El sog‘ligi — yurt boyligi

2017 yilda sun’iy qon bo‘yicha klinik sinovlar boshlanadi

Buyuk Britaniya Milliy sog‘liqni saqlash xizmatining (NHS) xabariga ko‘ra, 2017 yilda laboratoriya sharoitida tana hujayralaridan olingan sun’iy qonning klinik sinovlari boshlanadi.
Xabar berilishicha, klinik tadqiqotlar Bristol universiteti xodimlari, shuningdek, Oksford va Kembridj universitetlarining olimlari nazorati ostida o‘tkaziladi. Tajriba doirasida taxminan 20 nafar ko‘ngilliga 5 dan 10 ml.gacha sun’iy qon yuboriladi, deb yozadi Tibbiy portal.
NHS xodimlarining izohlashicha, sun’iy qonning qo‘llanishi o‘roqsimon hujayrali kamqonlik kabi xastalikdan aziyat chekayotgan bemorlarga yordam berishi mumkin. «Uzoq vaqt mobaynida jahondagi olimlar donorlik qoniga muqobil variantni izlab keldi. Ishonamizki, 2017 yilga borid jamoamiz klinik sinovlarni o‘tkazishga tayyor bo‘ladi», — deydi NHS xodimi Nik Uotkins (Nick Watkins). Uning aytishicha, sun’iy qon donor qonining o‘rnini bosmaydi, biroq uning yordamida shifokorlar ayrim kasalliklarni yanada samarali davolay oladilar.

Tarjima manbasi: Telegraf.uz

 

Bizni Telegram’da ham kuzatishingiz mumkin. Telegram’dagi kanallarimiz @AvitsennaUz hamda @DnkUz

loading...

Fikr bildirish

Sizning email ingiz hech kimga ko‘rsatilmaydi. To‘ldirish zarur bo‘lgan kataklar * bilan ajratilgan