Abituriyent-2017

Bilasizki, 2017 yil 15 iyun sanasidan O‘zbekistondagi barcha oliy ta’lim muassasalarida qabul komissiyalari o‘z faoliyatini boshladi.

Qariyb ikki oy mobaynida O‘zbekiston yoshlari orasidagi eng ommabop mavzu aynan OTMlarga qabul qilish jarayoni bilan bog‘liq bo‘lishi shubhasiz! Aynan shu abituriyentlar orasida bo‘lg‘usi shifokorlar, bo‘lg‘usi tabobat xodimlari bo‘lishi ham hech kimga sir emas.

Bo‘lg‘usi shifokor va tabobat xodimlari respublikamiz OTMlariga hujjat topshirish masalasida ko‘mak berish maqsadida Avitsenna.uz sayti  «Abituriyent — 2017» loyihasini boshladi. Bunda tabiiy fanlar va tibbiyot yo‘nalishli OTMlarga hujjat topshirishni va kirishni maqsad qilgan abituriyentlarga qabul komissiyasi faoliyati bilan bog‘liq yangiliklar, ma’lumotlar, bo‘lajak talabalarga maslahat va tushuntirishlarni berib boriladi.

Agarda qabul jarayoni bilan bog‘liq savollaringiz bo‘lsa maxsus bo‘lim orqali savol yo‘llashingiz mumkin.

Bundan tashqari loyihaga oid yangiliklarni «Telegram»dagi maxsus «AvitsennaUz» kanali orqali ham kuzatib borishingiz mumkin!

Abituriyentlar tomonidan eng ko‘p so‘raladigan savollar

«Abituriyent-2017» loyihasi doirasidagi maqolalar:

Bo‘lim to‘ldirilmoqda…

Close