24 soatlik ochlik qnday o’tqaziladi ( 9-qism )

Siziing och yurishingiz tushlikdan tushlikkacha yoki kechlikdan kechlikkacha davom etishi lozim. Bu davrda distillangan suvdan boshqa xech narsa yemaslik va ichmaslik lozim. Bundan ochlik distillangan suv bilan o‘tkazilgan to‘la ochlik deyiladi.
24 soatlik ochlikda bitta istisnoga yo‘l qo‘yiladi. Agar xoxlasangiz, bir piyola distillangan suvga bir choy qoshiq asalning uchdan birini yoki bir choy qoshiq limon sharbatini aralashtirib ichishingiz mumkin. Bu qo‘shimchalar toksin moddalari va so‘laklarini erituvchi vositasini bajaradi. Buni sizga quvvat bo‘lsin uchun emas, balki suv ichimliroq bo‘lishi, yuqorida ta’kidlanganidek, toksin moddalarni eritish va ularni tabiiy filtringiz — buyrakdan yengilroq o‘tkazish uchun qilinadi. Bir kunlik, 36 soatlik, 7-10 kunlik ochlanishlarda buyrak faoliyati eng hamiyatlidir. Shuning uchun xam xar qanday ochlanishda xam ko‘p miqdorda distirlangan suv ichish juda muxim.
24 soatlik ochlanishdan keyin peshobni olib salqin joyda bir necha hafta saqlash lozimligini yuqorida ta’kidlagan edim. Organizmingizdan buyrak yordamida peshob bilan chiqqan kristall va so‘lakka o‘xshash zaharni bir necha xaftadan keyin o‘z ko‘zingiz bilan ko‘rasiz.

Mo‘jiza – muchalar.

Har ikki buyragimizda millionlab samarali ishlaydigan filtrlar mavjud bo‘lib, och yurganimizda buyraklar toksinlarni faol haydab chiqara boshlaydi. Barcha hayotiy quvvat va ruhiy energiya charchoq bilmay ishlaydi, chunki endi ular samarasi bo‘lmagan ovqatni maydalash, parchalash va qayta ishlash kabi yumushlardan xoli. Tanangizdagi hayotiy quvvatning o‘zini ko‘rsatishi uchun imkoniyat yaratmaganingizga qadar, uning kanchalar qudratli ekanini tasavvur ham qila olmaysiz.
Hali vujudingizda toksinlar bular ekan, ochlik vaqtida o‘zingizni unchalik yaxshi his qilmasligingiz mumkin. Lekin xayotiy quvvat bu zaharlarni buyrak yordamida organizmdan yuvib chiqara borgan sari kayfiyatingiz xam ko‘tarila boradi.
Uzoq yillar davomida to‘qimalaringizga o‘rnashib qolgan dori-darmonlar qoldig‘idan ko‘p marta o‘tkazilgan ochlik tufayli xalos bo‘lishingiz mumkin. Birinchi ochlikdagi bir xodisa xaqida  xikoya qilib berishimga ijozat bergaysiz. Bolaligimda men bolalarda uchrashi mumkin bo‘lgan deyarli barcha xastaliklar bilan kasallanganman. O‘sha vaqtda tarkibida simob bo‘lgan “kalomel” deb nomlanadigan doridan juda ko‘p iste’mol qilganman.

Shveysariyalik xakim mening – xaloskorim

Shveysariyaning Lozanna shaxrida shifokor Avgust Rolls sixatgoxida sog‘ligimni yaxshilab olgach, muntazam ochlik dasturimning ijrosiga kirishdim. Shunday qilib, besh yil yashadim. Bir kuni o‘n kunlik ochlikka kirishdim va shunda mo‘’jiza sodir bo‘ldi. Virjiniya shtatidagi o‘zimizning eski fermamizda edim, va ochlikning yettinchi kuni daryoda qayiqda sayr qilib yurgan edim. Toza xavo va quyosh tanga xuzur bag‘ishlardi. Birdaniga oshqozonimda shunday qattiq og‘riq paydo bo‘ldiki, bunaqasi xayotimda xech uchramagan edi. Katta qiyinchiliklar bilan qirg‘oqqa bir amallab chiqib oldim va oshqozonimni bo‘shatdim. Qarasam, o‘sha men yoshligimda qabul qilgan “karamel” dan kosaning uchdan biricha bo‘ladigan simob tushibdi. Ana shu xodisa mening jismoniy xolatimda keskin o‘zgarish yasadi. Nixoyat, shu kundan boshlab yaxshi sixat-salomatlik nima ekanini anglay boshladim. Tabiiy tirik ozuqalardan ovqatlanish dasturim, ochlik, toza xavo, quyosh, jismoniy tarbiya va cho‘milish kabi tabiatning barcha kuchlaridan foydalanganim tufayli mening xayotiy quvvatim qattiq kuchaydi. Bolalikdagi kasalimni davolagan dorilarning ko‘p qoldig‘idan shu kunlarda xalos bo‘lganimga ishonchim komil.

Ruhiyatingizni ko‘tarinki tuting.

Bir kun och yurgan bo‘lsangiz ham tanangiz tozalanayotganini tushunishingizni xoxlayman. Ochlik davrida qarimaydigan, kasallik va charchashlardan xoli bo‘lgan tanani shakllantirayapman, degan fikr ruxingizni ko‘tarib turadi. Ochlik davrida xar qanday salbiy xissiyotlarni va o‘zingizga achinish tuyg‘ularini xaydang. Ochlik vaqtida har kuni qo‘yidagi so‘zlarni takrorlang:
1.   Bugun men o‘z tanamni tabiatga topshirdim. Men ichki tozalik va yangilanish uchun yuqori iloxiy kuchlarga murojaat qildim.
2.   Ochlikning   har  bir  daqiqasida      tanamdan   xavfli zaxarlarni xaydab chiqarayapman. Ochlikning xar bir o‘tgan soati sayin baxtliroq bo‘lib bormoqdaman.
3. Har soat sayin mening tanam o‘zini-o‘zi tozalayapti.
4. Ochlik davrida men insoniyatning buyuk ustozlari necha asrlar davomida   qo‘llab kelgan jismoniy, ruxiy va aqliy poklanish uslubidan foydalanmoqdaman.
5. Ochlik vaqtida men o‘z axvolimni to‘liq nazorat qila olaman. Ochlikning xech qanday yolgonchi vaximalari meni ochlikni to‘xtatishga majbur eta olmaydi. Men ochlikni muvaffaqiyatli yakunlayman, zero men tabiat kuchiga ishonaman.
Ana shu so‘zlarni takrorlash bilan siz tanangizning xar bir to‘qimasiga raxbarlik qila olasiz. Boshqaruv go‘yo sizning xis-tuyg‘ularingiz orqali amalga oshiriladi. Mana, nima uchun men sizga ochlik dasturingizni do‘stlaringiz, qarindosh va tanishlaringiz bilan muhokama qilmang, deb ta’kidlamoqdaman! Ochlik — xar bir kishiiing shaxsiy ishidir. Tanangizdan toksin zaxarlari chiqa boshlaganda sizning xolatingiz unchalar xam yoqimli bo‘lmaydi, albatta. “Bu, albatga, o‘tib ketadi”!- deb takrorlashingiz   lozim.    Niyatingizni   amalga   oshirish   uchun qat’iyatli va shijoatli bo‘ling va ochlik tufayli erishadigan mu’jizaviy natijalar xaqida  o‘ylang. Shu bilan quvoning.
24 soatlik ochlikdan keyingi birinchi ozuqangiz asosan qirilgan sabzi bilan kesilgan karamdan tashkil topgan sabzavotli salat bo‘lmog‘i lozim. Ustiga limon yoki apelsin sharbatidan ozroq qo‘ysa bo‘ladi. Bu salat oshqozonda bamisoli supurgi vazifasini bajaradi. Bu oshqozon ichak traktiga ish beradi. Salatdan keyin esa qaynatilgan sabzavotlar tanovvul qilinadi. Bu yangi dimlab pishirilgan pomidor bo‘lishi mumkin. Bu pomidorlarni oq nonsiz yeyilsa, zarda qilmaydi.
Esda tuting, ochlikdan keyin darrov go‘sht, sut, pishloq, yog‘, baliq, yong‘oq yoki urug‘li chaqmalar iste’mol qilmaslik kerak. Sizning birinchi bor yegan ovqatingiz salat va qaynatilgan sabzavot, ikkinchi marta ovqatlanganingizda go‘shtli va boshqa xar qanday taom bo‘lishi mumkin.

Uch, besh va o‘n kunlik ochlikni qanday o‘tkazish kerak.

Uch va undan ko‘p kunlar davom etadigan ochlikni o‘tkazishda o‘zingiz uchun nixoyatda yaxshi sharoit yaratishingiz lozim bo‘ladi. Sizda tanadan zaxar chiqib ketayotganini va o‘zingizni yomon xis qilayotganingizni sezishingiz bilan yotib dam olish imkoniyati bo‘lmog‘i lozim. Badandan zaxarlar chiqib ketayotganda to‘shakda o‘zingizni bo‘sh qo‘yib, bemalol yotmog‘ingaz lozim. Yotoqxonada biron narsa o‘qimang, televizor ko‘rmang, radio xam eshitmang, ayniqsa xech kim bilan suxbatlashmang. Bu paytda ancha noqulayliklar bo‘ladn. Lekin zaxarlar tanangizni tark etishi bilan bu noqulayliklar xam o‘tib ketadi.
Yana bir bor ta’kidlaymanki, uzoq muddat ochlik vaqtida nima qilayotganingiz xaqida  o‘zgalarga xech narsa bildirmang, chunki boshqalarning salbiy fikrlari sizning kayfiyatingiz xamda tanangizda ochlik tufayli ro‘y beradigan mo‘’jizalar xaqidagi o‘ylaringizning buzilishiga olib kelishi mumkin.
Och yurish mening shaxsiy ishim bo‘lgani uchun xam ko‘p yillar muqaddam Kaliforniya shtatidagi Santo Monika tog‘ida o‘zimga bir kulba qurib oldim va shu yerda, o‘z xoxishim bilan bo‘lgan quvginlikda  ochliklarimni  o‘tkazardim.  Agarda  sizda   xam  ana shunday xilvat joy bo‘lsa va ochlikni toza havo va yolg‘izlikda o‘gkazsangiz ajoyib natijalarga erishasiz.
Mamlakatimizda ochlik o‘tkazish uchun bir nechta muassasa mavjud va u yerda barcha sharoitlar yaratilgan. Ta’til vaqtida ochlik bilan davolanadigan ko‘plab shogirdlarim biron sokin joylarga boradilar-da biror xujrani ijaraga oladilar. Ochlik uchun uyingizni, albatga, tark etishingnz shart demoqchi emasman, o‘z uying — o‘lan to‘shaging, xech qayer o‘z uyingday bo‘la olmaydi. Oilamiz a’zolarining barchasi ochlik bilan mashg‘ul bo‘ladi va qaysimiz och yuradigan bo‘lsak, o‘shanga barchamiz e’tibor qilamiz. Ochlik vaqtida kayfiyating qanday deb so‘ramaslikka o‘zaro kelishib olganmiz.
Ochlik sizning o‘ta shaxsiy siringiz bo‘lmog‘i lozim, baribir, bu masalada sizga xech kim xech qanday yordam bera olmaydi. Shuning uchun bu masalani xech kim bilan, hatto sizning shu mashg‘ulotingizga xayrixox bo‘lgan kishilar bilan xam muxokama qilmang. Uch yoki o‘n kun yoki undan ko‘p och yurganingizda siz go‘yo tabiatning jarrohlik stolida bo‘lasiz. Tabiat sizning tanangizni ortiqcha so‘lak, toksin va boshqa begona narsalarlan xolos etadi.
To‘shak rejimi xayotiy zarurat va uning yordamida sizning xayotiy quvvatingiz ichki tozalanish va toksinsizlanish uchun safarbar etilmog‘i lozim. Agarda toza havo va kuyoshga chiqqingiz kelsa, o‘zingizda yetarli darajada kuch-quvvat borligiga ishonsangizgina chiqing. Quyosh vannasini ko‘p olmang, chunki u asab tizimingizni charchatadi, jismoniy xarakatlar ham madorsizlantiradi. Energiyangizni sarf qiladigan xech narsa qilmang! Uch-o‘n kunlik ochlikda to‘shak rejimiga rioya qilish eng yaxshi samara berishini shogirdlarimga ko‘p marta ta’kidlaganman. Ochlanuvchi qancha ko‘p uxlasa, shuncha yaxshi. Agarda uxlay olmasangiz, o‘zingizni bo‘sh qo‘iib yoting. Ana shu davrda ishdan to‘liq xoli bo‘lish ma’qul. Oshiqcha xayollardan to‘liq xalos bo‘ling va hech qanday muammo xaqida o‘ylamang.

Ochlanish davrida ichaklar ishi bezovta bo‘lmang.

Uch  kundan o‘n  kungacha  och  yurganlarni,  odatda,  ichaklar faoliyati    bezovta    qiladi.    Bundan    xavotirlanmasligingizni aloxida ta’kidlashga ruxsat bering. Ochlikdan keyin ichaklar yana o‘z faoliyatini boshlaydi. Ochlik vaqtida surgi doridan foydalanish va huqna qilishlarini ma’qullamayman. Tabiatga qilingan xar qanday zo‘rlikka qarshi bo‘lganimdan xuqnani ham zo‘ravonlik deb bilaman. Xuddi shu fikr surgi doridan foydalanish masalasiga xam tegishli. Ichakning o‘z shaxsiy sanitar va antiseptik moddalari bo‘lib, ochlik boshlanishidan oldin ichakda qolgan ozuqalar neytrallashtiriladi.Tabiatning chiqarish tizimi mukammal bo‘lib qolaveradi, albatga uning tabiiy ishlashiga xalaqit berilmasa.
Ochlikdan keyingi taomlaringizning kamida 50 foizi xo‘l meva va sabzavotlardan tayyorlangan salat tarzida va xajmi, namligi, yopishqoqligi meyorida bo‘lsa, ichaklaringiz xar qachongidan yaxshiroq ishlaydi. Siz ko‘p miqdorda ko‘kat va sabzavot yeyishingiz lozim bo‘ladi. Siz baliq va go‘shtni xaftasiga uch martadan ortiq yemang. Oqsilga bo‘lgan extiyojni yong‘oq, pista va sabzavot xisobiga qoplaysiz. Xar kuni iste’mol qilayotgan noningizni shu darajada quritish kerakki, undagi kraxmal yaxshi singadigan qandga aylansin. Ochlikdan keyin undirilgan bug‘doyni yeyish juda foydali.

Mazkur kitobning elektron ko’rinishini tayyorlagan Islom.uz sayti mutasaddilariga o’z minnatdorchiligimizni bildiramiz!

5 комментариев

  1. aj.hoge@mail.ru
    Kitobni qanday qilip toliq versiyasini olsam boladi?? Garantiya kim beradi? Javibingizni kutaman qiziqp qopdm judayam…

  2. Дилшод

    Очлик даврини ишта откизишни фойдаси йокми дам олишга шароит йок Хозр Очлик даврини ишлаб откизсам хам самара берадими

  3. Admin nomerizni berolasizmi tel maslahatlashsak boladimi

    mani yoshim 18 da ogirligim 58 kliogram boyim 1 82
    juda ariqman boshlanishiga qancha vaqt ochlik qilsam boladi

So‘rov qoldirish

Sizning emailning chop etilmaydi.To‘ldirilishi zarur qatorlar * bilan belgilangan *

*