Abituriyent-2016

Bilasizki, 2016 yil 20 iyun sanasidan O‘zbekistondagi barcha oliy ta’lim muassasalarida qabul komissiyalari o‘z faoliyatini boshlaydi.

Qariyb ikki oy mobaynida O‘zbekiston yoshlari orasidagi eng ommabop mavzu aynan OTMlarga qabul qilish jarayoni bilan bog‘liq bo‘lishi shubhasiz! Aynan shu abituriyentlar orasida bo‘lg‘usi shifokorlar, bo‘lg‘usi tabobat xodimlari bo‘lishi ham hech kimga sir emas.

Bo‘lg‘usi shifokor va tabobat xodimlari respublikamiz OTMlariga hujjat topshirish masalasida ko‘mak berish maqsadida Avitsenna.uz sayti va Dnk.uz hamjamiyati o‘zaro hamkorlikda «Abituriyent  — 2016» loyihasini boshladik. Bunda tabiiy fanlar va tibbiyot yo‘nalishli OTMlarga hujjat topshirishni va kirishni maqsad qilgan abituriyentlarga qabul komissiyasi faoliyati bilan bog‘liq yangiliklar, ma’lumotlar, bo‘lajak talabalarga maslahat va tushuntirishlarni berib boriladi.

Agarda qabul jarayoni bilan bog‘liq savollaringiz bo‘lsa maxsus bo‘lim orqali savol yo‘llashingiz mumkin.

Bundan tashqari loyihaga oid yangiliklarni «Telegram»dagi maxsus «AbituriyentUz» kanali orqali ham kuzatib borishingiz mumkin! Telegram’dagi izlash bo‘limi orqali «AbituriyentUz» so‘zini qidiring va kanalimizga obuna bo‘ling!

Eng ko‘p so‘raladigan savollar:

OTM qabul komissiyasiga qachongacha hujjat topshirish mumkin?

OTM qabul komissiyasiga qachongacha hujjat topshirish mumkin?

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 18 iyundagi 118-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni qabul qilish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomining 12-bandiga asosan abituriyentlarning o‘qishga qabul qilish haqidagi arizalari oliy ta’lim muassasalari qabul komissiyalari tomonidan 20 iyundan 20 iyulgacha (shu kuni ham), O‘zbekiston davlat konservatoriyasi uchun 20 iyundan 15 iyulgacha qabul qilinishi belgilab qo‘yilgan. Shuningdek, Oliy harbiy ta’lim muassasalariga tanlash va qabul qilish tartibi hamda sanalari Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 3 iyundagi 141-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi oliy harbiy ta’lim muassasalariga tanlash tartibi va qabul qilish qoidalari to‘g‘risida”gi Nizomga muvofiq amalga oshiriladi.

Abituriyentlar qanday hujjatlar topshirishi kerak?

Abituriyentlar qanday hujjatlar topshirishi kerak?

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 18 iyundagi 118-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni qabul qilish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomining 12-bandiga asosan abituriyentlar oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etishi lozim:

  1. ta’lim yo‘nalishi, o‘quv tili va shakli ko‘rsatilgan holdagi ariza (arizada oliy ta’lim muassasasini tugatganligi yoki oliy ma’lumoti yo‘qligi, qaysi chet tilidan test topshirishi, harbiy tavsiyanomaga ega bo‘lganlar uning raqamini ko‘rsatishlari hamda test sinovlarini o‘tkazish qoidalari va javoblar varaqalarini to‘g‘ri to‘ldirish bilan tanishganligi ko‘rsatiladi);
  2. o‘rta ta’lim (11-sinf negizida) yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasini tugatganligi haqidagi hujjatning asl nusxasi;
  3. 086-U — shakl bo‘yicha tibbiy ma’lumotnoma;
  4. pasport (pasport yoshiga yetmaganlar uchun tug‘ilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma)ning nusxasi;
  5. 3.5 x 4.5 sm hajmdagi 6 dona rangli fotosurat; (ko‘pgina tibbiyot OTMlarining qabul komissiyasi tarkibida maxsus suratkashlar xizmati tashkillashtirilgan)
  6. mehnat daftarchasidan belgilangan tartibda tasdiqlangan ko‘chirma va ishlab turgan sohadan tavsiyanoma (maxsus sirtqi bo‘lim abituriyentlari uchun).

Tanlovdan tashqari o‘qishga kirish huquqiga ega bo‘lgan xalqaro va respublika olimpiadalari, tanlovlar va musobaqalar g‘oliblari asl nusxadagi tasdiqlovchi hujjatlarni topshiradilar.

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tab bo‘lgan fuqarolar harbiy qism qo‘mondonligining tegishli tavsiyanomasining aslini yuqorida ko‘rsatilgan hujjatlar bilan birgalikda taqdim etadilar.

Abituriyent tomonidan pasport (pasport yoshiga yetmaganlar tug‘ilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma) hamda harbiy xizmatga aloqadorligi haqidagi hujjat qabul komissiyasiga shaxsan ko‘rsatiladi. Ko‘rsatib o‘tilgan hujjatlar mavjud bo‘lganda oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasi abituriyentning hujjatlarini qabul qilishni rad etishga haqli emas. Shuningdek, Oliy harbiy ta’lim muassasalariga qabul qilish chog‘ida topshiriladigan hujjatlar ro‘yxati Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 3 iyundagi 141-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi oliy harbiy ta’lim muassasalariga tanlash tartibi va qabul qilish qoidalari to‘g‘risida”gi Nizomga muvofiq tasdiqlangan.

O‘zbek tilida tahsil olgan abituriyent rus tili guruhiga hujjat topshira oladimi?

O‘zbek tilida tahsil olgan abituriyent rus tili guruhiga hujjat topshira oladimi?

Ko‘pchilik abituriyentlarni qiziqtiradigan yana bir savollardan biri, o‘rta yoki o‘rta-maxsus ta’limni o‘zbek tilida (yoki rus) olgan abituriyent OTMning rus tili guruhiga (yoki o‘zbek) hujjat topshira oladimi yoki yo‘qmi degan savoldir.

Sababi ba’zi OTM qabul komissiyalarida abituriyentlar OTMgacha o‘qigan tilda hujjat topshirishi mumkinligini, tilni o‘zgartirishga haqqi yo‘qligini ta’kidlashayotganligi haqida ma’lum qilishadi. Aslida bu qanchalik to‘g‘ri?

Hozir shu savolga javob berishga harakat qilamiz. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 18 iyundagi 118-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni qabul qilish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomining 4-bandiga asosan, O‘zbekistonda test sinovlari uch tilda — o‘zbek, rus, Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududidagi oliy ta’lim muassasalarida qoraqalpoq tillarida o‘tkaziladi.

Oliy ta’lim muassasasida ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha o‘qitish tili, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoki Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan tasdiqlangan qabul kvotalari doirasida hujjatlar qabul qilinishiga qadar vazirliklar va idoralar tomonidan belgilanadi va Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi. Ushbu nizomda yana quyidagicha qoida bor: Abituriyent test sinovlarini oliy ta’lim muassasasida o‘qiydigan tilda topshiradi.

Yuqoridagi qoidani ba’zan noto‘g‘ri tushunishlariga guvoh bo‘lib qolamiz. Mazkur bandda abituriyent OTMda o‘qiydigan tilda test topshirishi kerakligi aytilgan, balkim OTMgacha bo‘lgan tilda emas. Shuningdek, yuqoridagi Nizomning 12-bandida abituriyent OTM qabul komissiyasiga ariza topshirayotganda quyidagi narsalarni ko‘rsatib o‘tishi kerakligi ta’kidlangan:

  • ta’lim yo‘nalishi;
  • o‘quv tili;
  • shakli.

Ko‘rib turganingizdek, mazkur banddagi qoidadan ham o‘quv tilini abituriyent o‘zi tanlashi ma’lum bo‘ladi. Nizomning bironta qismida o‘rta va o‘rta-maxsus ta’limni o‘zbek (yoki rus) tillarida o‘qigan abituriyent OTMning rus (yoki o‘zbek) tilidagi yo‘nalishiga hujjat topshira olmasligi haqida taqiq yo‘q. Yuqoridagilardan xulosa qilish mumkinki, o‘zbek tilida tahsil olgan abituriyent rus tilida test sinovlari topshira oladi.           

Abituriyentlar yoshiga cheklov bormi?

Abituriyentlar yoshiga cheklov bormi?

Yo‘q, hozircha bunday cheklov o‘rnatilmagan. Avval xabar berganimizdek, yurtimizdagi OTMlarga qabul jarayonlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 18 iyundagi 118-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni qabul qilish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomiga asosan amalga oshiriladi. Mazkur Nizomda esa yosh bilan bog‘liq bironta cheklov haqida qoidalar belgilanmagan. 2014 yilda Nizomga hech qanday o‘zgartirish kiritilmadi.

Harbiy xizmatni o‘taganlarga qancha qo‘shimcha ball beriladi?

Harbiy xizmatni o‘taganlarga qancha qo‘shimcha ball beriladi?

Harbiy xizmatni o‘taganlarga qancha qo‘shimcha ball beriladi? Yaqindagina O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmatining qarori bilan qabul qilingan “Muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilarga O‘zbekiston Respublikasi oliy talim muassasalariga o‘qishga kirish uchun tavsiyanomalar berish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomda Vatan oldidagi muqaddas burchini o‘tayotgan harbiy xizmatchilarning oliy o‘quv yurtlariga kirishda olajak imtiyozlari borasida bir qancha tartib qoidalar belgilab berildi. KIM TOMONIDAN BERILADI? Tavsiyanomalar O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tab bo‘lgan, jangovar va manaviy-marifiy tayyorgarlikda yuqori natijalarga erishgan, zarur bilim darajasiga va namunali harbiy intizomga ega munosib harbiy xizmatchilarga harbiy qism komandirlari tomonidan beriladi. O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tab bo‘lgan, harbiy qismlar qo‘mondonligining tegishli tavsiyanomalariga ega bo‘lgan fuqarolar barcha yo‘nalishlar va mutaxassisliklar bo‘yicha bakalavrlar tayyorlashda respublikaning barcha oliy talim muassasalariga kirishda to‘plash mumkin bulgan maksimal ballarning 27 foizi mikdorida qo‘shimcha ball shaklidagi imtiyozga ega bo‘ladi. Bu esa 61,2 ball degani. TAVSIYANOMA OLISH UCHUN… Muddatli harbiy xizmatchiga tavsiyanoma berish to‘g‘risidagi qaror harbiy qism komandiri tomonidan ushbu harbiy xizmatchining bevosita komandirlari takdim etgan takdimnoma va muddatli harbiy xizmatchilarning umumiy yig‘ilishida qabul qilingan qarorga asosan qabul qilinadi. Bunda, muddatli harbiy xizmatchining xizmat davridagi harbiy intizomi, jangovar va manaviy-marifiy tayyorgarlik davomida erishgan natijalari hamda muddatli harbiy xizmatchilar tomonidan jangovar va manaviy-marifiy tayyorgarlik dasturlarining o‘zlashtirilishiga oid yakuniy baholarni aniqlash maqsadida o‘tkazilgan test sinovlarining natijalari inobatga olinadi. Harbiy qism komandirlari muddatli harbiy xizmatchiga tavsiyanoma berish yuzasidan xolisona qaror qabul qilinishi uchun shaxsan javobgar buladi. Har bir harbiy qismda harbiy intizom hamda muddatli harbiy xizmatchilar tomonidan jangovar va manaviy-marifiy tayyorgarlik dasturlari uzlashtirib borilishi holatining hisobi yuritib borilishi shart. Guruh, vzvod, batalon va brigada komandirlari muddatli harbiy xizmatchilarning xizmat davridagi namunali harbiy intizomi, jangovar va manaviy-marifiy tayyorgarligi buyicha natijalarini xolisona baholab borish uchun shaxsan javobgar buladi. BALLAR QANDAY TO‘PLANADI? Muddatli harbiy xizmatchiga harbiy intizom, jangovar va manaviy-marifiy tayyorgarlik natijalari bo‘yicha ballar quyish butun xizmat davri davomida amalga oshiriladi. Agar muddatli harbiy xizmatchi namunali harbiy intizomi uchun O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Intizom nizomida nazarda tutilgan tartibda rag‘batlantirilgan (muqaddam berilgan intizomiy tazir chorasining bekor qilinishi bundan mustasno) bo‘lsa, unga kuyidagi tartibda ballar qo‘yib boriladi: harbiy qism komandiri tomonidan rag‘batlantirilgan bulsa — 5 ball; harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni (birlashma komandiri) tomonidan rag‘batlantirilgan bo‘lsa — 10 ball; O‘zbekiston Respublikasi mudofaa vazirining birinchi o‘rinbosari — Qurolli Kuchlar Birlashgan shtabi boshlig‘i tomonidan rag‘batlantirilgan bulsa — 15 ball; Tegishli vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralari rahbarlari tomonidan rag‘batlantirilgan bo‘lsa — 20 ball. Muddatli harbiy xizmatchiga muddatli harbiy xizmat davrida namunali harbiy intizomi uchun ko‘pi bilan 20 ball ko‘yiladi. Bunda, harbiy qism komandiri tomonidan rag‘batlantirishning sonidan qati nazar, 5 balldan ortiq ball ko‘yilmaydi. Shuningdek, muddatli harbiy xizmat davomida nazorat-tekshiruv mashg‘ulotlari natijalari bo‘yicha muddatli harbiy xizmatchiga jangovar va manaviy-marifiy tayyorgarlik uchun baho qo‘yib boriladi. Muddatli harbiy xizmatchining umumiy tayyorgarlik darajasini aniqlash uchun jangovar va manaviy-marifiy tayyorgarlik buyicha baholarning umumiy o‘rtacha arifmetik qiymati chiqariladi. Umumiy urtacha arifmetik bahosi 4,0 dan kam bulgan muddatli harbiy xizmatchiga ball kuyilmaydi. BALLAR HISOBLANGACH… Test sinovlari o‘tkazilishi boshlanishidan 5 kun oldin harbiy qism qo‘mondonligi tomonidan Muddatli harbiy xizmatchilarga xizmat davri uchun jangovar va manaviy-marifiy tayyorgarlik bo‘yicha qo‘yilgan umumiy o‘rtacha baholar va ballarning yig‘ma vedomosti tuziladi. Yig‘ma vedomost muddatli harbiy xizmatchilarning bevosita komandirlari va harbiy qism komandirining o‘rinbosarlari tomonidan imzolanadi va harbiy qism komandiri tomonidan tasdiqlanadi. Yig‘ma vedomostdan olingan ko‘chirmalar harbiy qism shtabi boshlig‘ining imzosi va gerbli muhr bilan tasdiqlanib, test sinovlari boshlanishidan 3 kun oldin hamma uchun ko‘rinarli joyga osib qo‘yiladi. DIQQAT! TEST SINOVLARI Muddatli harbiy xizmatchilar tomonidan jangovar va manaviy-marifiy tayyorgarlik dasturlari o‘zlashtirilganligini yakuniy baholash uchun har bir harbiy qismda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan test sinovlari o‘tkaziladi. Test sinovlarini o‘tkazish muddati tegishli vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar tomonidan DTM bilan kelishilgan holda belgilanadi. Muddatli harbiy xizmatchilarni test sinovlaridan o‘tkazish uchun ishlab chiqilgan test savollarining umumiy soni 80 ta savoldan tashkil topib, ulardan 40 tasi — jangovar tayyorgarlikka oid, 20 tasi — mana- viy-marifiy tayyorgarlikka oid, 20 tasi — mantiqiy testlardan iborat bo‘ladi. Har bir jangovar tayyorgarlikka oid to‘g‘ri yechilgan test savoli uchun — 1,2 ball, manaviy-marifiy tayyorgarlikka oid to‘g‘ri yechilgan test savoli uchun — 1,1 ball, mantiqiy test uchun — 1 ball qo‘yiladi. Test topshiriqlarini yechish uchun 2 soat beriladi. Javoblar varaqasini to‘ldirish uchun 30 daqiqa ajratiladi. Test sinovlari o‘tkazish uchun umumiy vaqt 2 soat 30 daqiqani tashkil etadi. 40 FOIZDAN OSHMASLIGI KERAK Avvallari tavsiyanomalar test sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan barcha harbiy xizmatchilarga berilgan bo‘lsa, endilikda harbiy tavsiyanoma berishning maksimum miqdori belgilab qo‘yildi. Yani, beriladigan tavsiyanomalarning umumiy soni harbiy qismning ro‘yxatiga kiritilgan muddatli harbiy xizmatchilar sonining 40 foizidan oshmasligi lozim. Bir necha nafar harbiy xizmatchining bir xil miqdorda ball to‘plagani bois, 40 foizli cheklashga amal qilishning iloji bo‘lmasa, beriladigan tavsiyanomalar sonini bunday harbiy xizmatchilar soniga mos ravishda oshirishga ruxsat beriladi. Xizmat davrida davlat mukofoti bilan taqdirlangan muddatli harbiy xizmatchi test sinovlarining natijalari inobatga olinmay, tavsiyanoma olish huquqiga ega bo‘ladi. Shuningdek, endilikda tavsiyanoma olish uchun faqat DTM test sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tishning o‘zi kifoya qilmaydigan bo‘ldi. Test natijalari olingandan so‘ng, tavsiyanoma berish yuzasidan yakuniy qaror qabul qilish uchun har bir nomzod muddatli harbiy xizmatchilarning umumiy yig‘ilishida muhokama qilinib, nomzodning xizmat faoliyatiga baho beriladi. Harbiy intizomining holati, jangovar va manaviy-marifiy tayyorgarlik natijalari va test sinovlari bo‘yicha eng ko‘p ball to‘plagan muddatli harbiy xizmatchi muddatli harbiy xizmatchilarning umumiy yig‘ilish tomonidan ijobiy qaror qabul qilinganidan so‘ng, tavsiyanoma olishga munosib, deb hisoblanadi. TAVSIYANOMA BERILMAYDI YUqori ballar to‘plagan, biroq xizmat faoliyatiga salbiy tavsif berilgan harbiy xizmatchilarga, umumiy yig‘ilish va bo‘linma komandirlarining yozma murojaati asosida harbiy qism komandirining qarori bilan tavsiyanoma berilmaydi. To‘plagan ballarining miqdoridan qati nazar, muddatli harbiy xizmati davrida harbiy intizomni qo‘pol ravishda buzgan bo‘lib, ular yuzasidan xizmat surishtiruvi o‘tkazilgan, harbiy qism komandirining tegishli buyruqlari chiqarilgan muddatli harbiy xizmatchi tavsiyanoma olish huquqiga ega emas. UCH YILDAN SO‘NG O‘Z KUCHINI YO‘QOTADI Tavsiyanomalarning amal qilish muddati rasmiylashtirib berilgan sanadan etiboran 3 yil muddat davomida kuchga ega bo‘ladi. Tavsiyanoma muddatli harbiy xizmatdan bo‘shatilayotgan harbiy xizmatchiga boshqa hujjatlar bilan birga tantanali vaziyatda topshiriladi.

Pasportini almashtirish uchun topshirgan abituriyentlarning pasporti hali tayyor bo‘lmagan bo‘lsa, unda nima qilish kerak?

Pasportini almashtirish uchun topshirgan abituriyentlarning pasporti hali tayyor bo‘lmagan bo‘lsa, unda nima qilish kerak?

Ko‘pchilik abituriyentlar bunday muammoga duch kelishayotganligining guvohi bo‘lmoqdamiz. Kimlardir pasport almashtirish muddati yetganligi uchun topshirishgan bo‘lsa, yana ba’zi abituriyentlar “hujjat topshirish uchun biometrik pasport shart ekan” degan mish-mishga ishonib, almashtirish uchun topshirishgan. Shu o‘rinda, joriy yilda abituriyentlarning hujjat topshirishi uchun biometrik pasport shart emasligini eslatib o‘tmoqchi edik. Endi yuqoridagi savolga javob bersak. Agarda Siz pasport almashtirish uchun hujjatlaringizni IIBga topshirgan bo‘lsangiz-u, lekin hali yangi pasport tayyor bo‘lmagan bo‘lsa va eng asosiysi OTMga hujjat topshirishning eng so‘ngi sanasigacha (20 iyul) tayyor bo‘lishiga ko‘zingiz yetmasa, unda quyidagi tartibda hujjat topshirishingiz zarur: 1) Pasport almashtirish uchun ariza topshirgan ichki ishlar bo‘limining “Xorijga chiqish, kelish va fuqarolik” bo‘limiga yuzaga kelgan vaziyat to‘g‘risida murojaat qilasiz. 2) IIB Sizga haqiqatdan pasportingizni almashtirish uchun topshirganligingizni tasdiqlab, maxsus 9-shakl (Forma-9) ko‘rinishidagi ma’lumotnoma to‘ldirib berishadi. 3) 9-shaklda Sizning suratingiz va pasportda ko‘rsatilishi zarur bo‘lgan ma’lumotlar aks ettirilib, ushbu ma’lumotnoma IIBning maxsus muhri bilan tasdiqlanadi. 4) Tayyor bo‘lgan 9-shakl vaqtinchalik pasport o‘rnini bosadi. 5) Ushbu hujjat bilan bemalol OTMga hujjat topshira olasiz. Qabul komissiyadagilar mazkur ma’lumotnomani “bu o‘tmaydi” deb qaytarishga va qabul qilishni rad qilishga haqli emas.

Qaysi OTMlarda maxsus sirtqi bo‘limlar mavjud?

Qaysi OTMlarda maxsus sirtqi bo‘limlar mavjud?

“2015/2016 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga qabul to‘g‘risida”gi 2015 yil 23 iyun kungi Prezident Qaroriga asosan faqat 2ta OTM uchun maxsus sirtqi bo‘limlarga kvotalar ajratilgan. Bular quyidagilardir:

  • TOSHKЕNT KIMYO-TЕXNOLOGIYA INSTITUTI (QO‘NG‘IROT BO‘LIMI)
  • TOSHKЕNT AXBOROT TЕXNOLOGIYALARI UNIVЕRSITЕTI

© Xushnudbek.uz

Javoblar varaqasi namunasi

Javoblar varaqasi namunasi

Abituriyent

Javoblar varaqasi. Namuna (Old taraf)

Javoblar varaqasi

Javoblar varaqasi. Namuna (Orqa taraf)

Test jarayoni bilan bog‘liq blankalarni to‘ldirish namuna

Test jarayoni bilan bog‘liq blankalarni to‘ldirish namuna

To'ldirish namunasi

Test jarayoni bilan bog‘liq blanklarni to‘ldirish namunasi

© Dtm.uz

Loyiha doirasidagi maqolalar:

    1.  DTM testlarini onlayn yechish imkoni mavjud
    2. Tasdiqlangan darsliklar ro‘yxati
    3. OTMlarga o‘tish ballari ( 2015-2016 yil)
    4. Qabul-2016. DTM saytida hujjat topshirgan abituriyentlar soni haqida onlayn ma’lumot beruvchi bo‘lim ishga tushdi
    5. Abituriyentlar uchun foydali manbalar
    6. TTAda yangi ta’lim yo‘nalishi ochildi
    7. Keyingi yildan OTMlarga hujjatlar 15 iyundan 15 iyulgacha qabul qilinadi

 

Bo‘lim to‘ldirilmoqda…