

Keyin u oʻzicha oʻylanib qolib aytdi: «Agar men uning talabiga ochiq-oydin buysunmasam, mendan burungi rostgoʻylarga xotinlar makr qilganidek, bu ham menga makr qilishi mumkin. Agar tangrim va akam ra’yiga qarshi ish qilib, xotinga shnrin soʻzlarimni aytsam, amalga oshmaydigan va’da ustidan chiqqan boʻlishimdan qoʻrqaman. E, tangrim, menga oʻzing yoʻl koʻrsat, kushoyish ber!»

Xotinning oldiga kirishni Ibsolning koʻngliga soldik. Shundan keyin xotin oldiga kirish fikri Ibsol xayolidan kechdi. Keyin Ibsol oʻziga-oʻzi shunday dedi: «Taqdir shu ekan, endi peshonamda yozilganidan boʻlak hech narsa boʻlmaydi».

Keyin xotinga qarab, tangrining taqdirini kutgin, balki u sendan bu fikrni kaytarar yoki boshqa biror ish qilishga menga yoʻl-yoʻriq koʻrsatar, dedi. E, tangrim, oʻzing kushoyish ber, oʻzing yarlaqa. U oʻzicha aytdi:

«E, tangrim, qalbimni ixtiyoringga topshirdim, uni oʻzing rozi boʻlgan narsaga barqaror qil. Bu dunyo va oxiratda mening yagona vakilimsan, iloyim sen xotinlarni mening ustimdan xoʻjayinlik qilishiga yoʻl qoʻyma!»

Ibsolning yuqorida, tangri taqdirini kutpb tur, deb xotinga aytgan gapi uning oʻylab qoʻygan hiylayu makrini buzgach, xotin birmuncha qizishdi va yigʻlamsirab qizargan koʻzlarini undan oʻgirdi. Xotin qaynisndan arazladi. Ibsol tagʻin xotin dod-voy solmasin uchun bu gap bilan oʻz muddaosini yashirdi va vaqti-vaqti bilan uning huzuriga kirib turadngan boʻldi. Buning natijasida xotnn bir qancha vaqt sabr qilib yurib, unga qaytib ginaxonlik qilmay qoʻydi. Bu bilan xotin goʻyo Ibsoldan tiyilganday boʻldi. Ibsol boʻlsa shunday boʻlganidan xursand boʻlib, tangriga shukurlar qilardi.

Koʻp oʻtmasdanoq xotin qalbn isyon qilib, Ibsol ishqi uni yana oʻziga tortayotganday boʻldi. Shu paytda, uning koʻngli chopib, Ibsol boʻyniga qoʻlini tashladi. Shunda Ibsol xotinni jerkib berdi; shu bilan Ibsol xotindan yuz oʻgirdi, xotin esa oʻz ishqida jafo chekib yurdi. Shu tariqa Ibsol xotindan bir oz uzoqlashdi, xotin esa noqulay holatga tushib katta-katta qasamlar ichdi va shunday dedi:
— Rostini aytsam, seni sinab koʻrmoqchi edim, undan boʻlak maqsadim ham yoʻq edi, yigitlikning eng avj paytida boʻla turib qilayotgan taqvoyingning sababini bilgani shunday qilgan edim, natijada, sening chinakam taqvodorligingga ishondim. Egamga qasam ichib aytamanki, bu koqeadan keyin qulogʻing xafa qiladngan narsani mendan eshitmaydi.

U shu daqiqada bir kunmas-bir kun oʻz qasamini buzishini va aldash niyati borligini yashirib turardi. Xotin eriga aytdi:
— Men ukang Ibsolni yigitlar ayni yetilayotgan paytda sinaladigan yoʻl bilan sinadim. Uni nomusli ekanini bilsam, singlimni olgin, deb aytmoqchi edim; singlim bilan birga juda koʻp sep ham yubormoqchi edim. Uni sinab koʻrib, ma’qul topdim, endi singlimni unga nikohlab bermoqchiman. Zora bu ish tangrimga xush kelib, doimiy osoyishtalik baxsh etsa.

Keyin xotin oʻz singlisiga kengashib aytdi:
— Agar sen oldingga kelgan Ibsoldek mehmoningga sevilib qolsang, menga ham u bilan birga boʻlishga ruxsat berasanmn? Men buni unga aytmayman, oʻzi ham sezmaydi. Men uni oʻzimga kerak boʻlgani uchungina senga tanlayapman. Agar xohlasang, shunga rozi boʻlasan, xohlamasang buni sendan qaytaraman, yana oʻzing bilasan.

Xotin kelib Ibsolga aytdi:
— Singlim uyatchan, hali er koʻrmagan, sen uni xursand qil, oldiga tim-qorongʻu kechada kir; to tanishib, bir oy oʻtmaguncha, undan bir ogʻiz ham soʻz soʻrama.

Xotin darrov snnglisi yotadigan joyga borib yotdi.

Ibsol, hali koʻnglidagi shubhasi ketmasdanoq, qorongʻu kechada xotin oldiga kirgan zahoti yanga uni bagʻriga bosishdan oʻzini tiyolmadi.

U: «Hey»,— deb qattiq baqirib yubordi, keyin unga aytdi:
— Agar sen uyatchan qiz boʻlganingda eding, er kishidan oldin talpinmasding, sen boshqa boʻlsang kerak.

Ana shu paytda chaqmoq chaqadigan tizma bulutlardan bir qismini paydo qildik. U bulut chaqmoq chaqib Ibsolga xotin yuzini koʻrsatdi. Ibsol norozi boʻlganicha u yerdan qochib chiqib ketdi.

Ibsol juda dovyurak, pahlavon yigit edi. U biron askar ustiga yurish qilganida uni nesu nobud qilmay qoʻymasdi. U askarlari koʻp lashkar ustiga bostirib kelganida ularni yer bilan yakson qilar, ularni tevarak-atrofga tumtaraqay qilmasdan qoʻymasdi.

Uning oʻzini dovyurak, xulqi atvorini raso va oʻzini esa yashirin ilmlarga oshno qilgan edik. U oʻsha yashirin ilmlarni ochdi.

Ibsol, xotin meni unutar, degan umidda akasi va yangasi dargohini bir qancha vaqt tashlab ketmoqchi boʻldi, keyin borib akasiga aytdi:
— Senga Mashriqdan tortib Magʻribgacha boʻlgan oʻlkalarni fath qilib, tangri dinini kofirlarga yoysam, nima deysan? Zora, tangrim menga yordam bersa.

Salomon ukasining gapini ma’qul koʻrib, rozi boʻldi.

Keyin Ibsol Qutb tomondagi oʻlkalarga yurish qildi. Undan keyin Sharq tomondagi oʻlkalarni bosnb olishga jazm etdi. U eng izzatli va eng kuchli xalqni qidirib borib, ular ustidan hukmdorligini oʻrnatmoqchi boʻldi. Keyin Qay oʻlkalariga, undan keyin to Chingacha boʻlgan, uning orqa tomonlariga va bu oʻlkaga yondash Hind oʻlkalariga yurdi. Keyin akasining oʻlkalari chegarasiga yetib, akasi egallayolmagan oʻlkalarni to Rofidongacha fath qildi. Keyin kemaga minib, dengizga tushadi. Keyin ortga qaytib, kunchiqish tomonga qarab yoʻl oladi. Qator orollarga duch keladi va qirgʻoq boʻylab yuradi. Shunday qilib, kunchiqish orollarini olib boʻlgach, yana boshqa tomonga burilib, u yerda ham oʻshanday ish qildi. Nihoyat, Humr oʻlkalariga yetib, dengizdan quruqlikka chiqadi va u ba’zi guruhlarni birin-ketin qoʻlga olish uchun ularning yerlarini axtaradi. Keyin Tayho choʻllarga kirib, to chuqur dengizga borguncha yoʻllarni ulardan tozaladi. Ular bilan urishib, podshohlarini asir oldi. Undan keyin sohil boʻylab chuqur dengizni Ahzomgacha yorib oʻtishdan oldin Sabta mamlakatlariga yoʻl oldi. U tekisliklarda toshqin boʻlib, undagi mamlakatlarni bosib oʻtdi. Keyin shimol dengizlari boʻylab sharq tomonga uzoq yoʻl yurdi va nihoyat, ketgan joyiga qaytib keldi. U oʻzicha, endi xotin meni unutgan boʻlsa kerak, hatto eslamasa ham kerak, deb oʻylagan edi.

Ibsol Hofiqonga ega qilganimiz Zulqarnayn podshohlarning eng avvalgisi edi. Soʻngra Ibsol akasining oldiga yoʻl oldi. Ibsol butun ufqni tim-qorongʻulik bosganda akasi oldnga qaytib keldi.

U akasiga aytdi:
— E, aka, senga fath qilib bergan oʻlkalarim koʻzimga tuproqdan ilashgan bir gardcha ham emas. Menga uni mutloq qadri yoʻq. Men fath qilgan mamlakatlarga ega boʻlgan toifa ahvolidan xabardor boʻlgan kishi yerni va yerda bor narsalarni nazar-pisand qilmaydi.

Xotin Ibsolning safardan qaytib kelganini eshitgach, ustomonlik qilib, quchoqlamoqchi boʻlib unga qulochini yozdi. Bu harakati bilan u goʻyo unga ishqivozlik qilmayotganday boʻlib koʻrinmoqchi edi.

Ibsol xotinga aytdi:
— Salom, tangrim seni pok saqlasin, menga yaqinlashma! Men oʻsha bilganing Ibsolman. Tangrim rabb ul-olamiyn oʻz panohida asrasin, barcha yomon kirdikorlarni oʻzi aritsin. Egamga tavakkul qilaman.

Salomon xonadoniga bobilliklardan dushman chiqib, ularning qoʻri qutlarini tugatadigan boʻldi. Ularning jazosini bermoq uchun akasi Ibsolni oʻsha tomonga yubormoqchi boʻlib, unga askar toʻplab berdi. Xotin esa Ibsolni unutib, unga yaqinlasha olmasligiga koʻzi yetdi. Natijada xotin Salomon askar boshliqlariga xazinadan pora berib, Ibsolni boshi berk koʻchaga kirgizib, dushmanga roʻpara qilishga va oʻzlari uning koʻziga koʻrinmay ketib qolishlarini tayinladi. Ibsol qochib ketishi mumkin boʻlgan har bir yoʻl dushman askarlari tomonidan toʻsib qoʻyilgan boʻlishi kerak edi. Xotin lashkarboshilarga shularni shart qilib qoʻydi; Ibsol askarlarga qarshilik qilmoqchi boʻlsa, ular uni qiyma-qiyma qilib tashlashlari kerak.

Xotin askarlarga nima buyurgan boʻlsa, ular oʻshani qildilar.

Agar biz uning boshidan baxtsizlikni koʻtarmaganimizda, qilichlar Ibsolni boʻlib tashlab, sogʻ qoʻymagan boʻlar edi. Ular Ibsolni qonga boʻyab tashlab ketishdi. U xoʻrlanib qoldi. Biz ularni Ibsol ahvolidan bexabar qoldirdik. Keyin ular ustiga juda ham ivitadigan yomonlik yomgʻirini yogʻdirdik. Unga vahshiy hayvonlarning eng gʻamxoʻri boʻlgan — oq kiyikni emizuvchi qilib yubordik. Kiyikning unga mehri kelib, Ibsol ogʻziga oʻz emchagini soldi va shunday qilib u birmuncha vaqt kiyikni emdi.

Ibsolning akasi dushmanlar tomonidan oʻrab olinib, uning hukmronlngi kuchsizlanib qolgan va ukasi Ibsolni yoʻqotganidan qaygʻu-hasratda rangi somon boʻlgan edi.

Ibsol oʻziga kelib, duch kelgan kishidan soʻrab-surishtnrib boshiga tushgan kulfatlardan ogoh boʻldi, uni qiyin ahvolga tashlab ketgan askarlar toʻdasining ketib qolganini bilgach, juda ham afsuslandi.
— E, tangrim, oʻzing menga koʻmak ber. Sen menga mehribonsan, menga bergan ne’matingni sanab tugatolmayman; menga cheksiz mehribonlik qilding!—deb tangriga nolidi, uning mehribonligiga shukrona bildirdi.

Shundan keyin u akasining oʻlkasi tomon yoʻl olib, nihoyat, akasiga dushman qoʻllari yetayozganda yurtiga yetib keldi. Shunda Ibsol akasiga mehribonlik qilib:
— Men ukang Ibsolman, sen giriftor boʻlgan baloni sendan daf qilishim va baloga toʻgʻanoq boʻlishnm uchun tangrim meni oldingga yubordi,— dedi.

Salomon Ibsolga parokanda boʻlgan qavmlarni kerakli oziq-ovqatlari bilan yigʻib berdi. Ibsol shahar chekkasiga, askarlar oldiga chiqib aytdi:
— Mana men, xizmatingizga tayyor oʻsha Ibsolman. Tangrim meni sogʻaytirdi. U eng karomatli va rahmdil. U va’dasiga eng sadoqatli va eng vafoli yordamchi va qodir, mehribon va shifo beruvchi. Har qanday maxfiy narsalar ham unga ayondir.

Ibsol odamlarining yuraklari dovlanib, dushmanlar bilan kurashish uchun toʻplandnlar, dillarida hech bir xavf qolmadi. Dushmanni oʻz yerlaridan surib chiqardilar, dushmanlar qochisha boshlagach, ularning roʻparalaridan chiqib qarshilik qildilar, nihoyat, ularni yengnb, ularga qattiq shikast yetkazdilar. Hali yetilmagan ekinlarni oʻrgandek qirib tashladilar.

Ibsol urushga shunday kirishdiki, oʻz qoʻli bilan hatto dushman toʻdalarnning ulugʻini asir qilib oldi. Keyin u Bobilga qarab yurdi. Bobil Ibsolga darhol muyassar boʻldi. Kon va boyliklarining hammasi Ibsol qoʻliga kirdi va hamma tomonlarga Ibsol ovozasi tarqab, shonu shavkati zoʻraydi. Ibsol sadoqatli, taqvodor va nomusli podshoh edi.

Shunday qilib, Ibsol oʻz akasi oldiga qaytib kelsa, xotin uni ochiq-oydin aldash payiga tushib, bu ishga qattiq kirishadi. Nihoyat, Ibsolni alday olmasligiga koʻzi yetgach, xotin endi hind sunbuli dorisidan yoki zarab ul azraqdan Ibsolga ichiringlar, deb oshpaz va dastyorga buyuradi. Ikkovi xotinning buyrugʻini bajo keltirib, unga miqdoridan koʻproq zahar ichirishadi. Bu tadbir sabrli kishilarni ham besabr qildi, koʻpchilikni musibatga choʻmdirdi. Bundan hatto yer titrayozdi; yer yuzidagi har bir jonli narsa Ibsolning halok boʻlishidan gʻamu hasratga tushib, hatto Ibsolning oʻzi egalik qilgan mamlakatlardagi va qilich bilan qoʻlga olgan yurtlardagi kishilar ham hasratlanib, bu ish sodir boʻlganidan gʻazabga kelishdi. Chunki Ibsol har bir jonlining nazarida eng olijanob, asl inson, bilim-ma’rifatli ulugʻ kishi timsoli edi.

Shundan keyin akasi butun qullarndan voz kechdi. U qullarini ozod qilib, ularga xuddi oʻz qarindosh-urugʻlaridek iltifot qildi…

Shunday qilib, tangri Salomonga bir hukm orqali xotinining bu qilgan ishini oshkor qildi. Natijada unga xotin, oshpaz, ovqat tashuvchilar tomonidan qilingan maxfiy ishlar ma’lum boʻldi. Ular zulm qiluvchi kishi uchun bizdagi bor boʻlgan azobu uqubatlarni bilmadilar. Ularning uchalasiga ham Ibsolga ichirilgandek hoʻplab zahar ichirildi. Ularning uchalasi ham oʻlib, oʻz joylaridayoq chirib ketdilar. Bundaylarning har bir qilgan ishlariga yarasha jazoimiz ham bor. Biz kichik va katta gunohlardan bexabar emasmiz. Aniq hisoblanmagan hech bir narsa yoʻq. Qaysi bir doʻstimizni huzurimizda bor hukmlardan istagani bilan imtihon qilsak, u sabr qilsa, shunga yarasha mukofotga sazovor boʻladi. Ozmuncha kishilar oʻldirilmaganmidi-yu, ozmunchasi shahid qilinmaganmidi?!

Har bir jon egasi uchun ma’lum muddat bor. Dahrga qazo chiqarishdan oldin biz har bir jon uchun ma’lum bir muddat oʻlchab berganmiz va buni qazo kitobida yozganmiz. Bu oʻsha oʻlchab bergan muddatdan ortiqcha boʻlmaydi. Endn rabbingga tavakkul qil! Rabbing sen eshitgan va bilgan kishilardan hech biriga qilmagan in’omlarini senga qilmadimi?! Sen oʻrganishing kerak boʻlgan har bir joyda haq nima ekanini ochib koʻrsatdi. Seni haq yoʻlga yoʻlladi va senga hamma yordamini koʻrsatdi[1].

1.Birinchi shaxsda nomidan aytilayotgan soʻzlar Tangri nomidan gapirilyati.

Abdusodiq Irisov tarjimalari

Xurshid Davron kutubxonasi (kh-davron.uz)

Abu Ali ibn Sinoning 1035 — yilligiga bag’ishlanadi.

So‘rov qoldirish

Sizning emailning chop etilmaydi.To‘ldirilishi zarur qatorlar * bilan belgilangan *

*