Abituriyentlar uchun foydali manbalar

Davlat test markazining saytida O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining 2016 yil 20 iyundagi 2-son bayoni va uning ilovalari e’lon qilindi. Mazkur ilovalarda joriy yilda oliy ta’lim muassasalariga hujjat topshirayotgan abituriyentlar uchun qimmatli ma’lumotlar o‘rin egallagan. Ular bilan birma-bir tanishtirib o‘tamiz:

 

  1. Ta’lim yo‘nalishlari ro‘yxati va test bo‘yicha ularga muvofiq keluvchi fanlar majmuasi

Ko‘pchilik abituriyentlarni qiziqtiradigan asosiy savollardan biri, bu o‘zi tanlagan va hujjat topshirmoqchi bo‘lgan ta’lim yo‘nalishida qaysi fanlardan imtihon bo‘ladi hamda qaysi biriga necha ball berilishidir. Ular yuqoridagi asoslarga qarab tayyorgarlikka kuchlarini taqsimlashadi.

Quyidagi manzildan shu haqida ma’lumot olishingiz mumkin:

http://dtm.uz/?mod=abituriyentlar-uchun-qo`llanma&elid=1467023610

Oliy harbiy ta’lim muassasalari uchun xuddi shu ma’lumot quyidagi manzilda bor:

http://dtm.uz/?mod=abituriyentlar-uchun-qo`llanma&elid=1467022773

 

  1. Test sinovlari bilan bir qatorda kasbiy (ijodiy) imtihonlar o‘tkaziladigan ta’lim yo‘nalishlari ro‘yxati

Ayrim ta’lim yo‘nalishlarida abituriyentlar nafaqat test imtihonidan o‘tishadi, balki kasbiy (ijodiy) imtihon ham topshirishadi. Kasbiy (ijodiy) imtihon topshirgan abituriyentlar 3 ta emas, 2 ta fandan imtihon topshirishlarini bilsangiz kerak.

Quyidagi manzilda bu haqida batafsil ma’lumot mavjud:

http://dtm.uz/?mod=abituriyentlar-uchun-qo`llanma&elid=1467022128

 

  1. Olimpiada fani va tanlovlar bilan oliy ta’lim yo‘nalishlari o‘rtasidagi kasbiy muvofiqlik

Xabaringiz bor, yurtimizda fan olimpiadalari o‘tkaziladi va unda respublikada dastlabki 3 ta o‘rinni egallagan o‘quvchilar OTMlarga imtihonsiz davlat granti asosida qabul qilinishadi. Xo‘sh, savol tug‘iladi, qaysi fandan g‘olib bo‘lgan o‘quvchilar qaysi OTMlarga imtihonsiz kira olishadi? Masalan, matematika fanidan olimpiada g‘olibi bo‘lsa, qaysi OTMlarga kirishga huquqi bor?

O‘sha savollarga quyidagi manzildan javob olishingiz mumkin:

http://dtm.uz/?mod=abituriyentlar-uchun-qo`llanma&elid=1467021531

 

  1. Harbiy tavsiyanomaga ega abituriyentlar uchun ikkinchi OTM sifatida belgilanishi mumkin bo‘lgan oliy ta’lim muassasalari

Harbiy imtiyozga ega bo‘lgan abituriyentlar hujjat topshirayotganda arizalarida ikkita OTMni ko‘rsatishlari mumkin va asosiy OTMga balli yetmay qolgan taqdirda, ikkinchi OTMda o‘qish imkoniyatini (agar balli yetsa) qo‘lga kiritishadi. Xo‘sh, ikkinchi OTM sifatida qayerlarni belgilash mumkin? Yoki istalgan OTMni tanlasa bo‘ladimi?

Albatta, yo‘q! Ikkinchi OTM sifatida tanlash mumkin bo‘lganlarning qat’iy ro‘yxati bor va o‘sha ro‘yxat mana bu sahifada berilgan. Shuningdek, ushbu sahifada ta’lim yo‘nalishlari va ta’lim tili bo‘yicha qabul kvotalari ro‘yxati ham keltirilgan.

http://dtm.uz/?mod=abituriyentlar-uchun-qo`llanma&elid=1467020777

 

  1. Oliy ta’lim muassasalarining bir ta’lim sohasiga tegishli ta’lim yo‘nalishlari ro‘yxati va test bo‘yicha ularga muvofiq keluvchi fanlar majmuasi

Ba’zi abituriyentlar sohani tanlaydi-yu, lekin qaysi ta’lim yo‘nalishga hujjat topshirish haqida boshlari qotadi. Masalan, iqtisodchi bo‘lishni niyat qilgan, lekin ushbu sohaning yo‘nalishlari ko‘p-ku. Menejment bor, marketing bor, moliya, bank ishi, soliqlar va soliqqa tortish, buxgalteriya hisobi va h.k.

Quyidagi sahifada bir ta’lim sohasiga tegishli ta’lim yo‘nalishlari ro‘yxati va ularga qaysi fanlardan imtihon bo‘lishi hamda necha balldan berilishi haqida ma’lumot mavjud:

http://dtm.uz/?mod=abituriyentlar-uchun-qo`llanma&elid=1467021319

 

  1. Ko‘p balli tizim bo‘yicha kasbiy imtihonlar hamda test sinovlari asosida amalga oshiriladigan  va o‘qitish tojik, qozoq, turkman va qirg‘iz tillarida olib boriladigan ta’lim yo‘nalishlari ro‘yxati

Yurtimizda ta’lim nafaqat o‘zbek, qoraqalpoq va rus tillarida, balki tojik, qozoq, turkman va qirg‘iz tillarida ham olib borilishi haqida xabaringiz ular. Mazkur tillarda o‘qitish olib boriladigan ta’lim yo‘nalishlarida faqat chet tili fanidan test bo‘ladi. Qolgan asosiy fanlardan esa ko‘p balli tizim bo‘yicha kasbiy imtihonlar, boshqacha aytganda og‘zaki imtihon bo‘ladi. Quyidagi sahifada o‘sha yo‘nalishlar ro‘yxati keltirilgan:

http://dtm.uz/?mod=abituriyentlar-uchun-qo`llanma&elid=1467021809

© Xushnudbek.uz

Maqola «Abituriyent-2016» loyihasi doirasida chop etildi. Loyiha yangiliklarini Avitsenna.uz saytidan tashqari «Telegram»dagi «AbituriyentUz» kanali orqali ham kuzatib borishingiz mumkin! Loyihaning asosiy sahifasiga o‘tish

 

So‘rov qoldirish

Sizning emailning chop etilmaydi.To‘ldirilishi zarur qatorlar * bilan belgilangan *

*